Tibbiy biologiya tibbiyot oliygohlari uchun oraliq savollariga javoblar. Hayitov sirojiddin ilhomjon o`gli


Bakteriyalar irsiyatining oʼzgarishi faqat



Yüklə 374,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/43
tarix25.12.2023
ölçüsü374,07 Kb.
#194903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Biologiyadan oraliq savollari va javoblaridocx

Bakteriyalar irsiyatining oʼzgarishi faqat 
transformatsiya, transduksiya natijasida boʼlmasdan 
ularda boʼladigan konyugatsiya jarayonida ham 
kuzatilishi mumkin
Bakteriyalardagi konyugatsiya hodisasi yuqori 
organizmlarda 
boʼladigan 
chatishtirishni 
eslatadi. 
Konyugatsiya 
- ikkita bakteriya 
hujayrasining yonmayon kelib bir-biriga 
yopishgach, ularning biridan ikkinchisiga irsiy 
omilning oʼtishi. Irsiy material bergan 
bakteriya donor, qabul qilgani esa retsipient 
deyiladi.
Bakteriyalarda uchraydigan konyugatsiya hodisasini 
birinchi boʼlib 1946 yilda 
Dj. Lederberg va Ye.Teytum 
ichak bakteriyasida ( Echerihia coli) kuzatadilar.
Ichak bakteriyasi molekulyar genetikaning asosiy 
masalalarini yechishda eng qulay hujayra hisoblanadi
 
14-savol: Odam genetikasini maqsadi va vazifalari. 
Odam genetikasi
– irsiyat va o’zgaruvchanlikni odam populyatsiyasida qanday namoyon 
bo’lishini belgilarni normada irsiylanishini va tashqi muhit omillari taʼsirida qanday 
o’zgarishlar sodir bo’lishini o’rganadi.
Odam genetikasi - genetika fanining bir boʻlimi; odam irsiyatining saqlanishi, nasldan-naslga 
oʻtishi va avlodda namoyon boʻlishini oʻrganadi. O.g. shartli ravishda inson genetikasi 
(antropogenetika) va tibbiyot genetika-siga boʻlinadi. Antropogenetika odam organizmi 
normal belgilarining ir-siyligi va oʻzgaruvchanligini, tibbiyot genetikasi esa uning irsiy 
patologi-yasini oʻrganadi. O.g. 19-asrning oxirlaridan rivojlana boshladi. Bu davrda xdli 
irsiyatni oʻrganuvchi usullar kam boʻlganligi sababli, odam ayrim belgilarining nasldan naslga 
oʻtishini oʻrganishda egizaklar usulidan foydalaniladi. 20-asrning boshlaridan odamning 
populyasion genetikasi rivojlana boshladi. Populyasion genetika maʼlum bir chegaralangan 
gurux, odamlardagi geografik, etnik, tabakali va boshqa genlarning turlari va tarkibining 
oʻzgarishini oʻrganadi. Bundan tashqari, bu usul yordamida odamning tur si-fatida evolyusion 
shakllanishi, ularning sut emizuvchilardan irsiy farqlari, zamonaviy odam populyasiyalaridagi 
irsiy oʻzgaruvchanliklarni oʻrganish mumkin.
20-asrning 20—30-yillaridan boshlab odamdagi mutatsiyalar oʻrganila boshlandi. Odam 
irsiyatini oʻrganishda uni xavfli mutatsiyalardan himoya qilish katta ahamiyatga ega, chunki 
texnika rivojlanishi va kimyoviy vositalar koʻp ishlatilishi tufayli odam orga-nizmiga mutagen 
omillar taʼsiri oshib bormoqda.


20-asrning oʻrtalariga kelib va radiatsion genetika rivojlanishi bilan O.g.ni oʻrganish yana 
kuchaydi. 1956-yil odamda 56 ta xromosoma (28 juft) borligi aniklandi, 1959-yilda esa 
odamning birinchi xromosoma kasalligi (Daun kasalligi) kashf kilindi. O.g. xromosomadagi 
har bir genii, ularning xromosomada joylashishi, namoyon qiladigan belgilarini va bu belgilar 
yuzaga kelishida irsiyat va tashqi muhitning ahamiyatini, mutatsiyalarning yuzaga kelish 
sabablarini oʻrganadi. Izlanishlar natijasida irsiy xilma-xillik yoki polimorfizm kashf etildi. 
Mas, gemoglobinning 200 ga yaqin turi borligi, fermentlarning turli-tuman shakllari va boshqa 
aniklandi.
Irsiyatning xromosoma va genlarini oʻrganishda molekulyar biologiyaning bir necha usullari; 
sitogenetik, biokimyoviy, immunogenetik, gen inje-neriyasi va h.k.dan foydalaniladi.

Yüklə 374,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin