jarayon hayvon organizmlarida maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshiriladi.
O‘simliklarda esa maxsus nafas olish organlari bo‘lmaydi. Ular to‘qima va hujayralar orqali
nafas oladi. Ozuqa moddalarda to‘plangan kimyoviy energiya organik birik- malar
molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘larda mujassamlashgan bo‘ladi. Bir
molekula, ya’ni 180 g glukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog‘larda to‘plangan energiya
miqdori 2800 kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukozadagi energiya
bosqichma-bosqich ajraladi. C6 H12O6 + 6O2 → 6CO2 + 6H2 O + 2800 kJ. Ozuqa
moddalardan ajralgan energiyaning bir qismi issiqlik energiyasi sifatida hujayradan tashqi
muhitga ajraladi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat (ATF)ning energiyaga boy fosfat
bog‘larida to‘planadi. Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: hujayra bo‘linishi,
muskullarning qisqarishi, moddalarning membaranalar orqali faol o‘tishi, nerv impulslarining
nerv tomirlar bo‘ylab o‘tkazilishi va boshqalarni energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga
oshiriladi. Energiya almashinuvi bosqichlari:
Dostları ilə paylaş: