27
4. G’arbiy Sahroi Kabir – 96 %
4. Oman – 13%
5. Venesuela – 93 %
5. Uganda – 15%
Urbanizasiya darajasi 90 yillari rivojlangan davlatlarda 72 % ni,
rivojlanayotgan
mamlakatlarda 33 % ni tashkil etadi. Urbanizasiya darajasi avvalo mamlakatning
taraqqiyot darajasiga bog’liq.Ayni paytda shaharlarda ekologik holatni yomonlashuvi
suburbanizasiyaga sabab bo’lmoqda.
Urbanizasiya darajasiga qaramay dunyo aholisining yarmidan ortig’i qishloqlarda
yashamoqda. Hozirda dunyoda qishloqlarning umumiy soni 20 mln.ga
etdi.Qishloqlarda aholi g’uj va tarqoq joylashadi.Qishloqlarda aholining g’uj bo’lib
yashashi Rossiya, Horijiy Evropa, Xitoy, Yaponiya uchun xos. Tarqoq joylashishi esa
fermer xo’jaliklar rivojlangan mamlakatlarda AQSH, Kanada, Avstraliya uchun xos.
Dunyoda jami 4000 ga yaqin etnik birliklar mavjud bo’lib, ular soniga va tiliga
ko’ra klassifikasiyalanadi. Eng katta xalq-xitoylar 1,1 mlrd. kishi bo’lsa, eng kichigi
vedd yoki botoku qabilalari 1000 kishini tashkil etadi.
Etnik chegaralar bilan siyosiy chegaralar mos tushganda
bir millatli davlatlar
tashkil topadi. Masalan: Bolgariya, Vengriya, Pol
ь
sha,
Yaponiya, orol davlatlar va
h.k. Ikki millatli mamlakatlarga Kanada, Belgiya. Ko’p millatli davlatlarga federativ
davlatlar kiradi. Bunday mamlakatlarda milliy nizo va munosabatlar murakkab
bo’ladi. Masalan: Rossiya, sobiq YUFSR, JAR, Hindiston, Indoneziya va h.k.
Dunyo aholisi diniy tarkibiga ko’ra 3 ta jahon diniga va bir necha milliy dinlarga
bo’linadi:
1. Xristian dini 3 mazhabga: katolik, protestant va pravoslavga bo’linadi. 1 mlrd.
kishi e’tiqod qiladi. Markazi-Vatikan.
2. Islom dini. 1mlrd. ga yaqin kishi e’tiqod qiladi.
Asosan Osiyo, SHimoliy va
Sharqiy Afrika davlatlarida tarqalgan. Markazi-Makka.
3. Budda dini Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda. 250 mln kishi e’tiqod qiladi.
Milliy dinlarga: Hindistonda induizm, Xitoyda
konfutsianlik va daosizm,
Yaponiyada sintoizm, Mongoliyada lamachilik (shuning uchun aholi o’smayapti, har
2 bolaning biri monax, barcha erkak aholining 40% i monax). Agar lamachilik
bo’lmaganda Mongoliya aholisi 10 mln kishiga etar edi.
Din aholini ko’payishiga ham ta’sir etadi. Masalan:
Ispaniya va Lotin Amerikasi
mamlakatlarida erkaklarga 14 yoshdan, ayollarga 12 yoshdan nikoh qurish diniy
ruxsat etilgan. Ular katoliklar mazhabiga kiradi.
Jahon dinlarining muqaddas joylari:
Xristian dinining katolik mazxabi uchun – Vatikan, Xristian,
musulmon va
iudaistlarning muqaddas sajdagohi – Yerusalim, musulmonlarning muqaddas
sajdagohi –
makka va Madina, Buddistlarning muqaddas sajdagohi – Lumbin
(Nepal), Induistlarning muqaddas markazi – Baranas (Varanasi) va Ganga,
Daosistlarning muqaddas sajdagohi – Pekin kabi joylar hisoblanadi. Lamachilarning
diniy markazi – Lxasa (Xitoy).
Dostları ilə paylaş: