Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 164
w www.oriens.uz April 2022 koʻrsatib oʻtilgan. “Nizolarni muqobil hal qilish” turli xil soʻzlardan iborat boʻlib,
bu soʻzlarni aniq tushunish yoki aniqlash uchun har bir soʻzni alohida tushunish juda
muhim. Dastlab muqobil tushunchasiga toʻxtaladigan boʻlsak, adabiyotlarda unga
quyidagicha taʻrif berilgan “Muqobil- ikki yoki undan ortiq imkoniyatlardan birini
tanlash yoki ega boʻlish mumkin boʻlgan tanlovdir”
1
. Yaʻni, bu rasmiy sud
jarayonidan tashqari nizolarni hal qilish mexanizmlarining mavjudligidir.
Nizolarni muqobil hal qilishdagi yana bir bir muhim soʻz - bu nizo. Psixolog,
yurist, diplomat va davlat xizmatchilari oʻz ishlarida nizolar bilan shugʻullanishadi.
Ziddiyat nizoni keltirib chiqaradi va davom ettiradi. Ingliz huquqshunos olimlari
Folberg va Teylorlar ham nizo uchun bir xil taʻrifni berishgan. Ularning fikriga koʻra,
nizo - bu eʻlon qilinadigan yoki namoyon boʻladigan shaxslar oʻrtasidagi holat. Agar
kimgadir nomuvofiqlik yoki unga nisbatan bahsli daʻvo koʻrinishida eʻtirof etilmasa,
tortishuv nizoga aylanmasligi mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Nizolarni hal qilishning muqobil usullari boshqa elementi bu “Hal qilish”
tushunchasidir. Mazkur tushunchaga yuridik adabiyotlarda quyidagicha taʻrif
berilgan,-“Hal qilish-tomonlar oʻrtasida muammolarga, nizolarga yechim topish yoki
yechim topishga harakat qilish”
2
. “Hal qilish” bu murakkab jarayon boʻlib, tomonlar
oʻrtasida kelishuvga erishish uchun eng yaxshi usulni topish orqali yuzaga keladi.
Umummiy qilib aytganda nizolarni muqobil hal qilish mexanizmi sudgacha yoki sud
jarayonida hal boʻladigan turli xil nizolarni bartaraf etish jarayonidir. Ingliz olimlari
Kerli, Hames va Sukis oʻzlarining “Fuqarolik sudlari” nomli kitoblarida bu nizolarni
muqobil hal qilishni sud qaroridan tashqari huquqiy muammolarni hal qilish usullari
sifatida qisqacha taʻriflaydi. AQSH olimlari “Nizolarni muqobil hal qilish-
barchaning manfaati uchun huquqiy nizolarni sud jarayonlaridan tashqari hal qilishga
ruxsat berish, anʻanaviy sud jarayoning narxini pasaytirish yoki sudga olib kelishi
mumkin boʻlgan huquqiy nizolarning oldini olish”
3
-deb yozadi. Rossiya
Federatsiyasi Oliy arbitraj sudi raisi V.F. Yakovlev oʻz nutqida “Nizolarni hal
etishning muqobil usullarini joriy etish, sudning oʻzida yarashuv tartib-qoidalarini
kengroq qoʻllash, kichik va nisbatan sodda ishlarni koʻrish tartibini soddalashtirish
1
6th edition of Oxford Advanced Learners Dictionary
2
Oxford Advanced Learners Dictionary
3
This definition is distinctly different from that implied by one of the leading critics of ADR, Professor Owen M. Fiss-
namely, that ADR is the creation of incentives or pressures that force litigants to settle. See Fiss, Out of Eden, 94 YALE
L.J. 1669, 1670 (1985). For a response to Fissʻs critique of ADR, see infra text accompanying notes 39-47