6-savol:
Genlarning ekspressivligi nima izohlang?
“Ekspressivlik” va penentrantlik tushunchalarini birinchi boʼlib, fanga 1927 – yili rus olimi
N.V.Timofeev – Resovskiy
tomonidan kiritilgan.
Gen ishtirokida fenotipda yuzaga chiqadigan belgining har xil darajada paydo boʼlishiga shu
genning ekspressivligi deyiladi. Masalan, odamda bitta gen taʼsirida yuzaga chiqadigan biror
fenotipik belgi xuddi shunday geni boʼlgan boshqa odamda bunday yuzaga chiqmaydi.
Odamlarda ko‘rsatkich barmogning kalta bo‘lishi
(kichik broxidaktiliya),
dominant gen
ta’sirida yuzaga chigadi. Odamlarda ko‘rsatkich barmog juda kalta bo‘lib,
ayrimlarda esa
sezilarsiz darajada bo‘lishi mumkin.
Fenilketonuriya kasalligi
odamlarda juda yengil, o‘ta og‘ir darajada bo‘lishi mumkin.
Shizofreniya kasalligida
odam ruhiyatining yaqqol va uncha sezilarsiz darajada o‘zgarishini
ko‘rish mumkin. Genning ekspressivligi tashqi muhit sharoitiga bog‘lig.
7-savol: Genlarning penetrantligi nima izohlang
?
Penentrantlik - gen yuzaga chiqargan fenotipik belgining son
jihatidan ifodalanishiga
penentrantlik deyiladi. Bu koʼrsatkich foiz bilan belgilanadi.
Raxit kasalligida
kuzatiladigan gipofosfatmiyani (anorganik fosfor konsentrasiyasining qonda
kam bo‘lishi) misol gilib olish mumkin. Bu kasallikda skeletning qanday darajada o‘zgargan
bo‘lishiga qaramasdan barcha kasallikka duchor bo‘lganlarning
qonida fosforming miqdori
normadan kam bo‘ladi.
Tutqanoq kasalligi, qand kasalligi
esa 65 % penetrantlik bilan ynzaga chiqadi. Demak,
mutatsiyaga uchragan gen dominant bo‘lsa ham uning belgisi shu gen bo‘lgan organizmlarning
barchasida ham hosil bo‘lavermas ekan.
Dostları ilə paylaş: