Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 170
w www.oriens.uz April 2022 Nizolarni hal qilish muqobil usullari qoʻllaniladigan huquqiy munosabatlarda
nizolashayotgan tomonlarning aloqalarini saqlab qolish, ular oʻrtasidagi
munosabatlarni xolislikda olib borish, nizoni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish,
nizolarni hal qilishning huquqiy asoslari nizoni hal qilish yakuniy va barcha
tomonlarni qoniqtiradigan tarzda yakuniy xulosaga kelish, nizoni tezda hal qilish,
uzoq vaqtdan buyon oilaviy nizolar qoʻshnilar bilan nizolarni bartaraf etish orqali
murosai-madoraga keltirish, nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida koʻplab nizolarni
birdaniga hal qilish, vaziyat yuqori darajadagi maxfiylikni saqlash, tomonlar
mojaroni kamroq rasmiy ravishda hal qilish kabi ijobiy xususiyatlarga ega. Shu bilan
birga, bir qator hollarda nizolarni hal qilishning muqobil usullari qoʻllash taraflar
oʻrtasida munosabat jiddiy tusda boʻlsa, tomonlardan biri oʻz manfaatlarini yetarli
darajada himoya qila olmasligi, ishtirokchilardan birini sogʻligi yomonlashib qolishi,
ular orasida yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan konfliktni yuzaga kelishi,
nizolashayotgan taraflardan birini aniq koʻrsatilmasligi, nizoni tinch yoʻl bilan hal
qilishni beparvolik va istamaslikka yoʻl qoʻyilishi, manfaatlar toʻqnashuvi yuza
kelishi, tomonlardan biri ikkinchi tomonga nisbatan zaifligi yoki noilojlik
pozitsiyasida boʻlishi, taraflar nizolarni hal qilish usullari qoʻllash davomida
erishilgan kelishuvlarni keyinchalik amalga oshirish masalasida ishonmasliga
oʻxshash salbiy jihatlari mavjud.