Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Vengriya Respublikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Vengriya Respublikasi (1989 yil oxiridan) 
Vengriya – Markaziy Yevropaning janubi- sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 
93 ming km

. Uning territoriyasida Yevropaning turli davlatlarini bir biri bilan 
bog’lovchi muhim tranzit yo’llar kesishadi. Dunay suv yo’li Vengriya respublikasini 
Yevropaning 8 ta mamlakati bilan bog’laydi va Qora dengizga chiqish imkoniyatini 
beradi. Vengriya respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar: Germaniya, 
Fransiya, Italiyaga yaqinligi va ular bilan temir va avtoyo’llar orqali bog’langanligi 
iqtisodiy jihatdan qulaylik bo’lsa, dengiz bilan tutashmaganligi noqulaylikdir.
Aholisi – 10,6 mln (1987y), 10,1mln (2003y,2006y)kishi. Tug’ilish koeffisienti 
10‰ , o’lim 13‰ . 1 ayolga 1,3 bola to’g’ri keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar salmog’i 
16%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 15%. O’rtacha umr 68-76 yosh. YAMD 11990$ 
(2001) .Aholisining 96% ini vengrlar, qolganini serblar, xoravatlar, nemislar, 
slovaklar, ruminlar tashkil etadi. Aholining tabiiy o’sishi juda pasayib ketgan. 
Germaniya, Italiya, Daniya kabi demografik tanglik kuzatilmoqda. Bu holat mehnat 
resurslariga ta’sir qiladi. Vengriya respublikasida urbanizasiya jarayonining asosiy 
hususiyati unda Budapesht shahri rolining juda katta ekanligidir. Faqat poytaxtdagina 
milliondan ortiq (1,8 mln – 1996y) aholi yashaydi. Boshqa katta shaharlarda 250 
minggacha aholi yashaydi. Boshqa katta shaharlar: Debresin, Mishpols, Seged va 
Pech. 
II-jahon urushiga qadar mamlakatni Xorti Diktaturasi boshqargan. 1945 yil 
aprelda Vengriyada xalq demokratik tuzimi o’rnatildi. 1949-yildan Vengriya Xalq 
Respublikasi deb, 1989-yildan Vengriya Respublikasi deb e’lon qilindi. Vengriya 
Xalq Respublikasi – Varshava shartnomasining qatnashchisi va O’IYOK ning a’zosi 
bo’lgan. Vengriya 19ta oblastdan iborat. Davlat majlisi – Vengriya respublikasi 
davlat hokimiyatining oliy organidir. 
Asosiy siyosiy partiyalar: 
Vengriya kommunistik partiyasi 1918 yil tashkil topdi va 1948-yil Vengriya 
sosialistik ishchi partiyasiga aylangan. Davlat boshlig’i prezident.XGMT da 
Vengriyani o’rni avvalo mashinasozlik va ximiya sanoati bilan belgilanadi. 


85 
Mashinasozlik ko’p miqdorda malakali mehnat resurslarini talab qiluvchi murakkab 
buyumlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan.
Vengriyada ishlab chiqarishning joylashuvidagi asosiy hususiyat barcha 
sanoatning urushga qadar ½ qismini, hozirgshi vaqtda 1/3 qismini Budapeshtda 
to’plangshanligidir. Budapeshtda hozirda 0,5 mln dan ortiq aholi sanoatda bant. 
Vengriya tabiiy resurslarga kambag’al. Ko’mir, ayniqsa toshko’mir, neft, tabiiy 
gaz juda oz miqdorda qazib olinadi. Temir rudasi deyarli yo’q. Gidroenergiya 
resurslari ham kam.
Faqat boksit zapasi katta. Vengriya respublikasi neftni “Do’stlik - 2” orqali MDH 
dan, tabiiy gazni “Soyuz” gaz quvuri orqali MDH dan va Ruminiyadan, toshko’mirni 
MDH, Chexiya va Polshadan, temir rudasini MDH dan (temir yo’l va Dunay orqali), 
elektr energiyasini “Mir” MDH dan oladi.1990 yillari sosialistik tuzimning emirilishi 
va sobiq SSSR ning parchalanishi oqibatida Vengriya respublikasi sanoati bir qator 
qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Vengriya respublikasining yirik boksit – 
alyuminiy sanoati bor. Mamlakatda alyuminiy ishlab chiqarish jarayonining barcha 4 
bosqichi rivojlangan. Bu bosqichlar boksit qazib chiqarish , glinyozm ishlab 
chiqarish, alyuminiy eritish va undan buyumlar yasash. Lekin alyuminiy eritishga 
elektr energiyaisni etishmasligi va tannarxning yuqoriligi to’sqinlik qilmoqda. Bu 
sanoat korxonalari mamlakatning g’arbiy qismida joylashgan. 
Qora metallurgiya sanoati deyarli butunlay chet el xom-ashyosi va yoqilg’isi 
hisobiga ishlaydi. Mashinasozlik Vengriya sanoatining asosiy tarmog’i bo’lib, u ikki 
yo’nalishda ixtisoslashmoqda. 
1-yo’nalish – transportmashinasozligi bo’lib, bu tarmoq korxonalari : elektrovozlar, 
yo’lovchi vagonlari, metal kesuvchi stanoklar, daryo kemalari (Meteor), dizel 
poezdlar, avtobuslar chiqaradi.
2-yo’nalish – elektrotexnika, elektronika va proborsozlikdir. Vengriya 1986 yil 13,4 
ming avtobus, 417 ming televizor, 388 ming xolodelnik ishlab chiqargan. 
Ximiya sanoati qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’itlar, organik ximiya mahsulotlari 
ishlab chiqarishga va farmasevtikaga ixtisoslashmoqda. “Geoden Rixter”. 
Qishloq xo’jaligi. Mamlakat hududining asosiy qismi pasttekisliklardan iborat 
bo’lib, mamlakat maydonining 55 % i haydaladigan erlardir. Qishloq xo’jaligida 
asosiy tarmoq dehqonchilik bo’lib, asosan donli ekinlar avvalo makkajo’xori va 
bug’doy yetishtirishga ixtisoslashgan. 1986-yil mamlakat 7,2 mln t. makka, 5,8 mln t. 
bug’doy yetishtirgan. 
Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar ko’p ekiladi. Chorvachilikda 
cho’chqa (8,7 mln) va qoramol (1,7 mln) asosiy o’rinda turadi. Aholi jon boshiga 
don (1,4 t.) va go’sht (165 kg.) yetishtirish jixatidan dunyoda oldingi o’rinlarda 
turadi. 
Transporti. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 7,8 ming km, shundan 1,9 ming 
km elektrlashtirilgan. Ichki va xalqaro yuk tashishda temir yo’llar transporti asosiy 
o’rinda turadi (yuklarning 54 % ini tashiydi). Avtotransport salmog’i oshib 
bormoqda. Vengriya respublikasi transporti uchun Budapeshtdan turli tomonga radial 
yo’nalishda ketgan yo’llar xarakterlidir. Dunay Vengriya respublikasini taxminan 
teng ikki qismga bo’lib turadi. G’arbiy qismi Dunantul, bu erda sanoat ko’proq, 
sharqiy qismi Alfyold asosan don etishtirishga ixtisoslashgan. 


86 
Asosiy eksporti boksit, glinozyom, stanoklar, yo’lovchi vagonlari, dizel 
dvigatellari, 
avtobuslar, 
elektrolampalar, 
farmasevtika 
tovarlari, 
sabzavot 
konservalari. 
Asosiy importi elektr energiyasi, koks, temir rudasi, engil avtomobillar, sun’iy 
o’g’itlar, yog’och – taxta, paxta. 
Vengriya jahonning 150 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini olib boradi. Pul 
birligi – ferint. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin