57-savol: Assimilyatsiya- bu….?
Assimilyatsiya – tiriklikning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Assimilyatsiya jarayonida
organizmning oʻsishi, rivojlanishi va yangilanishida energiya manbai sifatida
foydalaniladigan moddalar toʻplanishi ta’minlanadi. Termodinamika nuqtai nazaridan
organizmlar ochiq sistema boʻlib, ularga tashqi muhitdan energiya kelib turadi. Tirik
organizmlar uchun quyosh nuri dastlabki energiya manbai hisoblanadi. Yer yuzida
uchraydigan barcha tirik organizmlar energiya manbalaridan foydalanish xususiyatlariga
koʻra avtotrof va geterotrof guruhgaajratiladi. Faqat avtotroflar (yashil oʻsimliklar)
quyoshning energiyasidan fotosintez jarayonida organik moddalar (
uglevodlar
,
oqsillar
,
yogʻlar) sintez qilishi mumkin. Xemosin-tezlovchi mikroorganizmlardan tashqari barcha
organizmlar (geterotroflar) tayyor organik moddalarni Assimilyatsiya qiladi, ya’ni ulardan
energiya manbai yoki qurilish materiali sifatida foydalanadi. Assimilyatsiya jarayonida
geterotroflar organizmida oqsillar dastlab aminokislotalargacha parchalanadi, ya’ni biologik
individuallik xususiyatini yoʻqotadi, soʻngra har bir organizmning oʻzi uchun xos boʻlgan
oqsillar sintezlanadi.
Dostları ilə paylaş: