Tibbiy biologiya tibbiyot oliygohlari uchun oraliq savollariga javoblar. Hayitov sirojiddin ilhomjon o`gli



Yüklə 374,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/43
tarix25.12.2023
ölçüsü374,07 Kb.
#194903
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Biologiyadan oraliq savollari va javoblaridocx

Birinchi bosqich
— tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, bunda uglevodlar, yog‘lar, oqsillar, nuklein 
kislotalarning yirikmolekulalari oddiy molekulalarga parchalanadi. Misol uchun, kraxmal 
glukozagacha, yog‘lar yog‘ kislotasi va glitseringacha, oqsillar aminokislotalargacha 
parchalanadi. Bu bosqichda parchalanish natijasida hosil bo‘lganenergiyaning barchasi issiqlik 
energiyasi sifatida tashqi muhitga ajraladi.
Ikkinchi bosqich
glikoliz, ya’ni kislorodsiz (anaerob) parchalanish deyiladi. Odam, 
ko‘pgina hayvonlar va mikroorganizmlar hujayrasida asosiy energiya manbai glukoza 
hisoblanadi. Glikoliz ketma-ket keluvchi bir qancha fermentativ reaksiyalar yig‘indisidan 
iboratdir. Uning hosil bo‘lishida o‘ndan ortiq oraliq reaksiyalar hosil bo‘ladi.
Glikolizning umumiy yig‘indi tenglamasini quyidagicha tasavvur etish mumkin: C6H12O6 + 
2H3 PO4 + 2ADF = 2C3 H6 O3 + 2ATF + 2H2O200 kJ energiya ajralib chiqadi. Bu 
energiyaning 60 % issiqlik sifatida ajraladi, 40 % esa ATF sifatida tejaladi
Uchinchi bosqich
– kislorodli (aerob) parchalanish, ya’ni to‘la parchalanish hisoblanadi. Bu 
jarayon amalga oshishi uchun kislorod bo‘lishi shart. Aerob oksidlanish mitoxondriyada 
amalga oshadi. Aerob parchalanishning har bir oraliq bosqichida anaerob parchalanish singari 


energiya ajraladi. Ammo bu bosqichlardaajraladigan energiya miqdori anaerob parchalanishda 
ajraladigan energiyaga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Natijada kislorodli parchalanish 
natijasida 2600 kJ energiya hosil bo‘ladi. Glikoliz natijasida hosil bo‘lgan 2 molekula sut 
kislotasi mitoxondriyada kislorod ta’sirida parchalanganda 36 molekula ATF hosil bo‘ladi. 
Shunday qilib kislorodli parchalanishning umumiy reaksiya tenglamasini quyidagicha yozish 
mumkin. 2C3 H6 O3 + 6O2+36H3 PO4 + 36ADF = 6CO2 + 36ATF + 42H2 O.
Kislorodli parchalanishdan hosil bo‘lgan 2600 kJ energiyaning 44,6 % issiqlik sifatida ajraladi, 
55,4 % ATFda to‘planadi.

Yüklə 374,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin