Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Ish bilan bandlik
– bu iqtisodiy faol aholining qonun hujjatlariga muvofiq, 
daromad keltiradigan faoliyatga ega bo‗lishidir. 
Ish bilan to„liq bandlik
– mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy foydali 
mehnatga eng ko‗p jalb etish. Amalda bu ish bilan yalpi bandlik bo‗lib, bunda 
mehnatga qobiliyatli aholining 90,0 – 92,0 % to‗liq bandlikda mehnat qilishga 


280 
muhtojlar va mehnat qilishni xohlovchilar ish bilan ta‘minlanadi, bu ishchi kuchiga 
talab va taklifning mutanosibligini anglatadi. 
Ish bilan to„liq bo„lmagan bandlik
– bu iqtisodiy faol aholining bir 
qismigina ijtimoiy foydali mehnat bilan ta‘minlanganligini ko‗rsatadi. 
Ish bilan mavsumiy bandlik
– bu mehnatga qobiliyatli aholini tabiiy-
iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda vaqti-vaqti bilan (odatda muayyan 
mavsumlarda) ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishdir. 
Ish bilan yashirin bandlik
– bu holda pul to‗lamaydigan uzoq muddatli 
ta‘tilda bo‗lganlar norasmiy ravishda (ish bilan band sifatida rasman ro‗yxatga 
olinmasdan) turli savdo-sotiq, aholiga xizmat ko‗rsatish bilan mashg‗ul 
bo‗lishlarini anglatadi. 
Ish bilan davriy bandlik
– bu muayyan muddatda mehnat faoliyati bilan 
mashg‗ul bo‗lish, muayyan muddatda dam olishni bildiradi. Ish bilan bandlikning 
bu turi asosan neft, gaz sanoati, baliqchilik tarmoqlarida vaxta usulida 
ishlovchilarni nazarda tutadi. 
Ish bilan samarali bandlik
– bu aholining ish bilan bandlikka ehtiyojining 
mavjud ish o‗rinlariga muvofiq kelishining sifat xususiyati bo‗lib, iqtisodiy nuqtayi 
nazardan mehnat resurslaridan eng oqilona foydalanishni, ijtimoiy jihatdan mehnat 
faoliyatining inson manfaatlariga eng muvofiq kelishini bildiradi. 
Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo„lmagan aholi 
(ishsizlar)
– qonun hujjatlariga muvofiq rasman ishsiz sifatida ro‗yxatdan 
o‗tkazilgan shaxslar, shuningdek haq to‗lanadigan ishga yoki daromad keltiruvchi 
mashg‗ulotga ega bo‗lmagan, mustaqil ravishda ish izlovchi va bunday ish taklif 
etilsa, ishga joylashishga tayyor bo‗lgan mehnatga layoqatli yoshdagi vaqtincha 
mehnat bilan band bo‗lmagan shaxslar. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin