Usullari, uning ahamiyati, shakllanish jarayoni muhokama qilinadi. Uning ijobiy va salbiy jihatlari yoritiladi. Xorijiy davlatlar tajribasi oʻrganilib tahlil qilinadi



Yüklə 110 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix25.12.2023
ölçüsü110 Kb.
#195556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
nizolarni-hal-qilishning-muqobil-usullari-mohiyati-shakllanishi-va-rivojlanishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
165 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
zarurligini bevosita taʻkidlagan”
4
. “Nizolarni muqobil hal qilish deganda nizolar 
uchinchi shaxs ishtirokida yoki uning ishtirokisiz suddan tashqari yakdil bir toʻxtam 
(qaror)ga keltiriladigan tartib-taomillar tushuniladi”
5
. Baʻzibir yuridik adabiyotlarda 
esa “Nizolarni muqobil hal qilish ikki xil maʻnoda qoʻllaniladi. Birinchidan tomonlar 
sudning qarorisiz ishni tugatishga kelishib olishi, ikkinchidan tomonlar ixtiyoriy 
ravishda rasmiy sud jarayonidan tashqari oʻz muammolarini hal qilish maqsadida 
tanlagan usullari tushuniladi.”
6
Nizolarni hal qilish muqobil usullari atamasi nizolarni 
hal qilishning turli mexanizmlariga ishora qilish uchun ishlatiladi, bunda nizo 
tomonlari nizolarni hal qilishning boshqa huquqiy mexanizmlariga murojaat qilishni 
oldini olib, nizoni muzokaralar yoʻli bilan hal qilishdan tortib, sud jarayonida hal 
boʻladigan holatlarni ham oʻz ichiga oladi. Koʻp hollarda yuqori samaradorligi va 
moslashuvchanligi tufayli anʻanaviy usullarni almashtirish mumkin boʻlgan bir qator 
mexanizmlar mavjudligi maʻnosini bildiradi. Nizolarni muqobil hal qilish, birinchi 
navbatda, huquqiy nizo asosidagi nizolarni tugatishga qaratiladi. Aynan shu 
maqsadning ustunligi muqobil protseduralar va sud protsesslari oʻrtasidagi asosiy 
farqlarning aksariyatini belgilaydi.
Nizolarni hal qilishning muqobil usullari tarixdan shakllanib kelgan jarayon 
boʻlib, AQSHda birinchi marta “Nizolarni muqobil hal qilish” atamasi murakkab va 
mashaqqatli rasmiy adolatdan farqli oʻlaroq yuzaga kelgan nizolarni hal qilishning 
moslashuvchan va norasmiy protseduralariga ishora qilish uchun qoʻllanila boshlandi. 
Amerika advokatlar assotsiatsiyasi oʻz veb-saytida ushbu kontseptsiyaning quyidagi 
taʻrifini beradi: “Nizolarni hal qilish - bu nizo, nizo yoki daʻvoni hal qilish uchun 
ishlatilishi mumkin boʻlgan jarayonlar sonini bildiruvchi atama”
7
Amerikalik 
huquqshunos professor Frank E.A. Sander yozishicha “1960-yillarning oxiridan 
boshlab, Amerika jamiyati bunday hodisaga guvoh boʻldi. Nizolarni hal qilishning 
muqobil shakllariga qiziqish ortib bordi. Nizolarni muqobil hal qilish fuqarolik 
huquqlari amalga oshishiga yordam berdi. 1964-yilgi “Fuqarolik huquqlari 
toʻgʻrisida”gi qonunda Kongress sudlarga hal qilib boʻlmaydigan irqiy va jamoaviy 
4
Sm. V Vserossiyskiy syezd sudey 27-28-noyabrya 2000g. Doklad Predsedatelya Vыsshego Arbitrajnogo Suda 
Rossiyskoy Federatsii V.F. Yakovleva // Vestnik Vыsshego Arbitrajnogo Suda Rossiyskoy Federatsii. 2001. № 1. S. 14. 
5
Xaqberdiev Abdumurad Abdusaidovich “Mediatsiya nazariya va amaliyot” oʻquv qoʻllanma. Toshkent-2022 
 
6
The narrow focus of this paper should not be taken to mean that the movement among judges to explore alternatives to 
traditional procedures is not central to ADR. In fact, the ADR movement perhaps had its modern beginnings at the 
Pound Conference, at which Professor Frank E.A. Sander introduced the concept of the "multi-door courthouse"-that 
courts could use different processes to resolve disputes in different "rooms." Sander, Varieties of Dispute Processing, 70 
F.R.D. 111, 126-34 (1976). This paper suggests, however, that the perspective of private parties voluntarily choosing 
among available procedures should form the baseline of any evaluation of the judicial adaptation of ADR techniques. 
7
Dispute 
Resolution 
Processes 
// 
American 
Bar 
Association. 
[Elektronnыy 
resurs]. 
URL: 
http://www.americanbar.org/groups/dispute_resolution/resources/DisputeResolutionProcesses 
(data 
obraщeniya: 
21.01.2021). 



Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin