A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Mulkning butligini ta’minlash



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Mulkning butligini ta’minlash. 
Bu funksiya buxgalteriya hisobi 
tizimini takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish 
bilan chambarchas bog‘liq. Buxgalteriya hisobini to ‘g ‘ri yo ‘lga qo‘yish 
mulkning butligini ta ’minlash, turli xildagi yo‘qotishlar va talon- 
tarojlaming oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha 
shart-sharoitlami 
yaratish 
lozim: 
omborxonalar, 
nazorat-oMchash
asboblari, o ‘lchash idishlari va boshqalar. Ushbu funksiyani amalga 
oshirishning asosiy omili bo‘lib, o ‘z vaqtida va belgilangan tartibda 
inventarizatsiya o ‘tkazish, ulaming natijalarini buxgalteriya hisobida aks 
ettirish hisoblanadi.
24


Tahliliy funksiya. 
Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot 
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu 
qabul qilingan qarorlar natijasida erishilgan yutuq va kamchiliklami 
o ‘rganish hamda u orqali natijalami yanada yaxshilash maqsadida ichki— 
tashqi omillami izlash jarayonidir.
Hisob funksiyasi 
korxona xo‘jalik faoliyati hujjatlar asosidagi 
yalpi, uzluksiz va o ‘zaro bog‘langan ifodasidir.
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, 
daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ulaming harakati bilan 
bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari 
buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobining obyektlari jam lam a schyotlarda aks ettiriladi. 
Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan 
mustaqil ravishda belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risidagi qonunga binoan, 
buxgalteriya
hisobining subyektlari 
bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik 
shaxslar, ulaming 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan 
tashqarisida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va 
boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. Yuridik shaxs tashkil 
etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va 
buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20- 
sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan 
buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzish tartibi to ‘g ‘risida” deb 
nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standard asosida buxgalteriya 
hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin