Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Italiya Respublikasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

 
Mavzu: Italiya Respublikasi. 
 
Italiya Yevropaning janubidagi davlat.Maydoni 301,2ming km
2
.Territoriyasi 
tarkibiga ko’ra 3 qismdan: materik,yarim orol va orollardan (Sisiliya,Sardiniya va bir 
qancha mayda orollardan) iborat.Quruqlik orqali 4ta davlat bilan chegaradosh.Dengiz 
chegarasi quruqlik chegarasiga nisbatan 4 barobar uzun.Mamlakat hayotida 
dengizning roli yuqori, mamlakatning eng ichkarisidagi rayonlari ham sohildan bor-
yo’g’i 200-300km narida joylashgan.Mamlakatning O’rta dengiz havzasining 
markazida ekanligi unga Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Evropaning 
boshqa mamlakatlari bilan aloqalarini rivojlanishiga qadimdan imkoniyat berib 
kelgan, hozirda ham muhim rol o’ynaydi. 
Shimoliy Italiyaning geografik o’rni Janubiy Italiyaga nisbatan ancha 
qulay.Chunki u iqtisodiy aloqalarni quruqlikda ham, dengizda ham, havoda ham olib 
borishi mumkin.Italiyadan transkontinental havo yo’llari o’tadi. 
Aholisi 57,2mln (2003y.), 59mln kishi (2006y.).Aholisining soni jihatidan Horijiy 
Evropada Germaniyadan keyin 4-o’rinda turadi.Aholisining 98%i ital
ь
yanlar.Italiya 
uchun aholining doimiy emigrasiyasi harakterli (har yili o’n minglab kishilar ketib 
turadi).Bunga asosiy sabab dehqonlar turmushining og’irligi, ishsizlik, kam ish haqi, 
inflyasiya.2-jahon urushiga qadar immigrasiya o’chog’i okean orti bo’lsa, urushdan 
keyin Fransiya va Germaniya bo’lib qoldi.Italiyada tug’ilish koeffisenti 9%
0
, o’lim 
10%
0
.1ayolga 1,2 bola to’g’ri keladi.15yoshgacha bo’lganlar salmog’i 14%, 64 


79 
yoshdan yuqori bo’lganlar salmog’i 19%.O’rtacha umr 77-83 yosh.YAMD 24530 
dollar (2001y.). 
Italiya Evropadagi aholisi eng zich mamlakatlardan biri (1km
2
ga 193 
kishi).Urbanizasiya jarayoni jadal o’smoqda, hozirda urbanizasiya darajasi 68% ni 
tashkil etadi.Shahar aholisining asosiy qismi Shimoliy Italiyada yashaydi. 
Yirik shaharlari: Milan-1,3, Rim-2,6, Neapol-1,0, Turin, Palermo, Genuya 
(1995y). 
Italiya dunyodagi 1-respublika bo’lib, 20 oblastdan tashkil topgan.Italiya-
parlamentar respublika.Davlat boshlig’i prezident bo’lib, uning vakolat muddati 
7yil.Qonun chiqaruvchilik hokimiyati deputatlar palatasi bilan senatdan iborat. 
Italiya ekonomikasiga AQSH, Germaniya va Shveysariya kapitalining ta’siri 
kuchli. 
Xo’jalikning joylashuvidagi xarakterli xususiyat Shimoliy Italiya bilan Janubiy 
Italiya o’rtasida keskin territorial farqning mavjudligidir.Shimoliy Italiya iqtisodiy 
jihatdan yuqori darajada rivojlangan.Janubiy Italiya-mamlakat hududining 40%i, 
aholisining 35%ini egallasada, uning faqat 18%igina sanoatda banddir.Bu erda aholi 
jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM mamlakat Shimoliga nisbatan 2 marta kam.Aholi 
juda siyrak.Davlat Janub iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan regional siyosat olib 
bormoqda. 
Italiya 1957 yildan EIHga va 1949 yildan NATOga a’zo.Siyosiy partiyalari: 
1.Xristian demokratik partiyasi (XDP) (1943y). 
2.Italiya Respublikachilar partiyasi (IRP) 1832yil tashkil topgan. 
3.Italiya sosial-demokratik partiyasi (ISDP) 1947 yil tashkil topgan. 
4.Italiya liberallar partiyasi 1845 yil tashkil topgan. 
5.Italiya kommunistik partiyasi 1921 yil tashkil topgan. 
Italiya foydali qazilmalarning asosiy turlari-ko’mir, neft, temir rudasi bilan yomon 
ta’minlangan.Tabiiy gaz, boksit, qo’rg’oshin, oltingugurt, simob, rux, marmar 
zapaslari bor.Italiya Yevropa mamlakatlari ichida gidro va geotermal energiya 
resurslarining ko’pligi jihatidan ajralib turadi. 
Mamlakat energetikasi chet el neft, koks, ko’mir, tabiiy gaziga tayanadi.Elektr 
energiyasi ishlab chiqarishda IESlar 1-o’rinni egallasada, Alp tog’ etaklarida 
GESlarning salmog’i katta.Markaziy Italiyada geotermik elektr stansiyalari bor. 
Mamlakat ishlab chiqarish va eksportida mashinasozlik muhim rol
ь
o’ynaydi.Transport mashinasozligi ayniqsa, avtomobillar (“Fiat”), motorollyorlar, 
velosipedlar, kemalar ishlab chiqarish yuksak darajada rivojlangan.Mashinasozlik 
zavodlarining ¾ qismi Shimoliy Italiyada joylashgan. 
Qora metallurgiya sanoati asosan chet el xom-ashyosiga asoslanganligi tufayli eng 
yirik kombinatlar port shaharlarda (Toranto, Genuya, Neapol) joylashgan.Jahonda 
10-o’rinda (27mln.). 
Eng yirik mashinasozlik zavodlari Milan va Turinda joylashgan. 
Neftni qayta ishlash va neft
ь
-ximiya sanoati markazlari asosan port shaharlarda va 
SHimoliy Italiyada joylashgan. 
1986 yil Italiya: 1830 ming avtomobil
ь
, jumladan 1650000 engil avtomobil
ь
ishlab chiqargan.1995 yil 1241000 ishlab chiqargan, dunyoda 8-o’rinda.2,3 mln.t. 
neft va 14 mlrd. m
3
gaz qazib oldi. 


80 
Qishloq xo’jaligi.Tabiiy sharoiti mo’’tadil mintaqaning barcha ekinlarini va 
subtropik ekinlarni yetishtirish uchun qulay.Padan pastekisligi (Shimoliy Italiya) 
unumdor tuproqlarga ega.Janubiy Italiyada esa yerlar toshloq, kam unum, 
qurg’oqchil. 
Italiya qishloq xo’jaligi Fransiya qishloq xo’jaligidan intensivligi va rivojlanish 
jihatidan undan keyin turadi.Italiya zaytun va uzumning yalpi xosili jihatidan 
dunyoda 1-o’rinda, sitrus mevalarining yalpi hosili jihatidan Evropada (Ispaniyadan 
keyin) 2-o’rinda turadi. 
Asosiy texnika ekinlari-qand lavlagi va nasha.Chorvachilik sust rivojlangan.Tog’li 
rayonlarda qo’y, echki, xachir boqiladi. 
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk va yo’lovchi tashishda avtomobil
ь
transporti asosiy rol
ь
o’ynaydi, avtoparki 22,8 mln. avtomashinadan iborat. 
Temir yo’llarning umumiy uzunligi 30,4 ming km bo’lib, temir yo’l transporti 2-
o’rinda turadi.Temir yo’llarning elektrlashtirilganlik darajasi jihatidan Italiya 
dunyoda oldingi o’rinda turadi. 
Dengiz transporti mamlakatning tashqi savdoga etakchi rol
ь
o’ynaydi.Tashqi 
savdoga tegishli barcha yuklarning 9/10 qismi dengizda tashiladi. 
Shimoliy 
Italiyadagi 
eng 
muhim 
region 
Milan, 
Turin, 
Genuya 
uchburchagidir.Bulardan tashqari Venesiya va Rim mavjud.Janubiy Italiyaning eng 
muhim sanoat va madaniyat markazi-Neapol. 
Asosiy importi: neft, ko’mir, kokos, paxta, oziq-ovqat mahsulotlari. 
Eksporti: 
mashinalar 
(avtomobillar), 
motosikllar, 
qurol-yarog’, 
kimyo 
mahsulotlari, xolodilniklar, kir yuvish va idora (yozuv) mashinalari, poyabzal, 
sabzavot, mevalar, sitrus mevalari, vino. 
Tashqi savdo aloqalari: “Umumiy bozor” mamlakatlari, Shveysariya va AQSHga 
ko’p to’g’ri keladi. 
Xalqaro turizm rivojlangan, yiliga 30 mln. turist kelib ketadi.1989 yil Italiya 
turizm bo’yicha 4-o’rinni egalladi.Shu yili 26 mln.turist kelib ketdi. 
Pul birligi-italyan lirasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin