17
yil 4,5 - 5mlrd m
3
tashkil etdi.Bu esa yillik paydo bo’ladigan yog’och zaxirasi
to’liq foydalaniladi degan so’z.
Dunyodagi o’rmonlar juda katta masofaga cho’zilgan. 2mintaqani hosil
qiladi.Ular shimoliy va janubiy mintaqalardir.
Shimoliy o’rmon mintaqasi mo’’tadil va qisman
subtropik iqlim mintaqasida
joylashgan.Dunyodagi butun o’rmon maydonining yarmi va yog’och zaxirasining
deyarli yarmi shu mintaqaga to’g’ri keladi.
Asosiy o’rmon kesish ishlari, ayniqsa, yog’ochi yaxshi sifatli igna bargli
daraxtlarni kesish shu mintaqada olib boriladi.Daraxt
kesish jadal olib
borilayotganligiga qaramay o’rmonlarni tiklash va daraxt ekish ishlari tufayli
AQSH, Kanada, Finlyandiya, Shvesiya kabi mamlakatlarda va umuman shimoliy
o’rmon mintaqasida o’rmonlar maydoni kamayayotgani yo’q.Biroq Rossiyada
daraxtni kesish uni ekishga qaraganda ko’proq bo’lyapti.
Janubiy o’rmon mintaqasi asosan tropik va ekvatorial
iqlim mintaqalarida
joylashgan.Dunyodagi o’rmon maydonining deyarli yarmi shu mintaqada
joylashgan.Ilgari yog’ochdan faqat o’tin sifatida foydalanilgan bo’lsa, keyingi
vaqtlarda Yaponiya, AQSH va G’arbiy Evropa mamlakatlariga eksport qilish ko’p
marotaba oshdi.Janubiy mintaqa o’rmonlariga bir
necha yuz yillar davomida
o’rmonni yoqib er ochish va ekstensiv yaylov chorvachiligi katta zarar
etkazdi.Masalan: sernam doimiy yashil tropik o’rmonlar hozir ham 1mlrd.dan
ortiq maydonni egallagan, ularning yarmidan ortig’i
Lotin Amerikasida
joylashgan.Biroq hozirda Lotin Amerikasi va Osiyo shunday o’rmonlarning
40%ini, Afrika 50%ini yo’qotdi.Ayrim mutahassislarning fikriga ko’ra bu
o’rmonlar XX1-asrning o’rtalariga borib to’liq yo’q bo’ladi.
Tropik o’rmonlarni saqlash yuzasidan BMT rahbarligida katta ishlar amalga
oshirilmoqda.Lekin hozircha u kutilgan natija bergani yo’q.
Jahonda o’rmonlar ulushi materiklar va regionlar bo’yicha quyidagicha
taqsimlangan: (foiz hisobida 2008-yil)
1. Janubiy Amerikada - 52%
2. MDH da - 37 %
3. Yevropada - 31 %
4. SHimoliy Amerikada - 31 %
5. Afrikada - 26 %
6. Avstraliya va Okeaniyada - 18 %.
7. Osiyoda - 17 %
Dostları ilə paylaş: