2-rasm. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli
Norma va normativlar o’lchash va limitlash funktsiyalaridan (xarajatlarning yuqori yoki quyi
chegarasi, qo’llash, iste’mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va rag’batlantirish
funktsiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish,
xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas’uliyat chegaralarini belgilash
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
84
va uni faoliyat natijalar bo’yicha o’zgartirish, erishilgan natijalarni obyektiv baholash uchun
asos hisoblanadi.
Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:
mehnat sarfi normasi;
moddiy xarajatlar normasi;
vaqt normasi (asosiy, qo’shimcha va hokazo);
mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi;
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;
atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;
kapital qo’yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi;
loyihadagi quvvatlarni o’zlashtirish normasi;
aylanma vositalar (mablag’lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va hokazolar.
Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-iqtisodiy va
tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o’tishi yoki sharoitlarning o’zgarishi bilan, shuningdek, fan-
texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud norma va normativlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Ularni qayta ko’rib chiqishda ilg’or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi
lozim.
Norma va normativlar qo’llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko’ra farqlanadi.
Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra quyidagilarga taqsimlanadi:
davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;
umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o’zida ishlab chiqilgan va qo’llanuvchi
normativlar;
tsex normativlari;
predmetli, detalli va operatsion normativlar.
Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy
resurslarga taqsimlanadi.
Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang’ich
nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chiqarilayotgan har bir mahsulot
tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi.
Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini
olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta’minlash, uchinchidan
chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish,
to’rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish,
beshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar
to’plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi.
Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora yoki bo’lim
tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, texnika va
texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar, professional (malakali) normativ
guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma
va normativlar hayot davri uzoq bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday
bo’lsada, yuqorida aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan
fan-texnika taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib chiqiladi.
Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani,
qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun
|