7 shart-sharoitlarni yaratish, professor-o’qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning
innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish”
1
da
borliqni tadqiq etish borasida falsafa fani doirasida qaror topgan uslublarni
o’zlashtirish muhimdir.
Mazkur o’quv qo’llanma mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini tubdan takomillashtirish, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim
yo’nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo’limlarining ochilishi
zaruriyatidan kelib chiqqan holda yaratildi. O’quv qo’llanma to’rt bo’limdan iborat
bo’lib, uning birinchi bo’limida – falsafa fanining mohiyati, muammolar doirasi,
rivojlanish bosqichlari, ikkinchi bo’limida – ontologiya - borliq falsafasi, uchinchi
bo’limida – gnoseologiya - bilish nazariyasi, to’rtinchi bo’limida – jamiyat
falsafasiga oid masalalar yangicha fikrlash asosida o’rin olgan.
O’quv qo’llanma Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan.
1
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qarori. // “Xalq so’zi”, 2018 yil 6 iyun.
8 BIRINCHI BO’LIM: FALSAFANING MOHIYATI, RIVOJLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI VA YO’NALISHLARI I-BOB: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI