Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 166
w www.oriens.uz April 2022 nizolarni hal qilishda yordam berish uchun Adliya departamentining Jamoatchilik
bilan aloqalar xizmatini tuzdi. Ford jamgʻarmasi nizolarni hal qilish mexanizmlarini
oʻrganish uchun Nizolarni hal qilish milliy markazi va Mediatsiya va nizolarni hal
qilish institutini tashkil etdi”
8
. 1976-yilgi Fond konferensiyasida “Yetakchi
huquqshunos, advokat, adliya tizimidagi partiyalar sud xarajatlari koʻpayishi va
kechikishidan norozilik bildirdi. Konferensiya natijalari boʻyicha ishchi guruhni
professor Frank Sanderning nizolarni hal qilish markazini oʻz ichiga olgan sud
haqidagi fikrlari qoʻllab quvvatlandi”
9
. 1998-yilda Kongress “Nizolarni muqobil hal
qilish toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qildi.
Rossiyada ham nizolarni suddan tashqari hal etish usullariga qiziqish ortib
bormoqda. Rossiyada nizolarni muqobil hal qilish alohida kontseptsiya sifatida 1990-
yillarning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Rossiyalik huquqshunos Elena A. Vinogradova
fikricha “Nizolarni suddan tashqari hal etish tartib-taomillariga qiziqish, birinchi
navbatda, norasmiy yurisdiksiya, muqobil shakllarni rivojlantirishga qaratilgan
qonunchilik tendentsiyalari va ish yuritishni takomillashtirish yaxshi rivojlangan va
muvaffaqiyatli qoʻllanilayotgan boshqa mamlakatlar tajribasini oʻrganishda namoyon
boʻladi” Rossiya qonunchiligiga hozirgacha maʻlum boʻlmagan “Nizolarni muqobil
hal qilish”atamasini oldi. Ushbu atamaning rus huquqshunosligi tomonidan
qoʻllanilishi xorijiy terminologiyaga koʻr-koʻrona taqlid qilishni koʻrsatmaydi.
Aksincha, u zamonaviy dunyoda turli huquqiy tizimlarning oʻzaro bogʻliqligini
koʻrsatadi. Nizolarni muqobil hal qilish tushunchasi hozirda Rossiya huquqiy
nazariyasi va amaliyotida keng qoʻllaniladi va nizolarni hal qilishning “Suddan
tashqari shakllari” ning oldingi amaliyotiga oʻxshaydi. Rossiya jamiyatining muqobil
sohani yaratishga uzoq vaqtdan beri boʻlgan ehtiyoj bunday amaliyotlar paydo
boʻlishida namoyon boʻladi. Nizolarni muqobil hal qilish “Sud-huquq islohoti”
komponenti
doirasida
alohida
soha
sifatida
1996-2004-yillarda
Rossiya
Federatsiyasida amalga oshirilgan “Huquqiy islohot” loyihasiga kiritildi. Rossiya
Federatsiyasining 2010-yil 27-iyuldagi 193-sonli “Vositachi (mediatsiya tartibi)
ishtirokida nizolarni hal qilishning muqobil tartibi toʻgʻrisida” qonun qabul qildi.
2011-yil 1-yanvarda kuchga kirgan “Vositachilar ishtirokidagi nizolarni hal
qilishning muqobil tartibi (mediatsiya tartibi) toʻgʻrisida” Federal qonunining qabul
qilinishi Rossiya Federatsiyasida nizolarni hal qilishning muqobil usullarini
rivojlantirish uchun huquqiy shart-sharoitlarni yaratdi.
8
See Frank E.A. Sander. Alternative Methods of Dispute Resolution: An Overview. 37 FLA. L. REv. I (1985).
9
The Conference was named after Professor and Dean Roscoe Pound. honored on the seventieth anniversary of his
famous presentation before the members of the American Bar Association in 1906.