15
imkoni bor xolos.Qishloq xo’jaligida ishlatilgan suv, ayniqsa, obikor dehqonchilikda
qaytib o’rniga kelmaydi.Bu holat chuchuk suv tanqisligi xavfini vujudga keltiradi.
Yer yuzasida chuchuk suv juda notekis taqsimlangan.Ekvatorial mintaqada va
mo’’tadil mintaqaning shimoliy qismida chuchuk suv etarli va hatto ortiqcha.Bu
joylarda: Kongo,Zair,Gabon (aholi jon boshiga yiliga120ming km
3
), Kanada
(115ming km
3
), Norvegiya (100 ming km
3
), Braziliya (48 ming km
3
), Kolumbiya,
Venesuela, Peru, Boliviya, Yangi Zelandiya (125 ming km
3
), Rossiya (28 ming km
3
)
kabi davlatlar joylashgan.
Chuchuk suv bilan ta’minlanganlik darajasi o’rtacha bo’lgan mamlakatlarda aholi
jon boshiga yiliga 5-25 ming km
3
suv to’g’ri keladi.Bunday holatga AQSH, Meksika,
Argentina, Mozambik, Mavritaniya, Eron, Myanma, Shvesiya kabi davlatlar kiradi.
Quruqlikning 1/3qismini tashkil etgan qurg’oqchil
mintaqalarda suv tanqisligi
juda keskin seziladi.Bu erlarda chuchuk suvga eng kambag’al mamlakatlar
joylashgan.Ularda kishi boshiga 5000 km
3
dan ham kam suv to’g’ri keladi, ularda
qishloq xo’jaligida faqat sun’iy sug’oribgina dehqonchilik qilinadi.Bunday
mamlakatlarga: G’arbiy yarim shardan birorta mamlakat kirmaydi, Jazoir, Liviya,
Misr, Sudan, Efiopiya, Chad, Arabiston
yarim oroli mamlakatlari, O’rta Osiyo
respublikalari (Qirg’iziston va Tojikistondan tashqari), Yaqin Sharq, Kichik Osiyo,
Afg’oniston, Pokiston kiradi.
Chuchuk suv bilan ta’minlanganlik darajasida suvning miqdorigina emas,
uning
sifati ham hisobga olinadi.Dunyo aholisining1/3qismi, ya’ni asosan rivojlanayotgan
mamlakatlarning aholisi sifatsiz suvdan foydalanadi.Shuning uchun ularda turli
kasalliklar ko’p tarqalgan va o’lim ko’p uchraydi.
Insoniyatning suv muammosini echishning bir necha yo’llari mavjud.Bu
yo’llardan asosiysi ishlab chiqarish jarayonlarining suvga bo’lgan talabini
kamaytirish va suv isrofgarligini kamaytirishdir.Shuningdek daryolar oqimini tartibga
solish uchun suv omborlarini qurish.Jahonda hammasi bo’lib umumiy suv hajmi
6,5ming km
3
bo’lgan 40000dan ortiq suv omborlari buyod etilgan.Bulardagi suv bir
vaqtning o’zida er yuzidagi barcha daryolar suvidan 3,5marta ko’p.Bu suv
omborlarining umumiy maydoni 400000km
2
bo’lib, Azov dengizidan 10barobar
katta.Eng katta suv omborlar: Bratsk, Buxtarma, Tuyamo’yin, Nosir.
Jahondagi eng yirik ya’ni suv hajmi 100 mlrd m
3
dan ortiq bo’lgan suv omborlari:
1. Bratsk (169 mlrd m
3
Rossiya Angara daryosi)
2. Nosir yoki Asuan (Misr. Nil daryosi )
3. Viktoriya (Uganda)
4. Kariba (Zambiya, Zimbabve. Zambezi daryosi)
5. Volta (Gana. Volta daryosi)
6. Guri (Venesuela. Orinoko daryosi).
AQSH, Meksika, Kanada,
Avstraliya, Misr, Xitoy, Hindiston va MDHga kirgan
mamlakatlarda suvni hududlarda qayta taqsimlash ishlari amalga oshirilgan va
loyihalashtirilyapti.Fors ko’rfazi, O’rta dengiz bo’yi, Karib dengizi orollarida,
AQSHning janubida,
Yaponiyada, Turkmanistonda dengiz suvini chuchitish amalga
oshirilmoqda.Dunyo bo’yicha Quvaytda suv eng ko’p chuchitilgan.Chuchuk suv
jahon bozorida sotilyapti.Masalan: Niderlandiya chuchuk suvni Norvegiyadan,
Saudiya Arabistoni Fillipindan, Gongkong Xitoydan,
Singapur Malayziyadan
16
keltiradi.Grenlandiya va Antarktidadan Evropaga, Amazonkadan Afrikaga, Janubi-
g’arbiy Osiyoga esa aysberglarni keltirish loyihalari bor.
Ma’lumki, daryolar suvidan elektr energiyasi olishda ham foydalaniladi.Jahonda
foydalanishi mumkin bo’lgan gidroenergiya zahirasini 10trln kVt.soat deb olsak,
shuni teng yarmi 6ta mamlakatga to’g’ri keladi.Ular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair,
Kanada, Braziliya.
Hozirda
jahon
gidroenergiya
zapasining
faqat
17%idangina
foydalanilmoqda.MDHda esa 23%idan foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: