22
Quvaytda 152 ta erkak to’g’ri keladi. Butanda 100 erkakka 128 ta ayol, Ukrainada
116 ayol, Rossiyada 113 ayol to’g’ri keladi (2005 y).
Dunyo aholisining irqiy tarkibi % hisobida quyidagicha: jahon aholisining 42
% i yevropoid irqiga, 20 % i mongoloid irqiga, 7 % i negroid irqiga, 1 % i
avstroloid irqiga, 30 % i aralash va o’tkinchi tiplarga mansub.
Aholining ko’payishiga
urushlar, qahatchilik, kasalliklar ta’sir etadi. Hozirda
dunyo aholisining tabiiy o’sishi yiliga 90 mln. kishi, ya’ni tabiiy ko’payish 2%ni
tashkil etsa, O’zbekiston aholisi 2,9%ga o’smoqda.
Jahonda aholisining tabiiy o’sish koeffisienti eng past bo’lgan mamlakatlar:
Estoniya (-0,2), Latviya (-0,5), Litva (-0,4), Belorussiya (-0,5), Ukraina (-0,6),
Bolgariya (-0,5), Vengriya (-0,5) (2007 y.).
Dunyo bo’yicha aholining yillik tabiiy o’sishi 1,2 % ni tashkil etgani holda bu
ko’rsatkich turlicha. Masalan: Nigerda 3,4 %, Moyottada 3,6% , YAmanda 3,2 %
, SHarqiy Timorda 3,3 %, Marshal orollarida 3,3 % ni tashkil etadi (2007 y).
Hozirda dunyo aholisining tabiiy o’sishini 2 turga bo’lib o’rganiladi.
Aholi ko’payishining 1-tipi: “Demografik tanglik”. Bu tur uchun tug’ilish,
o’lim va tabiiy ko’payish ko’rsatkichlarining nisbatan past ekanligi xosdir. Bunga
Shimoliy Amerika va Evropa davlatlari misol bo’ladi. Masalan: GFR, Daniya,
Italiya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya, Latviya. Bu mamlakatlarda tug’ilishning
kamayishiga shahar aholisining tez ortishi (shaharlarda tug’ilish qishloqlardan
kam bo’ladi), ayollarning ishlab chiqarishga ko’p
jalb etilishi, erkaklar
salmog’ining nisbatan kamligi (15 mln.kishiga Horijiy Yevropada), katta
yoshdagilar salmog’ining ortib, kichik yoshdagilar salmog’ining kamayishi sabab
bo’ladi. Aholining tabiiy ko’payishi har 1000 kishiga 4 ta va undan kam. Masalan:
Germaniyada oilaning o’rtacha me’yori 2,7 kishi. Har 4 oilaning 1tasi farzandsiz.
Rossiyada ham tabiiy ko’payish ancha past bo’lib, ko’p bolali oilalarning
kamayishi kam bolali oilalarning ko’payishi kuzatilinmoqda. Oilaning o’rtacha
me’yori 3,2 kishini tashkil etadi. Bu mamlakatlarda tug’ilishning va tabiiy
ko’payishning o’sishiga qaratilgan demografik siyosat olib borilmoqda.
Aholi ko’payishining 2-tipi: “Demografik faollik yoki portlash”. Bu turi uchun
tug’ilish va tabiiy ko’payishning yuqori, juda yuqori va o’limning kamligi xosdir.
Aholi ko’payishining bu turi rivojlanayotgan davlatlar uchun xos bo’lib, asosiy
sabablari: mustaqillikdan keyingi
hozirgi zamon tibbiyoti, sanitariya-gigiena
yutuqlaridan keng foydalanish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, ekonomika
taraqqiyot darajasining pastligi, qishloq xo’jaligining usturligi (bolalar ishi
hisoblanadi), savodsizlik, sanitariya madaniyatining etarli emasligi, ayollarning
oilada
va jamiyatda erksizligi, nikohga erta kirishi, ko’p bolalikni
rag’batlantiruvchi diniy, iqtisodiy (mat-geroy 10 ta bolali), milliy, mahalliy
odatlar.
Tug’ilish va tabiiy ko’payish yuqori bo’lgan mamlakatlar asosan Osiyo, Afrika
davlatlardir. Bularda oilaning o’rtacha miqdori 6 kishi. Aholining tabiiy
ko’payishi 1000:30 kishi. 90 yillari tug’ilish (1000:54) va tabiiy ko’payish
(1000:41) eng yuqori bo’lgan davlat Keniya bo’lgan. Aholi ko’payishining sur’ati
shunday saqlansa 17 yilda mamlakat aholisi 2 barobar ko’payadi. Buyuk Britaniya
aholisining 2 hissa ko’payishi uchun 630 yil kerak bo’ladi.
23
Demografik portlash XX asrning 60 yillari paydo bo’lgan. Demografik
portlash asosan Horijiy Osiyo mamlakatlarida kuzatilinmoqda. Ma’lumki, aholisi
soni 100 mln dan ortiq bo’lgan mamlakatlarning 7 tasi Osiyoda joylashgan. Bu
mamlakatlarda demografik siyosat aholi tabiiy ko’payishini
kamaytirishga
qaratilgan (hatto konstitusiyaga kiritilgan).
Demografik siyosat – Ma’muriy (er bermaslik, ishga olmaslik, uy joy bilan
yaxshi ta’minlamaslik yoki aksi), iqtisodiy (oylikni to’la bermaslik, sosial
ta’minotni yaxshilamaslik, bezdetniy, geroy ona va h.k. yoki aksi) targ’ibot va
boshqa tadbirlar aholining tabiiy ko’payishiga o’zi hohlagan yo’nalishda ta’sir
ko’rsatishdir.
Dunyo aholisining tabiiy o’sishi regionlar bo’yicha:
Shimoliy Amerikada 1000/5 kishi.
Lotin Amerikasida 1000/ 19 kishi.
Horijiy Yevropada 1000/ 2 kishi.
Horijiy Osiyoda 1000/ 18 kishi.
MDH da 1000/7 kishi.
Afrikada 1000/ 30 kishi.
Avstraliya va Okeaniyada 1000/ 12 kishi.
Dostları ilə paylaş: