5 Mustaqillikka erishgunimizga qadar, biz olimlar dialektik va tarixiy
materializm ta’limotining ta’siri tufayli, falsafaning asosiy vazifasi – dunyoni
izohlabgina qolmay, uni qayta qurishdan iborat deb hisobladik. Islom ta’limoti esa
aksincha,
insonning
ichki
dunyosini,
uning
ma’naviy
kamolotini
takomillashtirishga qaratilgan edi. Shuning uchun ham hanuzgacha u inson qalbida
chuqur ildiz otib kelmoqda.
Endilikda biz falsafa faniga insonning o’z-o’ziga, uning fikrlash
madaniyatini, tafakkurini, ma’naviy dunyosini takomillashtirishga qaratilgan fan
deb qaramog’imiz lozim. Falsafaga bunday yondashishning e’tibor markazida
inson muammosi turadi deb qarashga imkon beradi. Bundan ko’rinib turibdiki,
falsafaning ham, jamiyatimizda ro’y berayotgan demokratik o’zgarishlarning ham
asosiy maqsadi inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligidan dalolatdir.
4. Ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlarining falsafiy dunyoqarashi – o’zining
xilma-xilligi va sermazmunligi bilan ajralib turadi. U ko’p qirrali milliy madaniyat,
urf-odat, an’analarimizda, axloq-odob, imon-e’tiqod va boshqa olijanob
fazilatlarimizda mujassamlashgan. Shunday ekan, yangi davr falsafasida milliy
madaniyatimiz, qadriyatimiz, milliy merosimizda, ayniqsa, islom ta’limotidan,
undagi qimmatbaho falsafiy fikrlardan unumli foydalanmog’imiz lozim.
5. Davr xalqimiz dunyoqarashini milliy ruhda isloh qilishni qat’iy talab
qilmoqda.
Yangicha
falsafani
istiqlol
g’oyalari bilan uyg’unlashtirib
rivojlantirishimiz darkor. Yangi davr falsafasi - hayotdan ajralib qolgan mavhum
nazariy masalalar bilan chegaralanib qolmasdan, balki mustaqil davlatimizni
mustahkamlashga oid bo’lgan masalalar bilan shug’ullanishi kerak. Har qanday
fanning asosiy vazifasi – jamiyatga xizmat qilishdan, uning oldida turgan
muammolarni yechishga ko’mak berishdan iboratdir.
Mustaqillik sharoitida xalqimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
ma’naviy hayotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar va ularning falsafiy jihatlari,
milliy va millatlararo munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqishi va
ularni bartaraf etish shakllari, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash, inson