Жаxон географияси маърузалар


XX-asrning 90-yillaridan keyin yangi shakllangan davlatlar va ularning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

XX-asrning 90-yillaridan keyin yangi shakllangan davlatlar va ularning 
poytaxtlari: 
1.Eritreya-Asmera 
2.Mikroneziya Federativ Shtatlari (MFSH) –Palikir 
3.Palau-Koror 
4.Marshall orollari-Majuro. 
5. GFR va GDR ning birlashishi (1989-yil oktyabr) – Berlin. 
6. YAXDR va YAAR ning birlashishi – Sana. 
7. Gonkong, Makao va Tayvanni XXR tarkibiga qo’shib olinishi (1997-2000 
yillar) 
8. SHarqiy Timorga (2002 –yil 20-may) mustaqillikning berilishi – Dili. 
9. CHernogoriya – Podgorisa (2005 yil) 
10. Kosva – Prishtina (2008 yil) 
XX-asrning 90-yillaridan keyin poytaxti o’zgargan davlatlar: 
 
1. Tanzaniya – Dar-es – Salam – Dodoma. 
2. Nigeriya – Lagos – Abuja 
3. Qozog’iston – Almati – Ostona 
4. Hindiston – Dehli – Nyu - Dehli
5. Kolumbiya – Bogota – Santa – fe – de – Bogota
6. Kribati – Tarava – Bairiki
7. Qirg’iziston – Furunze – Bishkek 
Mavzu: Hozirgi zamon mamlakatlarining xilma-xilligi. 
 
 
Jahonning hozirgi siyosiy kartasini shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo’lib, 
kishilik jamiyatining rivojlanishini butun yo’lini aks ettiradi. U davlatlarning paydo 
bo’lishi va parchalanib ketishini, ular chegaralarini o’zgarishini, yangi erlarni kashf 
qilinishi va mustamlaka etilishini, merapoliya va mustamlakalarning paydo 
bo’lishini, dunyoni bo’lib olish va qayta taqsimlanishini aks ettirib kelgan. 
Dunyoning hozirgi siyosiy kartasida 230 dan ortiq mamlakat va hududlar bor. 
Ularning asosiy ko’pchiligi mustaqil davlatlardir. Lekin hozirgi zamonda ham 
mustamlaka davlat va hududlar mavjuddir. Masalan: Falastin, Gviana (Fr), Sharq 
Samoa (AQSH), Bermud orollari (Brit), Kyurasao (Nidr), Puerto-Riko (AQSH), 
Tuamotu, Obshestva, Markiz (Fr) va h.k. 
Jahonda mamlakatlar sonining bunchalik ko’pligi ularni guruhlashtirishni 
taqozo etadi. Bunda birinchi navbatda miqdoriy ko’rsatkichlar mezon qilib olinadi. 
Mamlakatlar hududining kattaligi va aholisining soniga qarab guruhlashtirish eng 
ko’p tarqalgandir. 



Hududining kattaligiga ko’ra dunyoda har birining maydoni 3 mln km kv.dan 
ortiq bo’lgan 7ta eng katta mamlakat ajratilgan bo’lib, ularning yalpi maydoni er 
yuzidagi quruqlikning ½ qismiga yaqinini egallagan. U mamlakatlar quyidagilar: 
1.
Rossiya (17mln.km.kv.); 
2.
Kanada (10mln.km.kv.); 
3.
Xitoy (9,6mln.km.kv.); 
4.
AQSH (9,4mln.km.kv.); 
5.
Braziliya (8,5mln.km.kv.); 
6.
Avstraliya (7,7mln.km.kv.); 
7.
Hindiston (3,3mln.km.kv.); 
8.
Argentina (2,8mln.km.kv.); 
9.
Qozog’iston (2,7mln.km.kv.); 
10.
Sudan (2,5mln.km.kv.); 
Aholi soni mln.dan oshiq bo’lgan 166 mamlakat va xududlar mavjud. SHundan 
aholi soniga ko’ra 2 tasi milliarder davlat (Xitoy va Hindiston), 9 tasi aholi soni 100 
mln.dan ortiq bo’lgan davlatlar, 13 tasi aholi soni 50 mln.dan 100 mln.gacha bo’lgan 
davlatlar, 142 tasi aholi soni 1 mln.dan 50 mln.gacha bo’lgan davlat va xududlar 
mavjud. Aholi soni 1 mln.dan kam bo’lgan davlat va xududlar 53 tani tashkil etadi 
(2007 yil). Aholi soniga ko’ra har biridagi aholi 100 mln.kishidan ortiq bo’lgan 11 
ta eng katta mamlakatlar ajratilgan bo’lib, bu mamlakatlardagi aholining umumiy 
soni Yer yuzi aholisining 3/5 qismiga to’g’ri keladi. Ular quyidagilar:
1.
Xitoy-1.318 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 24% 
2.
Hindiston-1.132 mln kishi (2007y) shahar aholisi 26% 
3.
AQSH -302 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 75 % 
4.
Indoneziya -232 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 42 % 
5.
Braziliya -189 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 80 % 
6.
Pokiston -169 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 28 % 
7.
Bangladesh -149 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 23 % 
8.
Nigeriya -144 mln kishi (2007 y) shahar olisi 44 % 
9.
Rossiya -142 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 72% 
10.
Yaponiya -128 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 76 % 
11.
Meksika – 107 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 41% 
Dunyo siyosiy xaritasidao’rtacha va kichikroq mamlakatlar ko’pchilikni tashkil 
etadi. Hududiga ko’ra juda kichik davlatlar ham borki, ular “mitti davlatlar” deb 
ataladi. Mitti davlatlarga quyidagilarni keltirish mumkin : 
1.Vatikan 
8. Mavrikiy 
2. Monako
9. Komor orollari 
3. San-Marino 
10. Antigua va Barbuda 
4. Malta 
11. Grenada 
5. Lixtenshteyn 
12. Nauru 
6. Singapur
13. Tuvalu. 
7. Baxrayn 
Mamlakatlar 
ko’pincha 
geografik 
o’rni 
hususiyatlariga 
qarab 
ham 
guruhlashtiriladi. Bu hususiyatiga ko’ra mamlakatlar qanday tabiiy geografik 



joyda joylashishiga qarab: dengiz bo’yida, yarimorollarda, orollarda, joylashgan 
mamlakatlar va arxipelag mamlakatlarga bo’linadi. 
Dengiz bo’yida joylashgan mamlakatlarga: AQSH, Chili, Angola, Fransiya, 
Bangladesh kabilar kiradi.
YArim orolda joylashgan mamlakatlarga: Italiya, Kampuchiya, Somali, 
Norvegiya kabilar. 
Orollarda joylashgan mamlakatlarga : Yamayka, Kabo-Verde, Seyshel, 
Filippin, Kiribati kabilar. 
Arxipelag mamlakatlariga: Indoneziya, Maldiv, Solomon, Tonga kabi davlatlar 
kiradi. 
Hududi bevosita dengiz bilan tutash bo’lmagan mamlakatlar alohida guruhni 
tashkil qiladi. Jahonda 44 ta mamlakat hududi Dunyo okeanibilan tutashmagan 
bo’lib, shundan 15 tasi Yevropada, 12 tasi Osiyoda, 15 tasi Afrikada, 2 tasi 
Janubiy Amerikadadir. Ularga: Boliviya, Chad, Shvesariya, Nepal, O’rta Osiyo 
respublikalari misol bo’ladi. Bu mamlakatlarning quruqlik ichkarisida 
joylashganligi ularning iqtisodiy rivojlanishi, jahon bozoriga chiqishini 
qiyinlashtiradi. 
Dengiz yo’llari va Dunyo okeani boyliklaridan (baliq, dengiz hayvonlari, 
dengiz o’simliklari, mineral resurslar, neft, gaz va h.k.) bevosita foydalanishni 
qiyinlashtiradi. 
Jahon mamlakatlari faqat maydonining katta kichikligi va geoglogik 
o’rnigagina emas, balki sosial-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra ham bir-
biridan farq qiladi. 
Mamlakatlarni rivojlanish darajasiga ko’ra BMT tomonidan 2 toifaga bo’lish 
qabul qilingan: 
1.
Iqtisodiy jihatidan rivojlangan mamlakatlar 
2.
Iqtisodiy jihatidan rivojlanayotgan mamlakatlar. 
BMT iqtisodiy jihatidan rivojlangan mamlakatlarga Yevropa, Osiyo, Shimoliy 
Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning jami 60 ga yaqin mamlakatlarni kiritgan. 
Bularning iqtisodiy sotsial rivojlanishining ancha yuqori ekanligi va aholi jon 
boshiga to’g’ri keluvchi yalpi ichki mahsulotning ancha ko’pligi bilan ajralib 
turadi. 
Rivojlangan mamlakatlar ichida “G’arbning katta yettilik mamlakatlari” 
alohida ahamiyatga ega. “G’arbning katta yettilik mamlakatlari” ga AQSH, 
Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya , Fransiya, Italiya, Kanada kabi davlatlar 
kiradi. Mazkur toifaga 1998-yildan Rossiya ham kiritilingan. Hozirda ular “Katta 
sakkizlik” deb ataladi. Bular G’arb dunyosining yetakchi mamlakatlari bo’lib, 
katta miqyosdagi iqtisodiy va siyosiy faoliyati bilan ajralib turadi. 
“Yettilik” mamlakatlariga jahon yalpi milliy mahsuloti va sanoat ishlab 
chiqarishning
50 % dan ortig’i qishloq xo’jaligi mahsulotining 25 % dan ko’prog’i to’g’ri keladi. 
“Ettilik” mamlakatlarida aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi ichki yalpi 
mahsulot (IYAM) 10 ming dollardan 20 ming dollargacha etadi.
Rivojlangan mamlakatlarning ikkinchi kichik toifasiga kamroq rivojlangan 
mamlakatlar, birinchi galda Evropa mamlakatlari kiradi. Bu mamlakatlarining har 



birining siyosiy va iqtisodiy qudrati uncha katta bo’lmasa ham, lekin umuman 
olganda ular jahon ishlarida katta mavqega ega.Shu bilan birga tobora ortib 
borayotgan ahamiyat kasb etadi. Ularning ko’pchiligida aholi jon boshiga to’g’ri 
keluvchi YAIM “katta ettilik” mamlakatlariga tengdir.
Tarixiy yondashish “ko’chirilgan kapitalizm” mamlakatlarini alohida ajratishga 
imkon beradi. Bular Buyuk Britaniyaning aholi ko’chirib keltirilgan sobiq 
mustamlakalari (dominonlari) Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va JAR. Bu 
mamlakatlarda aslida feodalizm bo’lmagan va ular hozirda ham siyosiy va 
iqtisodiy rivojlanishiga ko’ra o’ziga xos mamlakatlardir.
Sobiq SSSR ning parchalanishi natijasida 1991 yil oxirida barpo bo’lgan 
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga (MDH) kirgan mamlakatlarni alohida toifaga 
kiritish mumkin. 
Qolgan barcha mamlakatlarni va hududlarni BMT tomonidan rivojlanayotgan 
mamlakatlar toifasiga kiritiladi. Ular butun er yuzasi quruqlik maydonining 
yarmini egallaydi. Aholisi esa dunyo aholisi sonining yarmidan ortig’ini, Xitoyni 
ham qo’shib hisoblaganda 70 % dan ko’pini tashkil etadi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar dunyo siyosiy kartasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va 
Okeaniyada katta mintaqani egallaydi. 
Bu mamlakatlarning ayrimlari masalan: Eron, Tailand, Efiopiya, Misr kabilar 
ikkinchi jahon urushidan ancha oldin mustaqillikka erishgan. Asosiy 
ko’pchiligiesa II-jahon urushidan so’ng erishdi.Urushdan so’ng 100 ga yaqin 
mamlakat mustaqillikka erishdi.Juda katta va turfa qiyofaga ega bo’lgan “3-
dunyo” mamlakatlari ichki sharoiti jihatidan quyidagi toifalarga ajratiladi: 
1. Tayanch mamlakatlariga – Hindiston, Braziliya, Meksika kiradi. Bu 
mamlakatlar juda katta tabiiy , aholi va iqtisodiy imkoniyatlarga ega. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida ko’p jihatdan etakchidir.Masalan: hamma 
rivojlanayotgan mamlakatlar qancha sanoat mahsuloti ishlab chiqarsa, bu 3 
mamlakat ham shuncha sanoat sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi. Lekin bu 
davlatlarda ham YAIM rivojlangan davlatlardan ancha kam. Masalan: 
Hindistonda IYAM qiymati jon boshiga 3800 AQSH dollarni tashkil etadi. 
Holbuki, bu ko’rsatkich dunyo bo’yicha 9940 AQSH dollorini tashkil etadi (2006 
y). 
2.Yangi sanoatlashgan mamlakatlar toifasi, dunyoda “Osiyo yo’lbarslari” nomi 
bilan mashhur bo’lgan Osiyodagi 4ta davlat: Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur 
kiradi. Bu davlatlar 70-80 yillarda rivojlanayotgan ko’p mamlakatlardan juda 
o’zib ketdi. XXI asrning boshiga kelib mazkur toifaga YApon modeli asosida 
Malayziya va Tailand qo’shildi. Hozirda Indoneziya va Fillipin davlatlari shu 
taraqqiyot yo’lidan bormoqda. “Osiyo yo’lbarslari” toifasiga Yevropa kapitali 
ostida esa Turkiya, Kipr va Isroil kiritildi. 
“Osiyo yo’lbarsi” mamlakatlarini jahon xo’jaligida tutgan o’rni tobora ortib 
bormoqda. 
3.
Tashqariga neft eksport qiluvchi mamlakatlarga (OPEK)- Saudiya Arabistoni, 
Quvayt, Katar, BAA, Liviya, Bruney kabi jami 13 mamlakat kiradi. Bu 
mamlakatlarda neft sotishdan katta daromad kelganligidan aholi jon boshiga 


10 
to’g’ri keluvchi IYAM 10-15 ming dollar va undan ortiq daromadni tashkil 
etadi. Masalan, Quvaytda IYAM 29300 AQSH dollarini tashkil etadi (2007 y). 
4.
O’z taraqqiyotida orqada qolayotgan mamlakatlar.Bu toifa mamlakatlari 
taraqqiyotda sezilarli darajada orqada qolib, ularda feodalizm qoldiqlari 
saqlanib qolayotgan ko’p tarmoqli ancha qoloq xo’jalik ko’pchilikni tashkil 
etadi. O’nlab mamlakatlar kiradi. 
5. Eng kam rivojlanayotgan 42 mamlakat kiradi. Bu mamlakatlarda 400 mln.dan 
ortiq aholi yashaydi. Bu mamlakatlar xo’jaligida iste’molga oid mahsulotlar ishlab 
chiqariladi. Ishlov beruvchi sanoat deyarli yo’q. Aholining 2/3 qismi savodsiz. 
Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YAIM qiymati 100-200 dollarni tashkil etadi. 
Masalan, Brundida 710 AQSH dollari KDR, Malavi, Tanzaniya kabi davlatlarda 
720 AQSH dollari, Gvineya Bisau, Nigar, Serra Leone, Madagaskar, Kongo 
Respublikasi kabilarda 1000 AQSH dollariga etmaydi (2006-y). Demak, dunyo 
bo’yicha o’rtacha IYAM dan (9940 AQSH dollari) ancha past. Bu toifaga 
Bangladesh, Nepal, Afg’oniston, Yaman, Mali, Niger, Chad, Somali, Gaiti kabi 
davlatlar ham kiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga BMT tomonidan Xitoy ham 
kiritiladi. Xitoy ijtimoiy tuzumiga ko’ra ham, ishlab chiqarishga ko’ra ham o’z 
xususiyatlariga ega. Lekin aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM qiymati ancha 
past. 
II-jahon urushidan so’ng butun davr asosini G’arb va Sharqning jahon
bo’ylab qarama-qarshi turishi, ular o’rtasidagi “sovuq urushni” tashkil etdi. Ko’pdan 
ko’p harbiy-siyosiy ittifoqlar shu jumladan NATO va Varshava shartnomasi vujudga 
keldi. Yer yuzida yuzlab harbiy bazalar turli joylarda vujudga keldi va mahalliy 
urushlar bo’lib turdi. Masalan: Urushdan keyingi davrda Fors ko’rfazini o’z ichiga 
olgan Yaqin Sharq “olovli nuqta”ga aylandi. Bu regionda faqat Isroil va arab 
mamlakatlari emas, balki ko’plab davlatlarning manfaatlari to’qnashdi. 
80-yillardan, ayniqsa, 90-yillardan boshlab qarama-qarshilik va keskinlikdan bir-
birini tushunish va hamkorlikka o’tish boshlandi. Yaxshi qo’shnichilik qaror topa 
boshladi. Bu jarayon SSSR bilan AQSH, Yevropa davlatlari, Osiyo-Tinch okeani 
regioni munosabatlarida aks etdi. 1990 yillardan keyingi o’zgarishlar, ayniqsa, dunyo 
siyosiy kartasidagi o’zgarishlar fikrimizning dalilidir. Masalan: Germaniyaning 
birlashishi, 
haqiqiy 
qurolsizlanishning 
boshlanishi, 
Varshava 
shartnomasi 
tashkilotining tarqatib yuborilishi, NATOning asosan siyosiy ittifoqqa aylantirilishi. 
Ko’pgina mahalliy janjallarni siyosiy vositalar yo’li bilan xal qilishga erishildi. 
Masalan: Markaziy Amerikadagi Nikaragua, Sal
ь
vador, Afrikadagi Namibiya, 
Angola, Janubi-Sharqiy Osiyodagi Kambodja kabi mamlakatlardagi janjallar va 
kelishmovchiliklar muzokaralar yo’li bilan xal qilindi. Bularning natijasida xalqaro 
keskinlik kamaya boshladi, dunyo tinchroq va xavfsizroq bo’lib qoldi.Jahondagi 
keskinlikni kamaytirishda BMTning xizmati juda katta. BMT 1945 yil 24 oktyabrda 
tashkil topgan bo’lib, qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan. 
1993 yilning boshida BMTga 188 mamlakat a’zo bo’lgan bo’lib, shular qatori 
O’zbekiston Respublikasi ham 1992 yil 3 mart kuni BMTning qonuniy a’zosiga 
aylandi. Lekin, XX-asrning oxiri XXI-asrning boshlarida NATO ning “SHarqqa” 
tomon kengayishi, CHexiya va Polshada AQSH tomonidan Raketa xujumidan 


11 
mudofaa (PRO) tizimining o’rnatilishi jahondagi gegemon davlatlar orasida siyosiy 
vaziyatni yanada keskinlashishiga olib keldi. 
Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi avvalo idora qilishi, ya’ni boshqarish 
shakliga bog’liq. Davlatni idora qilishning 2 asosiy shakli mavjud. Bu respublika va 
monarxiya hamda hamkorlik. Dunyo mamlakatlarining 74%i respublika, 15%i 
monarxiya, 9%i Britaniya va MDH hamkorligi, 2%i boshqa shakllarda boshqariladi. 
Boshqarishning respublika shakli ancha keng tarqalgan bo’lib, dunyo 
mamlakatlarining ¾ qismi (74% i) respublikalardir. Respublika davlatni idora 
qilishning shunday bir shaklidan iboratki, bunda qonun chiqaruvchi hokimiyat 
saylanib qo’yiladigan yuqori organ parlament ixtiyoridadir. Ijro etuvchi organ 
hukumat ixtiyorida bo’ladi. Masalan: O’zbekistonda Oliy Majlis ikki palatali bo’lib, 
yuqori palata Senatdan, quyi palata esa Qonunchilik palatasidan iborat. Dunyodagi 
birinchi respublika davlati – bu Italiyadir.
Ozodlikka erishgan mamlakatlarning asosiy ko’pchiligi siyosiy mustaqillikka 
erishgach, respublika boshqaruv shaklini qabul qilgan. Misr, Habashiston va Eron 
kabi sobiq monarxiyalar ham respublika deb e’lon qilingan. 2008-yil iyun oyidan 
Nepal davlati ham Respublika shaklida boshqarilishga o’tdi.
Davlatni boshqarishning monarxiya shakli ancha kam tarqalgan. Hozirda jahon 
mamlakatlari ichida hammasi bo’lib,43 ta monarxiya shaklida yoki Britaniya 
hamdo’stligi shaklida boshqariluvchi mamlakatlar bor. Monarxiyalarda imperator, 
qirol, knyaz, shoh, sulton va boshqalar davlat boshlig’i hisoblanadi. Shunisi ham 
borki, bunda oliy hokimiyat nasldan-naslga o’tadi. Bunday davlatlar orasida 
konstitusion monarxiyalar ko’pchilikni tashkil etadi. Konstitusion monarxiyalarda 
haqiqiy qonun chiqaruvchi hokimiyat-parlament, ijro etuvchi hokimyat esa-hukumat 
ixtiyoridadir. 
Monarx esa hokimlik qilsa-da, idora qilmaydi. Bunday mamlakatlarda monarxiya 
tuzumi o’ziga xos tarixiy, ba’zan ming yillik an’ana sifatida saqlanadi va “toj-
taxt”ning bir vaqtlardagi qudratidan darak berib turadi, xolos. 
Masalan: Buyuk Britaniya dunyodagi eng keksa konstitusion monarxiya 
davlatidir. Qirol davlat va sud sistemasining boshlig’i, harbiy kuchlar bosh 
qo’mondoni, ingliz davlat cherkovining dunyoviy boshlig’i, shuningdek Buyuk 
Britaniya tomonidan boshqariluvchi Hamdo’stlikning ramzi hisoblanadi; bu 
hamdo’stlikka 50 ga yaqin mamlakat kiradi. Qirol parlament qabul qilgan qonunlarni 
tasdiqlab imzo qo’yadi. 
Mutloq monarxiyada, aksincha, monarx hokimiyati deyarli cheklanmagan. Biroq 
hozirgi zamon jahon siyosiy xaritasida bunday mamlakatlar kam qolgan. Saudiya 
Arabistoni – mutloq monarxiyadir. Bu erda qirol qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyat vazifasini o’taydi. Ayni vaqtda u bosh vazir, bosh qo’mondon , oliy 
hakam, shuningdek diniy boshqaruvchi vazifalarni bajaradi. Hukumat asosan qirol 
sulolasidan tarkib topadi. Masalan: Saudiya Arabistonining 1-qiroli Abdul Aziz ibn 
Saudning 5000 ga yaqin sulolasi hozirda mamlakatni boshqarmoqda. 


12 
Yevropadagi monarxiya davlatlari 
1.Andorra (knyazlik) 7.Lixtenshteyn (knyazlik) 
2.Belgiya (qirollik) 8.Lyuksemburg (gersoglik) 
3.Vatikan (papa davlati.) 9.Monako (knyazlik)
4.Buyuk Britaniya (qirollik) 10.Niderlandiya (qirollik) 
5.Daniya (qirollik) 11.Norvegiya (qirollik) 
6.Ispaniya (qirollik) 12.Shvesiya (qirollik). 
Osiyodagi monarxiya davlatlari 
1.Baxreyn 8.Malayziya
2.Bruney 9. Oman 
3.Butan (qirollik) 10. Tailand 
4.Iordaniya (qirollik) 11. Yaponiya 
5.Kambodja (qirollik) 12. BAA 
6.Katar 13. Saudiya Arabistoni 
7.Quvayt
Shimoliy Amerikadagi monarxiya davlatlar 
1.Antigua va Barbuda 6.Kanada 
2.Bagam 7.Sent-Vinsent va Grenada 
3.Barbados 8.Sent-Kits va Nevis
4.Beliz 9.Sent-Lyusiya 
5.Grenada 10.Yamayka. 
Afrikadagi monarxiya davlatlar
1.Lesoto (qirollik) 
2.Marokko(qirollik) 
3.Svazilend (qirollik). 
Avstraliya va Okeaniyadagi monarxiya davlatlar 
1.Avstraliya 5.Salomon orllari 
2.Samoa 6.Tonga 
3.Yangi Gvineya 7.Tuvalu.
4.Yangi Zelandiya 
Jami 43 ta monarxiya davlati bor (2008y). 


13 
Hozirda jahon mamlakatlari federativ (10%) va unitar (90 %) davlatlarga 
bo’linadi. Jahonning 23 ga yaqin davlati federativ shaklga ega bo’lib, ulardan 
ayrimlarida (Rossiya, Bel
ь
giya, Hindiston, Nigeriya) federativ tuzilish milliy-etnik 
tamoil bilan, boshqalari esa GFR, Avstriya, AQSH tarixiy- geografik hususiyatlari 
bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda ko’p mamlakatlarda ma’muriy-xududiy tuzilish 
masalasi muhim siyosiy muammo bo’lib qolgan. Masalan: Checheniston.
Federativ davlatlar 
Amerikada Yevropada Osiyoda
1.Kanada 1.Avstriya 1.Myanma
2.AQSH 2.Germaniya 2.Pokiston
3.MQSH(Meksika) 3.Belgiya 3.Hindiston
4.Venesuela 4.Shveysariya konfederasiyasi 4.BAA
5.Kolumbiya 5.Rossiya 5.Malayziya 
6.Braziliya 6. Bosniya va Gersogovina (myagkaya federasiya)
*
7.Argentina 
Okeaniya Afrikada
1.Avstraliya Ittifoqi 1.Nigeriya 
2.MFSH 2. JAR 
3.Komor or-ri
Qolgan barcha mamlakatlar unitar davlatlardir. Unitar davlatlarda hududiy tuzilish 
shakliga ega bo’lib, bu tuzumda mamlakatda yagona qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyat mavjud bo’ladi. Masalan: O’zbekiston. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin