Tibbiy biologiya tibbiyot oliygohlari uchun oraliq savollariga javoblar. Hayitov sirojiddin ilhomjon o`gli


-savol: Oqsil biosintezi va uning boshqarilishi izohlang?



Yüklə 374,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/43
tarix25.12.2023
ölçüsü374,07 Kb.
#194903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Biologiyadan oraliq savollari va javoblaridocx

10-savol: Oqsil biosintezi va uning boshqarilishi izohlang? 
Oqsil biosintezi toʼrtta bosqichda boradi:
1)
aminokislotalar faolligini oshirish
2)
initsiatsiya- polipeptid zanjiri sintezining boshlanishi
3)
elongatsiya-hosil boʼlayotgan polipeptid zanjirining uzunlashishi
4)
terminatsiya-polipeptid zanjiri hosil boʼlishining tugashi
Oqsil biosintezi-
Oqsil biosintezi 
transkripsiya
va 
translyatsiya
bosqichlaridan iborat.
 Tanskripsiya
bosqichi yadroda amalga oshadi. Bunda DNK molekulasining bir zanjiri 
qismiga komplementar i-RNK sintezlanadi. Informatsion ribonuklein kislotasi tripletlarida 
oqsil tuzilishi haqida axborot yozilgan bo‘ladi.
Translyatsiya
jarayoni ribosomalarda kechadi. Oqsilning birlamchi strukturasi to‘g‘risidagi i-
RNK da nukleotidlar ketma-ketligi ko‘rinishida yozilgan axborotni aminokislotalar ketma-
ketligi ko‘rinishida namoyon bo‘lishiga translyatsiya deyiladi. Ribosomada translyatsiya 
boradigan qismining kattaligi ikkita tripletga to‘g‘ri keladi. Ribosoma i-RNK bo‘ylab surilib 
borayotgan vaqtda ribosomaning funksional markazida hamisha ikkita triplet bo‘ladi.


Ribosoma i-RNK bo‘ylab tripletdan tripletga o‘tib turadi, lekin bir tekis o‘tmasdan, balki 
to‘xtab-to‘xtab, “qadamlab” o‘tadi. Bitta triplet translyatsiyasini tugatgandan keyin, u qo‘shni 
tripletga sakrab o‘tadi va biroz to‘xtaydi
Agar ribosamada i-RNK tripletiga t-RNK ning tripleti komplementar bo‘lsa aminokislotalar 
oqsil zanjiriga peptid bog‘i hosil qilib birikadi. Ribosoma terminator tripletga o‘tganida oqsil 
sintezi to‘xtaydi. Informatsion RNK ham ribosomalardan ajraladi.
11-savol: Genetik kod. RNK va uning sintezini izohlang? 
Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan 
uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi
genetik kod
deyiladi. DNK tarkibida 
4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, =64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 
3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. 
Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.
Genetik kodning xususiyatlari:
1.
Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi.
2.
Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi.
3.
Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin.
4.
Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal.
5.
Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. 
UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. Ular polipeptid zanjirining 
tugallanishini bildiruvchi terminator kodorlardir.

Yüklə 374,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin