37
Aholi jon boshiga cho’yan-po’lat eritish jihatidan 1-o’rinda Lyuksemburg turadi. 1
kishiga 10t.
Po’latning asosiy eksportchilari:
Yaponiya, GFR, Italiya,
Fransiya, Ispaniya,
Rossiya, Ukraina.
Importchilari: AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Saudiya Arabistoni.
Jahonda yiliga 970 mln.t. dan ortiq po’lat eritilinadi.
Prokat bu-quvur, ramalar, listlar, ugolnik, shviller, armatura, prut kabilar.
Qora metallurgiya sanoatining harakterli xususiyati:
1970 yillarga nisbatan deyarli barcha mamlakatlarda cho’yan, po’lat eritish kamayib
bormoqda. Masalan: AQSH 1970 yil 122 mln.t. 1990yil 90 mln.t.;
Buyuk Britaniya 1970yil 28 mln.t., 1990yil 18 mln.t.
Rangdor metallurgiya o’zida rangli
metallarni qazib chiqarish, boyitish,
eritish va qotishmalar ishlab chiqarishni birlashtiradi. Rangdor metallurgiya ishlab
chiqarish ko’lamiga ko’ra qora metallurgiyadan 20 hissa orqadadir. Rangdor
metallurgiya
FTI davrida elektrlashtirish, atom texnikasi, aviasiya, raketasozlik,
mikrotexnika, ximiya sanoati uchun katta ahamiyatga ega.
Rangdor metallurgiya
qimmatli xususiyatlarga ega. Ularning ba’zilari (qalayi, nikel, qo’rg’oshin)
korroziyaga chidamli, issiqqa bardoshli (titan), elektr tokini yaxshi o’tkazadi (Al, Cu,
Ag). Rangdor metallurgiya sanoatida Al eritish birinchi o’rinda, Cu eritish esa
ikkinchi o’rinda turadi.
Rangdor metallurgiya quyidagi gruppalarga
bo’linadi:
1.Og’ir metallar: mis, qalayi, qo’rg’oshin, rux, nikel. Tarkibida engil metall
rudalariga nisbatan metallning kam bo’lishi bilan farq qiladi. Masalan: 1t. Cu olish
uchun 100 t. ruda, 1 t.qalayi olish uchun 300t. ruda kerak bo’ladi. Rudalar boyitiladi.
Og’ir rangdor metallurgiya rudalarining yana bir xususiyati
ularning kompleks
ekanligidir. Masalan: Norilsk (Rossiya) mis-nikel kombinatida 14 xil mahsulot
olinadi. Energiyani ko’p talab etmasligi va konsentratda misning kam bo’lishi (10-
35%) mis zavodlarini xom-ashyoga yaqin qurilishini taqozo etadi.
Qo’rg’oshin, rux konsentratlari tarkibida metall ko’p bo’ladi. Shuning uchun
kombinatlar energiya ko’p joylarga quriladi. Og’ir metallardan turli maqsadlarda
foydalaniladi. Masalan:
misdan sof holda, qalayi bilan (bronza), nikel bilan
(mel
ь
xior), Al bilan (dyurAl), rux bilan (latun
ь
).
Nikelning asosiy qismi (80%i) qora metallurgiyada ishlatiladi (ligerlovchi metall).
Qalayidan oq tunuka va podshipniklar qilishda ishlatilinadi.
2.Yengil metallar: Al, magniy, titan. Ko’p energiya talab qiladi. Al-eng ko’p
tarqalgan metaldir. Xom-ashyosi boksitlar, nefelinlar, alunitlar,
glinozyom, kaolin
loyi. 1t. Al olish uchun 20000 kVt soat energiya kerak. Shu sababli Al zavodlari
ko’proq GESlar yoniga quriladi. Tursunzoda.
Titan-pishiq, kislotalarga chidamli,
yuqori temperaturada eriydi, magnit xususiyati
yo’q, shuning uchun reaktiv dvigatellar, yadro reaktorlari,
kemasozlik va harbiy
texnikalarda keng qo’llaniladi. Ko’p energiya talab.
Jahonda yiliga 25 mln.t. dan ortiq alyuminiy, 15 mln.t.dan ortiq tozalangan mis
eritilinadi (ishlab chiqariladi).
3.Qimmatbaho metallar: Au,Ag,Pt.
4.Qiyin eruvchi metallar: W,Mo (molibden).
38
5.Kamyob metallar: uran, germaniy, tseziy, toriy, strontsiy.
Dunyodagi eng yirik mis sanoati rayoni Markaziy Afrikadagi Mis mintaqasi (Zair,
Zambezi oralig’ida). Dunyoda qazib olinadigan Cu ning 1/3 qismi eksport qilinadi.
Ularni dengizda tashish o’rtacha masofasi 7000 km.
Mis qazib oluvchilar:KDR, Zambiya, Peru, Chili, Kanada, AQSH, Qozog’iston,
Rossiya.
Oluvchilar: AQSH, Horijiy Yevropa, Yaponiya, Braziliya.
Al qazib oluvchilar: Yamayka, Gaiti, Braziliya, Rossiya, Avstraliya, Surinam.
Rangdor metallurgiyaning yirik rayonlari: AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiya,
Rossiya, Qozog’iston, KDR, Zambiya, Yaponiyada.
Rux ishlab chiqarish bo’yicha Kanada, AQSH, Rossiya, Qozog’iston, Peru.
Qo’rg’oshin (svines)- Rossiya, Avstraliya, AQSH, Kanada, Peru, Qozog’iston,
Meksika.
Dostları ilə paylaş: