49-savol: Assimlatsiya bu….. Plastik almashinuv (anabolizm). Anabolizm jarayonida tirik organizmlarda moddalarning
hosil bo‘lishi, ya’ni sintezlanish jarayoni kuzatiladi. Bunda organizm tashqi muhitdan har xil
moddalarni qabul qiladi va ularni o‘zlashtiradi. Odam iste’mol qilinadigan bir kunlik
ozuqaning energiyasi – 3000 kkalga teng keladi Bu o‘zlashtirilgan mahsulotlar hujayrada
kechadigan sintezlanish reaksiyalari uchun mahsulot sifatida sarf bo‘ladi. Hujayrada oqsillar,
uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar sintezlanadi. Ayniqsa, o‘sayotgan hujayralarda
assimilyatsiya reaksiyalari jadal boradi. Lekin to‘liq shakllanib bo‘lgan hujayralarda ham
doimo sarf bo‘lgan organik moddalar o‘rniga yangilari sintezlanib turadi. Hujayrada
boradigan moddalarning sintezlanish jarayoni biologik sintez yoki qisqacha aytganda biosintez
deb ataladi. Barcha biosintez reaksiyalari energiya yutilishi bilan amalga oshadi. Hujayrada
boradigan oqsil, uglevod, lipid va nuklein kislota kabilarning sintezlanishi plastik
almashinuvga misoldir. Biosintez reaksiyalarining yig‘indisi plastik almashinuv yoki
assimilyatsiya
deb
ataladi.
Fermentlar
yordamida
oddiy
kichik
molekulali
moddalardanmurakkab yuqori molekulali birikmalar: aminokislotalardan oqsillar,
monosaxaridlardan esa murakkab uglevodlar hosil bo‘ladi. Azotli asoslari esa nukleotidlar
hosil qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein kislotalar shakllanadi. Xuddi shu tartibda oddiy
asetat kislotalardan murakkab yog‘ kislotalari paydo bo‘ladi. Ular glitserin moddasi bilan
reaksiyaga kirishib yog‘larni va moylarni hosil qiladi. Biosintetik reaksiyalar har bir individ
va turga xos bo‘lgan xususiyatlar asosida farqlanib turadi. Natijada oqsil – fermentlar
yordamida hosil bo‘ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi DNK tarkibidagi
nukleotidlarning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Bu esa o‘z navbatida mazkur hujayraning
genlar to‘plami genotip bilan bog‘liq. Hosil bo‘lgan moddalar o‘sish jarayonida hujayra va
ularning organoidlarini hosil qilish hamda
sarflangan yoki parchalangan molekulalarni tiklash uchun ishlatiladi. Barcha sintez (hosil
qiluvchi) reaksiyalari energiyani yutilishi orqali ro‘y beradi. Parchalanish reaksiyalarida esa
aksincha, energiya ajralib chiqadi.