Usullari, uning ahamiyati, shakllanish jarayoni muhokama qilinadi. Uning ijobiy va salbiy jihatlari yoritiladi. Xorijiy davlatlar tajribasi oʻrganilib tahlil qilinadi



Yüklə 110 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix25.12.2023
ölçüsü110 Kb.
#195556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
nizolarni-hal-qilishning-muqobil-usullari-mohiyati-shakllanishi-va-rivojlanishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
169 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
uchun ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan. Shular orasidan erta neytral baholash, 
med-arb usullariga toʻxtalib oʻtsak, Erta neytral baholash (ENE) bu bahslashayotgan 
tomonlar oʻz ishini maxfiy “Baholash sessiyasi” orqali neytral baholovchiga taqdim 
etishidir. Neytral baholovchi har bir tomonning pozitsiyasini hisobga oladi va ishni 
baholaydi. Sudlar va davlat organlarida nizolarni sud jarayonisiz hal qilishda urinish 
uchun foydalaniladi. Med-arb ham mediatsiya, ham arbitraj xususiyatlariga ega. 
Tomonlar oʻzaro kelishmovchiliklarni birinchi navbatda mediatsiya yoʻli bilan hal 
qilishga harakat qiladilar. Agar bu muammoni hal qilmasa, jarayon majburiy 
arbitrajga oʻtadi. Med-arbda jarayon hakamlik muhokamasidan boshlanadi, shundan 
soʻng majburiy boʻlmagan hakamlik qarori chiqariladi. Keyin tomonlar oʻzaro 
kelishmovchilikni hal qilish uchun vositachi bilan ishlaydi. Amerikalik huquqshunos 
olim Goldbergning fikriga koʻra: “Nizolarni hal qilishning muqobil usullari - 
tomonlarning vaqtini va xarajatlarini qisqartirish, sud ishlari va xarajatlari 
kamaytirish, aholining adliya tizimidan qoniqish darajasini oshirish, tomonlar 
oʻrtasidagi munosabatlarni saqlash, nizolarni hal qilish uchun zoʻravonliksik yoki sud 
jarayonisiz amalga oshishiga yordam beradi”
11
Rossiyaning nizolarni muqobil hal qilish boʻyicha tajribasini oʻrganadigan 
boʻlsak, Rossiyada nizolarni hal qilishda muqobil usullarini ishlab chiqish va 
qoʻllashga koʻproq eʻtibor qaratilmoqda. Buning bir nechta omillari mavjud. 
Birinchidan, sudlarda ish jarayoni koʻpligi, sud muhokamasining davomiyligi, ayrim 
toifadagi ishlarni koʻrishda samaradorligi pastligi. Ikkinchidan, tomonlar oʻrtasida
munosabatlarini saqlab qolishda maxfiylik prinsipi amal qilgan holda nizoni tinch 
yoʻl bilan hal qilishdir. Konfliktolog Voskresenskaya Vasilisa Aleksandrovna 
aytishicha “Insoniyat jamiyati nizolarsiz mavjud boʻlolmaydi. Asrlar davomida davlat 
sud tizimi nizolarni hal qilishda eng samarali institutlardan biri boʻlib kelgan. 
Nizolarni hal qilish sud jarayoni jiddiy vaqt va moliyaviy xarajatlarni talab qiladi, sud 
tizimiga katta yuk, shuning uchun bizning zamonamizda nizolarni hal qilishning 
muqobil usullariga qiziqish ortib bormoqda”
12
. Rossiyada nizolarni muqobil hal 
qilish usuliga mediatsiya, hakamlik sudi, muzokara, ombdusman kiradi. Bu 
usullarnning ahamiyatli jihatlari ortiqcha toʻlovlarni oldini oladi. Taraflar oʻrtasidagi 
munosabatni saqlaydi. Nizo sudgacha yoki sud jarayonida hal boʻladi. Normativ 
huquqiy hujjatlardagi kamchiliklar aniqlanib bartaraf etish uchun takliflar kiritiladi. 
11
GOLDBERG, ET AL., supra note 3, at 3 
12
Verxovskaya Varvara Aleksandrovna 
— kandidat politicheskix nauk, assistent, SanktPeterburgskiy gosudarstvennыy 
universitet, Rossiyskaya Federatsiya, 199034, Sankt-Peterburg, Universitetskaya nab., 7/9; 
varya17@mail.ru
  
Voskresenskaya Vasilisa Aleksandrovna 
— konfliktolog, magistrant, Sankt-Peterburgskiy gosudarstvennыy universitet, 
Rossiyskaya Federatsiya, 199034, Sankt-Peterburg, Universitetskaya nab., 7/9; vasilisa707@mail.ru 



Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin