1-rasm. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibi.
Biznes qanchalik yirik, ko’rsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ish va ishlab chiqarilayotgan
mahsulot hajmi qanchalik keng bo’lsa, korxona hajmi va yo’nalishiga mos ravishda
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
81
rejalashtirish jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar doirasi shunchalik kengayadi.
Biroq har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi savollarga javob bera olishi lozim:
birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish;
ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida amalga oshirish
lozim;
uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u iste’molchilik talabiga
ega bo’ladimi;
to’rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari va
boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi;
beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul tushumlari
ta’minlanadimi.
Ushbu savollarga javob topa olmasa rejalashtirish oddiy rasmiyatchilikka aylanib,
asoslanmagan xarakterga ega bo’ladi, ishlab chiqarishning kelgusi rivojlanishi izdan chiqib,
korxonaning o’zi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va iqtisodiy barqarorlikni yo’qotadi.
Shuning uchun ham rejalashtirish yoki rejani ishlab chiqishga kirishishdan oldin iqtisodiy
tahlil o’tkazish muhim bo’lib, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi;
ushbu ko’rsatkichlar o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlash;
mahsulot chiqarish va sotishni ko’paytirish uchun ichki ishlab chiqarish zaxiralarini
aniqlash;
aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash bilan odatda
korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, mehnat bo’limi, ish
haqi bo’limi va hokazo) shug’ullanadigan bo’lsa, ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanishga
texnik, texnologik va boshqa bo’lim va xizmatlar jalb qilinishi mumkin. Boshqacha qilib
aytganda korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishi va uning iqtisodiy barqarorligini
ta’minlash butun korxona jamoasining vazifasidir.
Mazkur yondashuv ayniqsa hozirgi kunda, ko’plab korxonalar xususiylashtirish va davlat
tasarrufidan chiqarish natijasida aktsiyadorlik shakliga o’tayotgan sharoitlarda muhim
ahamiyat kasb etadi. Afsuski, amaliyotda xodimlar orasida ko’pincha «rahbariyat hamma
narsani ko’proq biladi» tamoyili keng tarqalgan bo’lib, buning natijasida korxona
rivojlanishiga oid bir qator masalalar, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va
ulardan foydalanish vazifasi korxona rahbariyati zimmasiga yuklab qo’yiladi. Ishga bu qadar
yondashiladigan bo’lsa, jiddiy va uzoq muddatli muvaffaqiyatdan umid qilish mumkin emas.
To’g’ri, jamoa korxona hayotida, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan
foydalanishda ishtirok etishi uchun korxona rahbarining o’zi va bo’lim boshliqlari demokratik
bo’lishi, byurokratiya va avtoritarizm xislatlaridan xoli bo’lishi, qabul qilinayotgan qarorlarda
oshkorlaikni namoyon qilishi hamda oddiy xodimlarning talab va takliflariga etarlicha e’tibor
bilan qarashlari lozim. Boshqaruvning aynan shu usuli bugungi kunda xorijdagi ko’plab
korxona va firmalarda keng qo’llanmoqda.
Rejalashtirish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Bu holat uni ma’lum bir darajada
bashorat qilishga o’xshash qilib qo’yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli ravishda bashorat qilish
jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy
xarakterga ega bo’ladi. Unda odatda kelgusida turli hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim,
|