Tibbiy biologiya tibbiyot oliygohlari uchun oraliq savollariga javoblar. Hayitov sirojiddin ilhomjon o`gli



Yüklə 374,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/43
tarix25.12.2023
ölçüsü374,07 Kb.
#194903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Biologiyadan oraliq savollari va javoblaridocx

Transkripsiya (RNK sintezi).
Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. Oqsil tuzilmasi 
to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, 
ribosomalarda o‘tadi. Oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK
tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjirlarning birida 
komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti yordamida i-RNK 
sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri 
matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar 
izchilligi to‘g‘risidagi axborot DNKdan i-RNKga ko‘chirilishi transkripsiya deyiladi.
12-savol: Transformatsiya va Transduksiya hodisasini izohlang 
Ma’lum sharoitda bir organizm irsiy molekulasi har qanday bo‘lagining ikkinchi organizm 
irsiy molekulasi tarkibiga birikish hodisasiga 
«transformatsiya»
deb ataladi. 
Pnevmokokklardagi transformatsiya hodisasi 1928-yili ingliz bakteriologi F. Griffi t 
tomonidan ixtiro qilingan. Uning tajribasi pnevmokokklarning ikki xil – S- va R-shtammlari 
ustida o‘tkazilgan. Pnevmokokk bakteriyasining S-shtammi maxsus qo‘shimcha kapsulaga 
ega bo‘lib, sirti silliq, R-shtammda esa kapsula bo‘lmaydi va sirti g‘adir-budur (S – inglizcha 
smooth – silliq, R – inglizcha rough – g‘adir-budur). S-shtamm bakteriyaning kapsulasi 
sichqon organizmi immun sistemasi ta’sirini o‘tkazmaganligi sababli, u kasallik qo‘zg‘atuvchi 


bo‘lib, sichqonlarda pnevmoniya kasalligini keltirib chiqaradi va sichqonlar o‘ladi. R-shtamm 
esa kasallik keltirib chiqarmaganligi sababli, bu shtammlar bilan yuqtirilgan sichqonlar nobud 
bo‘lmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi S-shtamm qizdirilganda ular o‘ladi va o‘ldirilgan 
bakteriyalarni sichqonlarga yuborilganda sichqonlarda kasallik paydo bo‘lmaydi.
Sichqonlarga qizdirish natijasida o‘lgan bakteriyalar S-shtammi bilan kasallik 
qo‘zg‘atmaydigan R-shtammga kiruvchi tirik bakteriyalarni birgalikda qo‘shib yuqtirilganda 
sichqonlarning o‘lishi kuzatilgan. O‘lgan sichqonlarda bakteriyalarning S-shtammi topilgan. 
Pnevmokokkning S-shtammidan qandaydir modda R-shtammga o‘tishi natijasida R-
shtammning ayrimlari S-shtammga aylangan, ya’ni transformatsiya hodisasi ro‘y bergan. 
Lekin F. Griffi ts S-shtamm bakte riya larning qanday moddasi irsiy axborotni tashib yurishini 
bila olmagan. 1944-yilga kelib O. Eyveri, K. Makleod va M. Makkarti Griffit tajribasini
qaytadan takrorladilar va S-shtammida uning patogenlik xususiyatini tashib yuruvchi DNK 
ekanligini ma’lum qildilar. Ular pnevmokokk bakteriyalarning 2 xili streptomitsinga chidamli 
va chidamsiz shtammlari ustida tajriba olib bordi. Laboratoriya sharoitida probirkada 
streptomitsinga chidamli bakteriyalarni parchalab, uning DNK moddasi ajratib olindi. Olingan 
toza DNK chidamsiz bakteriyalar o‘sayotgan muhitga o‘tkazildi va kuzatib borildi. 
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, streptomitsinga chidamli bak teriyalar DNK moddasi ta’sirida, 
ikkinchi probirkada o‘sayotgan chidamsiz bakteriyalar shtammi antibiotikka chidamli bo‘lib 
qo‘ladi. Shunday qilib, dastlab pnevmokokk bakteriyalarda DNKning irsiyatga aloqadorligi 
isbotlab berildi.

Yüklə 374,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin