So’z boshi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/103
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192820
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

7.5.3. Softswitch afzalliklari 
 
Softswitch modeli NGN tarmoqning muhim tarkibiy elementi 
hisoblanadi. Tarmoqni yaratuvchi operatorlar va aloqa xizmatlarining 
iste’molchisi hisoblangan foydalanuvchilar uchun dasturiy kommutatordan 
foydalanish afzalligini ko‘rib chiqamiz. 
Operatorlar uchun afzalliklar 
 
Dasturiy kommutator modelining atrofida biznes rejani yaratuvchi 
operatorlar quyidagi afzalliklarga ega: 

Xizmatlarni yaratishda moslashish. Softswitch xizmatlarni ko‘rsatish 
darajasi va chaqiruvlarni boshqarish darajasiga bo‘linganligi sababli tez va 
minimal xarajatlar bilan muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan yangi 
xizmatlarni rivojlantirish va shundan foyda olish mumkin. 

Daromadning rejalashtirilgan manbai. Operatorlar IP protokoli 
negizida o‘ziga xos moslashishdan foydalanib xizmatlarni ishlab chiqish 
va yaratishda spetsifik bozorni boshqarishi mumkin. Xavfning kamligi va 
yuqori daromad Softswitch modeli asosida ko‘rsatilgan xizmatlarni 
xarakterlashi mumkin. 

Kelajakka rejalar. Barcha tarmoqlar paketli texnologiyaga sekinlik 
bilan o‘tadi va Softswitch ularni modeli IP protokol negizida ishlash 
imkoniyatiga tayyorlaydi. Shu modelga o‘z joyini topish imkonini berib, 
operatorlar muvozanatni ushlab turishi va yangi texnologiya sharoitlariga 
tez adaptatsiya qilishi mumkin. 


239 

Tannarxni kamaytirish. Paketli uzatish IP protokol yordamida nutqli 
trafik va ma’lumotlarni kamaytirib operatorlar uchun tannarxni tushirishdi. 
Softswitch texnologiya UFTf arxitekturasini paketli kommutatsiya 
sohasiga ko‘chirish bilan IP - telefoniya imkoniyatlarini yaxshilash 
imkonini beradi. Ushbu ikki omil xarajatlarni kamaytirish imkoniga ega. 
 
Foydalanuvchi uchun afzalliklar 
 
Softswitch modeliga asoslangan xizmatlarning oxirgi foydalanuvchisi 
uchun kanallarni kommutatsiya qilishda bajarish mumkin bo‘lgan 
nazoratning yangi darajasini taqdim etadi. Masalan, foydalanuvchilar 
chaqiruvlarni ofisga, uyga yoki mobil qurilmaga kunning istalgan vaqtida 
yuborish imkoniyatiga ega. Ular yana muhim ma’lumotlar, trevoga signali 
yoki ishchi sohada amaliy dasturlardan axborotni operativ olishi mumkin. 
Softswitch xizmatlarni yaratish sohasiga foydalanuvchi uchun quyidagi 
afzalliklarni taqdim etish imkoniga ega: 

Shaxsiy xizmatlar. Softswitch modeli moliyaviy va texnik nuqtai 
nazarda oddiy bo‘lmagan foydalanuvchilarning talablariga operatorlarning 
javob berish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchilar uchun bu hayot tarzi 
va ehtiyojlariga mos keladigan ko‘plab xizmatlardan foydalanish 
imkoniyatiga ega ekanligini bildiradi. 

Qulaylik va nazorat. Ushbu texnologiyaning natijasi bo‘lib vaqt 
bilan hamnafas foydalanuvchilar uchun ko‘p qulayliklar va nazoratni taklif 
eta oladigan xizmatlarni yaratish hisoblanadi. Softswitch modeli 
yordamida operatorlar xabarlarni bir xil uzatish, foydalanuvchilarga 
qanday, qaerda va qachon muloqotda bo‘lishni tanlash imkonini beradigan, 
axborotdan mobil foydalanish kabi, xizmatlarni yaxshilash imkoniga ega 
bo‘ladi. 

NGN rejalashtirish. Bir necha yillik bashoratlarga ko‘ra, xizmatlarni 
intensiv yaratish va texnologik yaxshilash vaqti bo‘ladi. Softswitch 
modelini qabul qilgan operatorlar foydalanuvchilarga IP texnologiyasiga 
asoslangan yangi xizmatlardan shunchalik tez foydalanishni taqdim etishi 
mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin