Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


I BOB. STOL TENNISI SPORT TURINING RIVOJLANISHI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

I BOB. STOL TENNISI SPORT TURINING RIVOJLANISHI
1.1.
 
Stol tennisi kelib chiqishi tarixi 
Stol tennisini kelib chiqishi haqidagi ma‘lumotlar turlicha. Birqancha 
mutaxassislar uni Yaponiya va Xitoyda paydo bo’lgan deyishadi. Boshqa 
matumotlarda esa stol tennisining vatani - Yevropa, XVI asrda Angliya va 
Fransiyada aniq qoidalarsiz o’yin paydo bo’lgan deb ko’rsatiladi. 
Angliyalik Jems Gibs 1894-yilda selluloid sharni ixtiro qilgani o’yinning 
rivojlanishi uchun turtki bo’ldi. Kichik dastali faner raketkalarning paydo bo’lishi, 
ularni yangicha ushlanishini belgilab berdi. Shundan so’ng raketkalarning ustiga 
qoplash uchun yangi materiallar ishlatila boshlangan. Bular pergament, charm, 
velyur keyinchalik esa rezinaning bir necha turlari. 1900-yil Angliyada stol tennisi 
sport o’yini deb tan olingan va 1-qoidalari tasdiqlangan. o’yinning tez tarqalishi va 
rivojlanishi xalqaro tashkilot tuzilish va yagona qoidalar ishlab chiqishga olib 
kelgan. 
“Ping-pong” atamasi ilk bor 1901-yildan boshlab ishlatila boshlagan, 
bungacha esa ohang jihatdan o’xshash “Flim-flam”, “Vnar-vaf’, shuningdek, 
“Gossima” atamalari ishlatib kelingan. Bundan 100 yil oldin amerikalik ishbilarmon 
Jon Jakves “ping-pong” atamasini muomalaga kiritgan. Bu atama ikkita tovushning 
yig’indisidan tashkil topgan bo’lib: “ping”-shar raketkaga urilganida, “pong”-esa 
shar stolga tegib, sapchib ketganda chiqadigan tovushdir. Keyinchalik bu nom aka-
uka Parkerlarga sotilgan. 
Dastlab o’yin uchun yuzasi silliq yog’och bilan qoplangan, ya’ni maxsus 
qoplama bilan qoplanmagan raketkalardan foydalanilgan 
(1-rasm). 
Keyinchalik, 
probka yoki shunga o’xshash materiallardan ishlangan qoplamalar ishlatila 
boshlangan. Bunday raketkalar bilan zamonaviy stol tennisi uchun ma’lum bo’lgan 
anchagina zarba turlarini berish va bir maromdagi o’yinni olib borishning 
imkoniyati bo’lmagan. 
1903-yilda CH.Gud ilk bor kauchuk qoplangan raketkadan foydalangan. 
O’tgan asrning 20-yillari birinchi yarmida kauchukdan foydalanish shu darajada 
keng tarqalganki, natijada raketkalarning boshqa turlari butunlay muomaladan 


chiqib ketgan. Chunonchi turli usullar bilan sharni kesish yoki aylantirib zarba 
berish imkoniyati paydo bo’lgan. 
Yumshoq qoplamali raketkalar 
(1930)
paydo bo’lganidan so’ng o’yin turli 
shakl kasb eta boshladi. Xususan, shar bilan raketkaning mahkam ta’sirlashi sababi 
sharga turli xil aylanishlar va kuchli zarba berish lmkoni beradi. O’yin esa yanada 
dinamik tus oldi. Sportchilarda birdaniga va tinmasdan zarba berish paydo bo’ldi. 
1936-yil Xalqaro tennis federatsiyasi 
(keyingi matnlarda ПТҒ deb yuritiladi)
Kongresi o’yinni “Stol tennisi” deb atadi. o’yin vaqti avval 1 soatga, so’ng 20 
minutgacha qisqartirildi. Asosiy o’zgarish esa to’r balandligining 15-25 sm.gacha 
pasaytirilgani boldi. Bu o’zgarishlar hujumchiga ko’p imkoniyatlar yaratdi. 
Shuningdek, kauchuk bilan qoplangan raketkalardan foydalanish sharni 
yaxshiroq nazorat qilish imkonini berdi va stol tennisi texnikasini tubdan o’zgartirib 
yubordi. Bu bosqich 1950-yillarning boshlarigacha davom etdi, bu paytga kelib 
raketkalarning bo’rtma qoplama turlari paydo boldi. Yevropada bunday qoplamalar
ilk marotaba 1951-yilda Avstriyada Fritch tomomdan foydalanildi, ammo bu hol 
o’yindagi o’zganshlarga sabab bolmadi. 
1952-yilda Bombeydagi jahon chempionatida Yaponiyalik sportchi Xirodzi 
Sato bo’rtma qoplamali raketkadan foydalanib, jahon chempioni bo’lgan. Yaponiya 


terma jamoasi o’sha vaqtda jahon chempionatida ilk bor ishtirok qilgan va 
o’zlarining shiddatkor hujum taktikalari tufayli yakkalik va jamoaviy bahslarda 
ko’plab medallarni qolga kiritishgan. Shu vaqtdan boshlab bo’rtma rezina qoplamali 
raketkalar butun Yevropa bo’ylab tarqala boshlagan va ushbu qit’a butun dunyo stol 
tennisi markaziga aylangan. 
Ammo mutaxassislarning e’tirofiga ko’ra, raketkaning yangi turdagi 
qoplamasi stol tennisinlng eng ommabop sport turiga aylanishiga yordam bermagan. 
Chunki sharni raketkaning qalin bo’rtma rezina qoplamasiga urilishi unga katta 
tezlik bergan va bu zarbani qaytarish juda murakkab bo’lgan. Shu tariqa o’yinda 
ko’plab uzilishlar paydo bo’lib, o’yin taqdiri oxirgi zarbaga bog’liq bo’lib qolgan. 
Musobaqada kuch asosiy o’ringa chiqqan, o’yin texnikasi esa ikkinchi o’ringa tushib 
ketgan, bu esa stol tennisining ommaviyligiga putur etkazgan. Shunga ko’ra, 1959-
yilda sportchilarga bo’rtma qoplamali raketkalardan foydalanish ta’qiqlab 
qo’yilgan. 
1959-yildan boshlab ko’piksimon rezinadan foydalanila boshlangan, natijada 
o’yin tezligi oshib, sharga ko’proq turli-tuman aylanma zarbalar berish imkoniyati 
paydo bo’lgan. Mutaxassislarning fikricha, bu stol tennisida yangi davrni boshlab 
bergan, zero o’yinda ishlatiladigan yangi uslub-ilgari noma’lum bo’lgan, kuchli 
aylanish bilan kechadigan hujumkor zarbalarga ega tezkor o’yin uslubining paydo 
bo’lishiga olib kelgan shu rezina qoplama o’yin uslubi va stol tennisi nazariyasini 
butunlay o’zgartirib yuborgan. Shu bilan bir vaqtning o’zida zarba texnikasini 
rivojlanishi ham yuzaga kelgan. 
Jumladan, o’sha davrdan boshlab, Yaponiya va Xitoyda stol tennisiga 
ixtisoslashgan bir qancha sport maktablari tashkil etilgan. Trenirovkaning yangi 
uslublari yaratilgan va shu tufayli ushbu Davlatlarda tez tempda o’ynaydigan 
tennischilarni tayyorlash samarali ravishda yo’lga qo’yilgan. 
O’yin jihozlari 
(raketka, shar)
hozirgi kunda ham o’zgarishda davom etmoqda 
va bu hol zarbalar texnikasi hamda о’yin sur’atining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatib 
kelmoqda. 
ITTF 1926-yilning yanvar oyida Berlinda 9ta davlat ishtirokida tuzilgan va 


birinchi bosh direktor etib, Oyvor Mantegu tayinlangan. o’sha yili Londonda bo’lib 
o’tgan birinchi Kongressda ITTFning nizomi tasdiqlangan va shtab-kvartira qilib 
Lozanna 
(Shveysariya)
shahri belgilangan. Aynan shu vaqtdan boshlab stol tennisi 
bo’yicha har yili jahon chempionati o’tkazish yo’lga qo’yilgan 
(1940-1946 yillar 
bundan mustasno).
Faqat 1957-yildan keyingina jahon chempionati har ikki yilda 
bir marotaba o’tkaziladigan bo’ldi. Jahon chempionatlari oralig’ida qitalar 
chempionatlari o’tkaziladi. 
Xalqaro Olimpiya qo’mitasining 1981-yilda o’tkazilgan 84-sessiyasida stol 
tennisi Olimpiya o’yinlariga loyiq deb qabul qilingan va 1988-yildagi 
(Seul, 
J.Koreya)
yozgi Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. Shuningdek, mazkur sport 
turi 1960-yildayoq 
(Rim, Italiya)
paralimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. 
Eng muhim xalqaro musobaqalar: jahon chempionati, jahon kubogi, Olimpiya 
o’yinlari va jahon turniri. Eng muhim mintaqaviy musobaqalar: Yevropa 
chempionati, Evrope Top-12, Osiyo chempionati va Osiyo o’yinlari. 
XIX asrning oxirlariga kelib stol tennisi chor Rossiyasiga, II jahon urushidan 
keyin esa O’zbekistonga kirib kelgan. Mustaqillikni qo’lga kiritganimizdan so’ng 
Davlatimiz stol tennisi federatsiyasi 1993-yilda ITTF ga a’zo bo’lib kirdi va ushbu 
sport turi yurtimizda keng tarzda ommalasha boshladi. Hozirda O’zbekiston 
chempionati va kubogi musobaqalari muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda. 
Ko’rsatib o’tish joizki, stol tennisini Respublikamizda yanada rivoj lantirish, 
ommaviylashtirish, о’sib kelayotgan yosh avlodimizni ma’nan va jismonan 
barkamol inson qilib tarbiyalash maqsadlarida mazkur sport turi uch bosqichli tizim 
«Umid nihollari», «Barkamol avlod» hamda «Universiada» sport musobaqalariga 
kiritilgan. 
O’zbek stol tennisi raketka ustalari Manzura Inoyatova, Saida 
Burhonxodjaeva va Svetlana Getalar jahon chempionatida 
(Qatar, Doha, 2004-yil, 
mart)
1-o’rinni olib, oltin medallar bilan taqdirlanishdi. Ular bilan birga Nodira 
Burhonxodjaeva, Madina Ayupovalar ham bir qancha xalqaro turnirlarda g’olib va 
sovrindor bo’lishgan. 
2016-yil Braziliyaning, Rio-do Janeyro shahrida bo’lib o’tgan XX-XI yozgi 


Olimpiya o’yinlarida va joriy yilning 29.05-05.06 kunlari Germaniyaning, 
Dyusseldorf shahrida bo’lib o’tgan jahon chempionatida hamyurtimiz Kenjayev 
Zohid Shavkat o’g’li ishtirok etdi hamda 384 reyting xisobga ega bo’ldi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin