ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
83
Ko`rsatkichlar
Norma va
normativlar shakli
(modеli)
Rеjalashtirish
Nazorat
Norma va
normativlar
Xo`jalik
boshqaruvi
mеxanizmi
Aslida esa bunday emas, albatta. Norma va normativlar doimo rejalashtirish va xo’jalik
boshqaruvining muhim elementi bo’lib kelgan. Har bir biznesmen va tadbirkor, aytaylik,
do’kon, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi tsex qurmoqchi bo’lsa, albatta
qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni hisob-kitob qiladi. Ya’ni u rejalashtirish
bilan, to’g’rirog’i xarajatlar va resurslar talabini ularning har bir turi bo’yicha normalashtirish
bilan shug’ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal
bo’lgan holda ko’proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy.
Xo’jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining
normal kechishi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va
sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir.
Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun
sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruktsiyasini kavsharlash uchun
sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini tayorlash uchun
xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va hokazolarning mutlaq (absolyut) sarflash mumkin
bo’lgan maksimal kattaligidir.
Shu tariqa natural, qiymat va mehnat o’lchamlari bilan belgilangan norma yordamida
mahsulot, bizning holatda palto ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha xarajatlar tartibga solib
boriladi. Agar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajatlarni jami chiqarilgan mahsulotlar
soniga ko’paytirsak, korxonaning mazkur turdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq
umumiy xarajatlarini aniqlashimiz mumkin bo’ladi.
Normativ bu nisbiy ko’rsatkich bo’lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki ishlab
chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o’lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki
tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi.
Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi (masalan, asbob-
uskunalarni yuklash koeffitsienti, avtomobil shinasi bosib o’tgan yo’l koeffitsienti, sutning
yog’lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xom-ashyo va materiallar, aylanma
mablag’lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini aniqlashda ham qo’llanadi.
Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli quyidagicha aks ettirilishi
mumkin (2-rasm):