Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 168
w www.oriens.uz April 2022 mediatsiya, hakamlik sudlari, nizolarni muzokara yoʻli bilan hal qilish usullari kiradi.
Ushbu nizolarni hal qilishning muqobil usullari huquqiy munosabat ishtirokchilari
oʻrtasida vujudga kelgan nizolarni suddan tashqari hal qilish imkonini berib, quyidagi
afzalliklarga ega.
Birinchidan, nizoni qisqa muddatda hal qilish uchun barcha imkoniyatlar
mavjud.
Ikkinchidan, taraflar nizoni hal qilish uchun uchinchi shaxs (mediator, hakamlik
sudi sudyasi, ekspert)ni mustaqil tanlash huquqiga ega.
Uchinchidan, sud muhokamasining boʻlmasligi, taraflarning daʼvogar va
javobgar singari maqomga ega emasliklari sababli taraflar oʻrtasida sogʻlom muhit
saqlanib qoladi.
Toʻrtinchidan, sud muhokamasidan farqli ravishda norasmiy shaklda oʻtkazilishi
natijasida taraflar oʻzini erkin tutishlari mumkin.
Beshinchidan, maxfiyligi, yaʼni hech qanday bayonnomalar yuritilmaydi, yopiq
tarzda oʻtkaziladi.
Oltinchidan, taomillarning moslashuvchanligi taraflar tomonidan nizolarni hal
qilishning muqobil usullarini erkin tanlay olishlari, oʻzgartirishlari mumkin.
Yettinchidan, taraflar oʻrtasida oʻzaro munosabat bir-biriga raqib, nizolashuvchi
taraf sifatida emas, balki hamkorlik va oʻrtoqlik aloqalarining rivojlanishi bilan
belgilanadi.
Xorijiy davlatlar amalyotida nizolarni hal qilishning muqobil usullari keng
tarqalgan. Xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlarida nizolarni hal qilishning muqobil
usullari qoʻllanish sabablari quyidagicha eʻtirof etilgan:
1) tomonlarning ishbilarmonlik munosabatlari uzilish xavfi ostida boʻlsa, ularni
oʻrnatish va rivojlantirish uchun katta xarajatlar amalga oshirilganligi sababli
nizolarni muqobil hal qilish eng maqbul yoʻldir. Chunki bu sud jarayoniga nisbatan
kamroq qarama-qarshilik keltirib chiqaradi va munosabatlarning keskinlashuviga yoʻl
qoʻymaydi.
2) nizoni tez va iqtisodiy jihatdan hal etish zarur boʻlganligi, nizolarni muqobil
hal qilish usullarini qoʻllash odatda kamroq xarajat talab qiladi va qisqaroq vaqt
oraligʻida mos keladi.
3) tomonlar maxfiylikni saqlab qoladi.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida nizolarni hal qilishning muqobil usullariga
muzokara, arbitraj, vositachilik, xalqaro arbitraj, erta neytral baholash (Early Neutral
Evaluation), med-arb usullari kiradi. Bu jarayonlarning barchasi nizolarda ishtirok
etayotgan tomonlarning ish boʻyicha oʻzaro kelishuvga kelishiga yordam berish