Transduksiya
jarayoni 1952-yilda N. Jinder va F. Lederberg tomonidan kashf etilgan. Bu
kashfi yotga qadar bakteriya hujayrasiga fagning irsiy materiali (nuklein kislota) kirganda
faglar ning hujayrada ko‘payishi oqi batida bakteriyaning hujayra qobig‘i yorilib o‘lishi, ya’ni
lizis bo‘lishi ma’lum edi, xolos. Bu jarayon faglarning litik reaksiyasi deb ataladi. Bunda
bakteriya hujayrasiga kirgan faglar 37°C da, 15–60 daqiqa ichida litik siklga kiradi. Fag
dastlab
bakteriyaning
nukleotidtrifosfatlardan
foydalanib,
DNK
molekulasini
replikatsiyalaydi. So‘ngra fag xromosomasi o‘zi uchun oqsil qobiq sintez qilib, fag
zarrachalari hosil bo‘ladi. Natijada bakteriya hujayrasining qobig‘iyoriladi va fag tashqi
muhitga chiqib, boshqa bakteriyani zararlantiradi. Ammo bakteriya hujayrasiga tushgan fag
doimo ham shu hujayrani nobud qilavermaydi. Ba’zan fag xromosomasi bakteriya
xromosomasiga rekombinatsiyalanadi. Bu jarayon fag DNK molekulasi bakteriya DNK
molekulasi nukleotidlarining maxsus ketma-ketligini topib birikishi natijasida sodir bo‘ladi
va bakteriya profag holatga o‘tadi. Xromosomasida profag bo‘lgan va erkin ko‘paya oladigan
bakteriyalarni lizogen bakteriyalar, jarayon esa lizogeniya deb ataladi. Tashqi muhit ta’sirida
ayrim holatlarda lizogen bakteriyadan fag xromosomasi ajralib chiqishi kuzatiladi. Fag nobud
bo‘lgan hujayradan sog‘lom hujayraga o‘tayotganida nobud bo‘lgan bakteriya
xromosomasining biror bo‘lagini o‘zi bilan birga olib o‘tkazishi mumkin. Bitta bakteriyalar
hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o‘tishiga transduksiya deyiladi. Faglar
orqali ikkinchi bakteriya hujayrasiga o‘tgan genlar bu bakteriyaning irsiyatini o‘zgartiradi.
13-sasvol: Konyugatsiya va F –omil qanday jarayon?
F – omil
Bakteriyalarning jinsiy koʼpayishida ikkala bakteriya vaqtincha bir-biriga yaqinlashib
juftlashgach ular orasida sitoplazmatik koʼprikcha hosil boʼladi. Bakteriyalarning juftlashishi
paytida bitta bakteriyadan ikkinchi bakteriyaga F (
bakteriyalarning koʼpayish xususiyatini
oshiruvchi
) irsiy omil oʼtadi
F-omil bakteriya xromosomasidan alohida boʼlgan DNK molekulasi boʼlib, oʼzini-oʼzi
mustaqil hosil qiladi. F—omili bor, yaʼni donor F +(erkak) bakteriyalardan konyugatsiya
paytida F – omil retsipient F – (urgʼochi) bakteriya hujayrasiga oʼtib uni F+ ga aylantiradi.
|