Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Dunyo iqlimiy va rekrasion resurslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Dunyo iqlimiy va rekrasion resurslari. 
Agroiqlim resurslari atmosfera havosining aktiv (+10
0
S) haroratlari
yig’indisiga qarab baholanadi. Agroiqlimiy resurslarning taqsimlanishiga kenglik 
zonalligi va vertikal mintaqalanish xal qiluvchi ta’sir qiladi. 
Agroiqlim resurslari-Er sharida issiqlik, yorug’lik va namlikning taqsimlanishiga 
bog’liq. 
Agroiqlim resurslaridan issiqlik alohida o’rin tutadi. Issiqlik va yorug’lik 
ekvatordan har ikkala qutb tomon kamaya boradi. Natijada yer sharida 7 ta agroiqlim 
mintaqasi shakllangan. Ulardan tropik mintaqadan tashqari qolgan 3 ta mintaqa 2 
martadan takrorlanadi. 
1. Tropik mintaqa. Afrika eng issiq materik bo’lib, chekka shimoliy, chekka 
janubiy va baland tog’li qismlaridan qolgan barcha qismlarida 1sm.kv. joyga 8000
0
dan ortiq issiqlik tushadi, sovuq oyning o’rtacha haroratlar yig’indisi +15
0
dan 
yuqori. Bu joylar tropik mintaqaga mansub bo’lib, dunyoda tropik kengliklar 
oraliqlari (Amazoniya past tekisligi, Markaziy Afrika, Arabiston, Hindiston, 
Hindixitoy yarim orollari, Malayya arxipelagi va Avstraliyaning shimoli) kiradi. Bu 
mintaqada issiqsevar qisqa kunli o’simliklar o’sadi. Ekvator atrofida kunning 
uzunligi har doim 12 soat, shimoliy va janubiy tropiklarda esa 13 soatu 13 
minut.Vegetasiya davri uzluksiz davom etadi. 
2. Subtropik mintaqa tropik mintaqadan shimolda va janubda tarqalgan bo’lib, bu 
mintaqaga Afrikaning chekka shimoli va janubi, Janubiy Amerikaning 
janubi,Meksikaning shimoli-AQSHning janubi, Evropaning O’rta Dengiz bo’ylari, 
O’rta Sharq, O’rta Osiyo, Taklamakon cho’li, Sharqiy Xitoy, Avstraliyaning janubi 
kiradi. 
Subtropik mintaqaga odatda Shimoliy va janubiy tropik chizig’idan shimoldagi va 
janubdagi hududlar kiradi. Bu mintaqada haroratlar yig’indisi 4000-8000
0
ga to’g’ri 
keladi. Yillik sovuq oyning o’rtacha tempratura yig’indisi +5

+15
0
. Issiqsevar 
o’simliklar etishtiriladi. Vegetasiya davri uzoq 210-310 kun. Kunning uzunligi 13,30-
15,30 soat. 
3. Mo’’tadil mintaqa katta maydonlarni egallaganligi sababli 2 mintaqachaga: 
mo’’tadil mintaqacha va sovuq- mo’’tadil mintaqachaga bo’linadi. Mo’’tadil mintaqa 
asosan shimoliy yarim sharda joylashgan. 
1) Mo’’tadil mintaqachaga AQSH ning shimoli – Kanadaning janubi, butun O’rta 
Yevropa, Belorus, Ukraina, Volga bo’yi, Kavkaz, Qozog’iston, Xitoyning markazi va 
shimoliy qismi, Koreya yarim oroli, Yaponiyaning shimoli kiradi. Bu mintaqada 
yilning sovuq oyining o’rtacha temperaturasi-10
0
S .Yillik haroratlar yig’indisi 1 sm
2
joyga 2200-4000
0
ni tashkil etadi. Kunning uzunligi 16-17 soat. Bu mintaqachada 


20 
kunning uzunligi o’rtacha va uzun bo’lgan o’simliklar (bug’doy, makka, qand lavlagi, 
kungaboqar, janubida esa paxta, eryong’oq, uzum) etishtiriladi. 
2)Mo’’tadil mintaqacha shimolida 65
0
shimoliy kenglikkacha sovuq mo’’tadil 
mintaqacha egallagan. Bu mintaqachaga Kanadaning katta qismi, Shimoliy Evropa
Rossiyaning katta qismi kiradi. Yilning sovuq oyining o’rtacha temperaturasi 
yig’indisi -25
0
gacha. Yillik temperatura yig’indisi 1000-2200
0
. Kunning uzunligi 19-
23 soatgacha. Bu mintaqachada uzun kunli o’simliklar zig’ir, kartoshka, 
malina,chereshnika, brusnika o’sadi. Bu mintaqachaning barcha qismlarida namlik 
koeffisienti 1 dan ortiq. 
4. Sovuq mintaqaga 60
0
shimoliy kenglikdan shimoli ayrim joylarda 50
0
shimoliy 
kenglikdan shimoli (Labrador yarim orolida) asosan shimoliy qutb doirasidagi 
hududlar kiradi. Bu mintaqaning janubida havo temperaturasining yig’indisi400-
1000
0
shimolida esa 400
0
ni tashkil etadi. Eng sovuq oyning o’rtacha temperaturasi -
25

dan -40
0
gacha. Vegetasiya davri 1-1,5 oy. “Oq tunlar” bo’ladi. Namlik 
koeffisienti 1 dan yuqori bo’lgan hududlarga Amazoniya, Kongo, Gang-Braxmaputra
havzasi, Janubi-Sharqiy Osiyo, Madagaskar, shuningdek sovuq mo’’tadil mintaqacha 
kiradi. Cho’l, chalacho’l va baland tog’li territoriyalarda namlik koeffisienti 1 dan 
kam. Namlik koeffisienti yog’in va parlanish orasidagi nisbatdan kelib chiqadi. 
Masalan:
Yog’in 500 mm-bug’lanish 500 mm namlik koeffisienti =1 (yetarli). 
Yog’in 500 mm- bug’lanish 400 mm namlik koeffisienti = 1,2(ortiqcha).
Yog’in 500mm-bug’lanish 600 mm namlik koeffisienti = 0,8 (kam). 
Quyosh – kosmik resurslar – kelajak resursidir.
Quyosh- yirik termoyadro reaktori, Yerdagi butun hayotning manbai, butun 
energetika resurslarining manbaidir. Quyoshning atrofida temperatura +6000
0

markazida esa +20mln
0
S. Quyosh energiyasi bitmas tuganmas boylikdir. 
Quyoshda H
2
ning geliyga aylanishi natijasida radiasiya ajralib chiqadi. Quyosh 
nuri erga 8,5 minutda etib keladi. Quyosh diametri Er diametridan109 marta katta. 
Quyosh energiyasining 
1
/
10
qismi ishga solinsa 30 000 ta Dnepro GES beradigan 
energiyani beradi. 
Faqat Toshkent shahriga 1 yilda tushadigan quyosh energiyasi 37 mln tonna 
ko’mir energiyasiga teng. O’zbekiston territoriyasi 3000 soatdan ortiq quyosh nuri 
bilan yoritiladi. Quyosh 10 – 15 mlrd yildan so’ng so’na boshlaydi. Ungacha 150 
mln inson avlodi almashinadi. 
Hozirda Quyosh energiyasiga asoslangan elektr stansiyalar QES lar AQSH, 
Yaponiya, Fransiya, Ispaniya, Ukraina, O’zbekiston kabi davlatlarda ishlab turibdi. 
Germaniyada quyosh avtomobili yaratilgan. 
Kosmik resurslardan shamol energiyasi ham tugamaydigan resurslardir. Shamol 
tegirmonlari shamol dvigatellari, elkanli kemalar qadimdan foydalanib kelingan.
Shamol energiyasi arzon va atrof-muhitni ifloslamaydi. 
Lekin shamolsh energiyasi notekis joylashgan, ya’ni asosan mo’’tadil mintaqada 
to’plangan. 
Rekreasion resurslar – bu dam olish va turizm resurslaridir. “Rekrasiya” so’zi 
lotincha “tiklanish” bo’lib, dam olishning, kishining ma’naviy va jismoniy kuchlarini 


21 
tiklaydi. Rekreasion resurslar istirohat, turizm va shifolanish maqsadlarida bo’ladi. 
Ular 2 xil bo’ladi:
1.Tabiiy rekreasion resurslarga: dengiz sohillari (Qrim, Sochi), daryo bo’ylari 
(Niagara, Ganga), o’rmonlar, tog’li rayonlar (Alp tog’lari, Shohimardon) kabilar 
kiradi. 
2- Madaniy-tarixiy rekreasion resurslar bo’lib, bularga tarixiy, arxeologik, 
me’morchilik, san’at yodgorliklari kiradi. Masalan: VDNH, Kreml, Ermitaj, Rim, 
Akripol, Misr ehromlari, Toj Mahal, Xiva, Paleontologiya muzeyi (Moskva), Buyuk 
Xitoy devori, Vavilon, Sherdor, Go’ri Amir, Oqsaroy va h.k. 
Xalqaro turizmdan tushadigan daromadning 14 % i AQSH ga, 6 % i Ispaniyaga, 6 % 
i Fransiyaga, 6 % i Italiyaga, 4 % i Buyuk Britaniyaga, 3 % i Avstriyaga, 61 % i 
boshqa davlatlar hissasiga to’g’ri keladi (2005 y). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin