4 tutgan o’rni, istiqboli, uning nazariyasining boyligidadir. Fanning nazariy asoslari
qanchalik puxta, mukammal, atroflicha va chuqur ishlangan bo’lsa, uning mavqei
ham shu darajada yuksak bo’ladi.
Ma’lumki, falsafa fanining asosiy negizini dialektika nazariyasi tashkil etadi.
Shunday ekan, dialektika nazariyasini ijodiy rivojlantirib, uni hozirgi davr
talablariga muvofiqlashtirib, umuminsoniylik darajasiga ko’tarish kerak.
O’tmishda dialektika nazariyasi turlicha falsafiy ta’limotlarda shakllanib va
rivojlanib kelgan. Dialektika hozirgi vaqtda ham jahon falsafasida markaziy o’rinni
egallab kelmoqda. Endilikda biz dialektika nazariyasini ham umuminsoniy
qadriyatlar darajasidagi fan sifatida rivojlantirishimiz darkor.
2. Yangilangan falsafa fani – umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini e’tirof
etish bilan bir qatorda buyuk mutafakkirlarimizning ko’pgina asarlarida taraqqiy
ettirilgan Sharq xalqlarining falsafiy qarashlarini chuqur va atroflicha ochib
bermog’i kerak. «Asrlar mobaynida, - degan edi O’zbekiston birinchi Prezidenti
I.A.Karimov, - xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik
kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda
rivojlandi. Va o’z navbatida bu falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz
dahosidan bahra olib boyib bordi»
1
.
Dialektika va tarixiy materializm falsafasi G’arbiy Yevropada vujudga kelib,
keyinchalik Rossiya xalqlarining ehtiyojlariga moslashtirilgan falsafa ekanligi
hammamizga ayon. Unda Markaziy Osiyo xalqlarining boy falsafiy merosi,
qarashlari o’z aksini topmagan edi. Endilikda bizning asosiy vazifamiz - o’z
xalqimiz tafakkuriga mos, tushunarli va yaqin bo’lgan Sharq falsafasidan bekamu
ko’st foydalangan fanni bunyod etishdir.
3. Mazmunan yangilangan mazkur falsafaning asosiy vazifasi – insonning
ichki dunyosini, ma’naviyatini, tafakkurini, dunyoqarashini shakllantirishga va
rivojlantirishga qaratilmog’i lozim.
1
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-