Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 167
w www.oriens.uz April 2022 Tariximizga nazar tashlaydigan boʻlsak, avvaldan ham biror-bir oila, qabila
mahallada nizo kelib chiqadigan boʻlsa, oʻsha urugʻ yoki mahallaning yoshi kattalari,
barcha hurmat qiladigan aʼzolari nizolashayotgan taraflarni kelishuvga chaqirib,
ularning munosabatlarini yaxshilashga, ular oʻrtasidagi nizoni tinch yoʻl bilan hal
qilishga urinishgan va bu holat bu kungi zamonamizda ham davom etmoqda. Bu
borada yuridik fanlar nomzodi, professor M.M.Mamasidiqov quyidagicha fikr
bildirgan, “Nizodagi taraflarni yarashtirishga qaratilgan milliy qadriyatlarimiz va
anʼanalarimiz, mamlakatimiz hududida muqaddam amalda boʻlgan tartib-taomillar
toʻgʻrisida soʻz yuritish joiz koʻrinadi”
10
. Maʼlumki, aholisining asosiy qismi islom
diniga eʼtiqod qiluvchi yurtimizda tomonlar oʻrtasida yuzaga kelgan turli
kelishmovchiliklar va nizolarni oʻzaro murosa yoʻli bilan hal etishga asosiy eʼtibor
berib kelingan. Zero, dinimiz anʼanalari inson hayotining barcha jabhalariga daxldor
boʻlib, oqilonalik va boshqalarga yaxshilik qilish orqali odamlar oʻrtasidagi
munosabatlarni yengillashtirishga xizmat qilgan va taraflarni yuzaga kelgan nizolarni
tinch yoʻl bilan hal qilishga daʼvat qilgan. Ayniqsa, oilada, tijoratda insoniylik
munosabatlarini saqlab qolish maqsadida kechirimli boʻlish va shu orqali
kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirgan.
Mamlakatimizda nizolarni hal qilishning muqobil usullarini joriy qilishga oid
izchil islohotlar amalga oshirilib, ularning huquqiy asoslari moddiy protsessual
qonunchilikda mustahkamlanib, bosqichma-bosqich takomillashib bormoqda. Biroq,
milliy qonunchilikda nizolarni hal qilishning muqobil usullari tushunchasi
mustahkamlanmagan. Nizolarni hal qilishning muqobil usuli (NHQMU) – bu suddan
tashqari yuzaga kelgan nizolarni hal qilishga qaratilgan qonunda, tomonlarning
kelishuvida yoki ichki lokal xujjatlarda belgilangan tartib-taomillar, usullar va
mexanizmlardir. Oʻzbekiston Respublikasida nizolarni hal qilishning muqobil
usullari qoʻllanishiga bir necha sabablar mavjud. Birinchidan mamalakatimizda
nizolarni davlat organlari, komissiya, kengashlar orqali yoki sudda koʻrib chiqish
fuqarolar uchun turli xil muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, sudda nizoni
koʻrib chiqishda sud xarajatlari ancha yuqori hisoblanadi. Ikkinchidan, sudda maʼlum
bir nizoni koʻrib chiqish uchun oʻrtacha bir oy sarflanadi, shunda ham sud hal qiluv
qarori kuchga kirishiga bir oylik muddat belgilangan. Uchinchidan, taraflar
nizolashganda birinchi instansiyada yutqizgan taraf albatta shikoyat bilan ikkinchi
instansiya sudiga murojaat qiladi. Nizolarni hal qilishning muqobil usullariga
10
M.M.MAMASIDDIQOV, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoring
instituti boʻlim boshligʻi.S.I.XASANOV Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagiAmaldagi qonun hujjatlari
monitoringi institutiyetakchi ilmiy xodimi “Mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish zarurati va ahamiyati”
maqolasi. Toshkent-2017