95
Ukrainaning tabiiy resurslari ilgaridan o’rganilgan. Asosiy boyliklaridan biri
Temir rudasi bo’lib, uning yirik konlari Krivoy – Rog, Kerch konlaridir.
Molibdenning yirik konlari Nikopolda joylashgan. Mamlakat ekonomikasida
Donbass (10 ta yirik koni bor) kokslanuvchi va energetika ko’mir
havzasining
ahamiyati katta. Bundan tashqari Lvov-Volinsk toshko’mir havzasining ahamiyati
katta. Tabiiy gazning yirik konlari Dashava va Shebelinka konlaridir. Neft konlari
mamlakat ehtiyojini qoplamaydi. Bulardan tashqari simob, nikel, alyuminiy, titan
rudalari bor.
Ukraina sanoati xom-ashyosiga boy. Osh tuzi, kaliy tuzi (Karpat tog’
etaklarida), tabiiy oltingugurt (Rozdol, Lvov oblastida) ohaktosh, kaolin konlari
bor. Suv resurslarining etishmasligi mamlakat ekonomikasining rivojlanishiga
katta qiyinchilik tug’diradi. Daryolari ko’p,
lekin suvi kam, gidroenergiya
resurslari kam. Ayniqsa janubi-sharqda suv juda kam. Mamlakatning g’arbiy
qismida esa suv toshqinlari bo’lib turadi.
Ukrainaning hozirgi chegarasi 1917 yil chegaralangan. 1939-45 yillari G’arbiy
Ukraina, Zaxkarkate, Shimoliy Bukovina (Chernovsi oblasti) va Bessarabiyaning
janubiy qismi Ukraina tarkibiga kiradi. Ukraina respublikasi ma’muriy-hududiy
jihatidan 1 ta avtonom respublika (Qrim), 24 ta oblastdan tashkil topgan.
Aholisi 51,2 mln (1990), 50,5 mln (1998 y), 47,8 mln (2003y)kishi bo’lib,
aholisining soni bo’yicha MDH da 2-o’rinda turadi. Aholi zichligiga ko’ra 3-
o’rinda (Moldaviya va Armanistondan keyin). Aholi o’rtasidagi tug’ilish
koeffisienti 8 ‰, o’lim 15‰. 1 ayolga 1,1 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha
bo’lganlar salmog’i 18%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 14 % . O’rtacha umr 62-
74 yosh. YAMD 4270$ (2001 y).Aholisining 68 %i shaharlarda
yashaydi.Millioner shaharlari 5 ta: Kiev (2,5 mln.), Xarkov, Dnepropetrovsk,
Odessa, Donesk.Aholisining 75 %ini ukrainlar tashkil etadi, qolganini ruslar (20
%), moldavanlar,
beloruslar, polyaklar tashkil etadi.Ukraina aholisining milliy
tarkibiga Ukrainaning Rossiya bilan 3,5 asr birga bo’lganligi (1654 yildan) ta’sir
etgan.
Ukrainada
qadimdan
qand-shakar,
ko’mir
va
metallurgiya
sanoati
rivojlangan.XGMTda Ukraina hududida 3 ta iqtisodiy rayon tarkib topgan:
1.Donesk-Dnepr bo’yi-bu rayonda ko’mir, metallurgiya, ximiya va mashinasozlik
eng ko’p rivojlangan.Bu rayon asosan Donbass hisobiga rivojlangan.
Yirik metallurgiya markazlari: Makaevka, Donbass, Azov bo’yida
joylashgan.Asosiy mahsulotlar: prokat, ekskavatorlar, ko’mir qaziydigan
kombaynlar va shaxta uskunalari, teplovozlar, avtomobillar (Kremenchug-“Kraz”,
Zaparoj
ь
e “Zaparojes”), vagonlar, domna va po’lat
eritadigan pechlar va
uskunalar.Ximiya sanoatida-soda, H
2
SO
4
va o’g’it ishlab chiqariladi.
Ayollar mehnatidan to’g’ri foydalanish maqsadida og’ir sanoat markazlarida
to’qimachilik rivojlangan.Qishloq xo’jaligida don,
kungaboqar, qand lavlagi va
kanop etishtiriladi.
2.Janubi-G’arbiy rayon-agrar-industrial, mashinasozlik, tog’-kon,
neft-ximiya va
asosiy qishloq xo’jaligi rayonidadir.Bu rayon asosan qishloq xo’jaligiga
ixtisoslashgan.Asosiy ekinlar:qand-lavlagi, bahori bug’doy.Shakar-qand ishlab
chiqarish MDH ahamiyatiga ega.Mashinasozlik sanoati asosan shakar-qand
96
sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Shuningdek, Lvovda LAZ
ishlab chiqariladi.
3.Janubiy rayonda mashinasozlik, agror-industrial va baliqni qayta ishlash
sanoatlari, kemasozlik, qishloq xo’jaligi mashinasozligi va kurort xo’jaligi
rivojlangan.Janubiy rayonda kinoapparaturalar (Xersones), traktor pluglari, uzum
etishtirish, konservalar ishlab chiqariladi.
Iqlimiy sharoitlari bu rayonda kuzgi bug’doy, arpa, kungaboqar, hatto sholi
etishtirish imkonini beradi. Qoradengiz sohillarida ayniqsa Qrimda turizm
rivojlangan: Yalta, Alushta, Gurzuf, Misxar, Sudak, Evkatariya, Odessa.
Ukrainada gidroenergiya resurslari faqat Dnepr daryosida mavjud, ya’ni GES
lar asosan shu daryoda qurilgan. Elektr energiyasining asosiy qismini IES lar
beradi. IES lar asosan ko’mirga, qisman torfga (shimolda) ishlaydi. Ukrainada 5 ta
AES lar qurilgan (170 mlrd kVt/s-2006y).
Tashqi savdosi: Ukraina yiliga 135 mln tonna ko’mir qazib oladi va uning
asosiy qismini Horijiy Yevropa davlatlariga eksport qiladi. Yiliga 100 mln t. temir
rudasi qazib oladi (dunyoda 5- o’rinda) va uning taxminan 5 % ini eksport qiladi.
Po’lat eksporti bo’yicha dunyoda 5-o’rinda (yiliga 53 mln t.-1990yil, 37 mln t.
-2006 yil). Po’latni Horijiy Yevropaga eksport qiladi.
Ukraina tashqi savdosining asosiy qismini
MDH va Horijiy Yevropa
davlatlariga to’g’ri keladi.
Asosiy eksporti: ko’mir, qora metall, shakar qand, g’alla, mashina va jihozlar
(Kraz, Zaparojes, LAZ, Xerson), ximiya
mahsulotlari, kino va fotoapparaturalar
(Kiev, Xarkov).
Asosiy importi: o’rmon mahsulotlari, mashinalar, qog’ozlar, baliq, gazmollar
(lama), neft, gaz, paxta.
Ukraina hududidan “Soyuz” gaz quvuri “Do’stlik” neft quvuri, “Mir”
energetika sistemasi, “Bratstva” gaz quvurlari Horijiy Evropaga o’tgan.
Temir yo’l va dengiz transporti yaxshi rivojlangan. Pul birligi – grivna.
O’zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasida eksportning
7,2 % i, importning 11,6 % i Ukraina hissasiga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: