Жаxон географияси маърузалар



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Latviya – g’arbdan Boltiq dengizi (Riga qo’ltig’i), sharqdan Rossiya, 
shimoldan Estoniya, janubdan Litva va Belorus bilan chegaradosh. Maydoni 64,6 
ming km

Iqtisodiy geografik o’rni qulay. Oblastlarga bo’linmagan. Siyosiy 
adminstrasiyaga bo’lingan: 26 uezd va 6 respublika shaharlari. Hududidan 


92 
Daugava (G’arbiy Dvina) daryosi oqib o’tadi. Daryoga 3 ta yirik GES qurilgan. 
Foydali qazilmalardan torf katta ahamiyatga ega. O’rmonga boy.
 
Aholisi 2,7 mln kishi, 2,4 mln kishi (2003 y),2,3mln kishi (2006 y). Tug’ilish 
koeffisienti 9‰, o’lim 14‰. 1ayolga 1,2 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha 
bo’lganlar salmog’i 17 %, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 15 %. O’rtacha umr 65-
76 yosh. YAMD 7760 $ (2001 y). Urbanizasiya darajasi 70%. Aholi zichligi 1 
km

ga 41 kishi. Eng yirik shahari Riga (827000-96 y), Daugavapilis, Liepaya, 
Elgava, Yurmala. 
Sanoati. Latviya Estoniya va Litvaga nisbatan iqtisodiy jihatdan rivojlangan. 
Mashinasozlik asosiy o’rin tutadi. Boltiq bo’yi davlatlari ichida yagona po’lat 
eritish zavodi Liepayada joylashgan. Metalni Polsha va Rossiyadan sotib oladi. 
Mashinasozlik sanoatida mikroavtobuslar (RAF), ATS lar, elektrotexnika 
jihozlari, kemalar, radiola va radiopriyomniklar ko’p chiqariladi. 
Ximiya sanoatida ximiyaviy tolalar, rezina-texnika buyumlari, davolash 
preparatlari ishlab chiqariladi. Mebel ishlab chiqarish va rezina sanoati 
rivojlangan. Yog’, go’sht va baliq-konserva sanoati rivojlangan. 
Qishloq xo’jaligida sut chorvachiligi va cho’chqachilik rivojlangan. Mamlakat 
g’arbida qand lavlagi, sharqda esa kartoshka va zig’ir ekiladi. 
Dengiz transporti yaxshi rivojlangan, yirik portlari: Riga,Liepaya. Temir 
yo’llari yaxshi rivojlangan. Yirik sanoat markazlari: Riga, Daugavapilis, Liepaya. 
Tashqi savdosi asosan Rossiya, MDH ning boshqa davlatlari va Horijiy Evropa 
davlatlari bilan bo’ladi. 
Eksporti: elektr jihozlari, radiotexnika, medisina jihozlari, baliq, o’rmon, 
qog’oz. 
Importi: tabiiy gaz, neft, ko’mir, metall, g’alla, mashinalar, elektr energiya. 
Xalqaro turizm rivojlangan: Riga, Yurmala. Pul birligi – lat. 
Litva 4 mamlakat va Boltiq dengizi bilan chegaradosh. Maydoni 65,2 ming 
km

. Oblastlarga bo’linmaydi. 10 uezdga bo’lingan. Temir yo’llar orqali Polsha 
va Germaniya bilan bog’langan. Yirik avtoyo’llarga ega. 
 
Aholisi 3,650 ming kishi, 3,7 (2003 y), 3,4 mln kishi (2006 y). Tug’ilish 
koeffisienti 9‰, o’lim 12‰. 1 ayolga 1,2 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha 
bo’lganlar 19 %, 64 yoshdan yuqori bo’lgan 14 %. O’rtacha umr 66-77 yosh. 
YAMD 8350 $ (2001 y). Aholi zichligi 1 km

ga 56 kishi. Urbanizasiya darajasi 
68 %. 
Asosiy foydali qazilmalari: torf, qahrabo,binokorlik materiallari. Sanoati 
Latviya va Estoniyaga qaraganda kam rivojlangan. Energetika bazasining zaifligi 
sanoatning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Tabiiy gaz, ko’mir va torfga 
ishlaydigan IES lar mavjud. Nyamunos daryosiga GES qurilgan. 2 ta AES bor. 
Kam metall sarflanadigan mashinasozlik: stanoklar, elektr asboblari, motorlar 
ishlab chiqariladi. Klaypedada kemasozlik mavjud. Zig’ir tolasidan gilam to’qish 
rivojlangan. O’rmon sanoati mebel, faner, qog’oz ishlab chiqaradi. 
Tabiiy sharoiti qishloq xo’jaligi uchun Latviya va Estoniyaga nisbatan 
qulayroq. Qishloq xo’jaligi sut chorvachiligi va cho’chqachilikka ixtisoslashgan. 
Javdar, bug’doy, arpa, no’xat, zig’ir va qand lavlagi yetishtiriladi. Yirik sanoat 


93 
markazlari: Vilnyus, Klaypeda, Kaunas, Shyaulyay. Tashqi savdoda MDH 
davlatlari etakchi o’rin tutadi. Pul birlig – lit. 
Eksporti: elektr jihozlari, priborlar, chorva va o’rmon mahsulotlari, qahrabo. 
Importi: tabiiy gaz, neft, metall, g’alla, mashinalar, elektr energiyasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin