Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


 Maqollarning xalq og’zaki ijodining boshqa janrlariga nisbatan



Yüklə 382,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix25.12.2023
ölçüsü382,32 Kb.
#194594
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Ingliz va o’zbek maqollarining lingvokulturologik va sementik xususiyatlari

1.1.1. Maqollarning xalq og’zaki ijodining boshqa janrlariga nisbatan 
o’xshash va farqli jihatlari. 
Maqollar insoniyatning turmush tajribalari zaminida tug`ilgan va xalq 
donoligini ifodalaydigan qisqa, ko`pincha she’riy formadagi hikmatli so`zlar, 


15 
chuqur ma’noli iboralar bo’lib, o’ta ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og`zaki 
ijodidagi boshqa janrlardan farq qiladi.
A.M. Gorkiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. «Eng ulug` 
donolik so`zining soddaligidir»-deb yozadi u. Ularda butun-butun kitoblar 
mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo`ladi [52; 114 b.]. Bu yerda 
olim maqol va qo’shiqlarning shakliy ko’rinishlariga, sermazmunligiga baho berib, 
ularni o’zaro tenglashtiryapti. Lekin biz bu bilan qo’shiq va maqol xuddi bir xil 
xususiyatga ega janr deb hisoblamasligimiz kerak. Qo’shiq, yor-yor, o’lan kabi 
lirik janrlarda voqelik shaxsning kechinmalari fonida ifodalansa, xalq maqollarida 
ana shu kechinmalar haqidagi xulosalar lo’nda ifodalanadi. Demak, lirik janrlarda 
kechinmadan hukmga qarab, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab intilish 
yetakchilik qiladi. Epik janrlar bo’lmish xalq dostonlari, ertaklari, afsona va 
rivoyatlari, latifalar, rang- barang obrazlarning xatti-harakati, kechinmalari orqali 
aks ettirilsa, maqollar voqelikning xulosasini hukmlar orqali aks ettiradi. Demak, 
maqolda voqealarning kechishi emas, balki ulardagi xulosa va hukm ifodalanadi. 
Binobarin, epik janrlarda yo’nalish harakat va holatdan hukmga tomon yo’nalgan 
bo’lsa, maqollarda hukmdan harakat va holat tomon yo’nalganlik boshchilik qiladi 
[18; 91 b.].
Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatdan shu narsa ma’lum bo’ladiki, hajman 
ixcham bo’lgan maqollarda olam-olam kechinma bayoni ulkan dostonlarga jo 
bo’luvchi voqealarni o’z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, har bir maqolning 
mazmunidagi real voqelikdagi faktlar orqali ulkan hajmdagi asarlar yaratilishi 
mumkin.
Xalq og’zaki ijodi janrlari sirasida hajmi, tashqi shakliy xossalari hamda 
voqelikni aks ettirish tarzi jihatidan maqollarga yaqin turuvchi matal, topishmoq 
kabi janrlar mavjud bo’lib, bu janrlar orasidagi o’xshash jihatlarning ko’pligi 
tufayli, ular orasidagi farqlarni anglash biroz muammo tug’dirishi mumkin [18; 92 
b.]. Bugungi kunda barcha xalqlarning folklorida bu muammolarga duch 
kelishimiz mumkin. Xuddi o’zbek tilidagi singari ingliz tilidagi maqollarda ham 


16 
shu masalaga duch kelamiz. Ya’ni, ingliz tilida maqol “proverb“, matal “saying”, 
va topishmoq “riddle” lar bir – biriga yaqin xalq og’zaki janrlari hisoblanadi. 
O’zbek xalq maqollar singari ingliz xalq maqollari ham matal va topishmoqlardan 
quyidagi xususiyatlar orqali keskin farqlanib turadi. Bular quyidagicha: 
1. Maqolda fikr aniq, tugal xulosa, lo’nda hukm tarzida ifodalanadi. Matalda 
esa tugal fikr ifodalanmaydi. Topishmoq shaklan maqollarga yaqin tursa ham, 
biroq voqelikni aks ettirish tarzi, asosan fikrni jumboqli shaklda yashirib ifodalash 
bilan maqollardan keskin farqlanib turadi [18; 92 b.].
Bir qarashda maqol va topishmoqlarning yaqqol farqi sezilib turadi. Ammo 
maqol va matal o’rtasidagi farqni darrov anglash biroz qiyinroq. Xalq og`zaki 
ijodida maqol bilan bir qatorda matallar ham qo`laniladi. Bu ikki terminning 
farqini bilish kerak. Matal maqollardan farq qiladi. Matal ko`chma ma’noda 
ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turidir. Matal o`z ma’nosini boshqa 
ma’noga ko`chirgan so`z birikmalaridan iborat bo`ladi [18; 92 b.]. Masalan, 
Aql -
ko’rga, ko’z soqovga
– til maqolini tahlil qiladigan bo’lsak, ko’r odam aqlli bo’lsa 
yo’lini topadi ya’ni dono kishi har doim o’z yo’lini topa oladi kabi hukm surilgan. 
Lekin “

Yüklə 382,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin