Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORIDA FITONIMLARNING



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   373
innovatsion

 
O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORIDA FITONIMLARNING 
KO‘CHMA MA’NOLARI LINGVOPOETIKASI 
Muqimova Gulnora Rashidovna 
BuxDU mustaqil tatqiqotchisi, 
Buxoro viloyat XTXQTMOHM 
Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi. 
Annotatsiya
. Inson tabiat qo‘ynida ekan, xohlaydimi, yo‘qmi u tabiatga 
murojaat qiladi. Tabiatda bo‘ladigan har bir voqea va hodisalar insoniyatning 
nutqida yanada sayqallanadi. Ayniqsa fitonimlarning xalq og‘zaki ijodida ko‘chma 
ma’noda kelishi leksikaning boyishiga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, Bahor 
sayllarida “Boychechak xabari” yoki “Boychechak”, “Lola”, “Guli surx” “Qizil 
gul” kabi bolalar qo‘shiqlari aytiladi. Masalan, “Boychechak” – bolalar 
kuylaydigan mavsumiy va marosim qo‘shig‘i. Unda ifodalangan boychechak 
obrazi ko‘chma ma’noda ishlatilib, xalqning o‘tmishidan xabar beradi. 
Kalit so‘zlar: 
mutolaa, mutolaa madaniyati, badiiy matnlar, folklor, 
janrlar, fitonim. 
Ma’lumki, metafora ma’lum bir narsa va buyumning nomini boshqa 
buyum va narsaga biror tomondan o‘xshashligini e’tiborga olib ko‘chirish 
ma’nosini anglatadi
44
va bunda ifodalangan tasvir tushunchalardan birining muhim 
sifatini ta’kidlaydi, inson qiyofasi, jonli va jonsiz tabiat dunyosi, inson faoliyati 
sohalari, shuningdek, inson tomonidan ishlab chiqarilgan narsalar bilan 
taqqoslanadi. Inson shu tabiat qo‘ynida ekan, xohlaydimi, yo‘qmi u tabiatga 
44
N. Mahkamov, I. Ermatov. Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati. –Toshkent, 2013 


48 
murojaat qiladi. Shu murojaat xalq og‘zaki ijodida “Boychechak xabari” yoki 
“Boychechak sayli”, “Lola sayli”, “Guli surx” sayli “Qizil gul sayli” kabi sayllarda 
bolalar qo‘shiqlari aytiladi. Bu qo‘shiqlar ma’lum bir mavsumda aytiladi. Bu 
qo‘shiqlarda aynan fitonimlarning kelishi insonni tabiat bilan yanada bog‘laydi va 
har bir fitonim ishtirok etgan qo‘shiqlarning o‘z tarixi bor. Shuningdek, qo‘shiqda 
ifodalangan fitonimlar metafora yo‘li orqali ko‘chgan. Masalan “Boychechak” – 
bolalar kuylaydigan mavsumiy va marosim qo‘shig‘i. Boychechak qadimda 
Navro‘z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab bo‘lgan.
“Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, 
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak” 
naqarotining mazmun mohiyati katta-yu kichikka birdek tushunarli. Biroq 
qo‘shiqni yod olgan, zavqqa to‘lib kuylagan kichkintoylar uning mazmunini teran 
anglaganlaridagina xalq madaniy tarixi, milliy qadriyatlarimizdan voqif bo‘ladilar. 
Qo‘shiqning birinchi bandi shunday boshlanadi:
Boychechagim boylandi, 
Qozon to‘la ayrondir. 
Ayroningdan bermasang, 
Qozon-tovog‘ing vayrondir. 
Qo‘shiqda qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi “qozon to‘ldi” 
marosimi va bahor kelganiga ishora qilinayotir. Negaki, boychechak bahor elchisi 
ekan, endi yaylovda o‘t-o‘lanlar ko‘karadi, sigir-echkilar suti ko‘payadi, issiq 
boshlanishi bilan hamma ayronxo‘rlikka o‘tadi. Kishilarning qozon to‘ldirib ayron 
tayyorlashi va bir-birlariga ulashishi xayrli udumlardan sanalib, xalqda uni bir-
biridan qizg‘anganda ro‘zg‘orga putur yetishi mumkinligi aytilgan. Boychechak 
haqidagi qo‘shiqlarning genezisi juda qadimiy davrlar bilan bog‘liqligi qo‘shiqning 
keyingi bandida ko‘rinadi:
Boychechakni tutdilar, 
Tut yog‘ochga osdilar, 


49 
Qilich bilan chopdilar
Baxmal bilan yopdilar. 
Bu tarixan hosildorlik kulti bilan bog‘liqligini zamondosh o‘quvchiga 
tushuntirish lozim. Folklorshunos olimlar e’tiroficha, o‘simliklar kultining paydo 
bo‘lishi ibtidoiy madaniyat davri bilan bog‘liq. “Arxaik dunyoqarashda, – deb 
yozadi A.Musaqulov,– butun tabiat kabi o‘simliklar ham jonli va ongli deb 
tushunilgan va ko‘pgina xalqlar o‘zlarining ilk ajdodlarini o‘simliklar totemi bilan 
bog‘lashgan”
45
. Boychechak – badavlat, muqaddas, ilohiy gul degan ma’nolarga 
ham ega. Olimlar ta’kidicha, qo‘shiqlarda boychechak to‘ng‘ich go‘zal qizga 
o‘xshatiladi. Yuqoridagi misralar ham shu ma’noda juda qadim davrlarda 
ko‘klamgi marosimlarda qizlarni qurbonlik qilish marosimidan nishona ekani 
e’tirof etilgan. Qo‘shiqdagi:
Boychechakni tutdilar, 
Tut yog‘ochga osdilar. 
Qilich bilan chopdilar, 
Baxmal bilan yopdilar. 
misralari shunday talqinga asos bo‘lgan. Zotan, unda ta’riflangan boychechak – 
erta bahorda ochilgan gul ekanligi bilan birga tarixiy hodisalarning umumlashma 
obrazi hamdir. Qo‘shiq tugagach, boychechakxonlarga sovg‘a-salomlar berishgan. 
Shu ma’noda:
Boychechagim boylandi, 
Ko‘chama-ko‘cha aylandi. 
Boychechagim ko‘k somsa, 
Cho‘ntaklarga joylandi,– misralari orqali bolalarning ilk boychechakni olib
hovlima-hovli suyunchi so‘rashi, keksalar uni yuzlariga sutib, “omonlik-
omonlik”,– deya eguliklar, pullar berishlari, ko‘k somsalar pishirishlari poetik 
ifodalangan.
45
Oxunjon Safarov, Rahmatulla Barakayev, Bashorat Jamilova. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2017. 


50 
Bizdagi mavjud ertak, doston, qo‘shiq va boshqa janrlar tahlilidan kelib 
chiqib shuni aytish mumkinki, folklor asarlarida ko‘proq xalqimizning samoviy 
jismlar, o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq eng qadimgi 
tasavvurlari o‘z ifodasini topgan. Bu tasavvurlar tilimizdagi ko‘plab so‘zlarning 
kirib kelishiga, obrazli badiiy tafakkur tarzining shakllanishiga zamin yaratgan. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin