Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Shveysariya Konfederasiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Shveysariya Konfederasiyasi 
 
Shveysariya – Markaziy Evropadagi davlat. Territoriyasi 41,3ming km


Shimoldan Germaniya, janubdan Italiya, g’arbdan Fransiya, sharqdan Avstriya va 
Lixtenshteyn knyazligi bilan chegaradosh. 
Mamlakat hayotida “G’arbning katta ettilik mamlakatlari” ni 3 tasi bilan 
chegaradoshligi va “Umumiy bozor” mamlakatlariga yaqin qo’shniligi muhim o’rin 
tutadi. Ko’plab xalqaro tashkilotlarning shtab kvartirasini Shveysariyada 
joylashganligi Shveysariyani jahon siyosatidagi mavqeyini oshiradi. 
Aholisi 7,07 mln (1996y), 7,3 mln (2003y), 7,5 mln kishi (2006y) bo’lib, zichligi 
1 km

ga 157 kishi. Tug’ilish koeffisienti 10 ‰, o’lim 8‰. 1 ayolga 1,4 bola to’g’ri 
keladi. 15 yoshgacha bo’lganlar 17%, 64 yoshdan yuqori bo’lganlar 16%. O’rtacha 
umr 77-83 yosh. YAMD 30970 $ (2001y). Aholisining milliy tarkibi xilma-xil. 
Mamlakat aholisining 14% i ajnabiy bo’lib, ular asosan Italiya va Portugaliyadan 
ko’chib kelganlardir. Shveysariya 3 tilli (4 retoromanskiy) mamlakatdir, bunga 
sabab aholisining 65% i nemislar, 18% i fransuzlar, 10% i italyan tilida so’zlashadi. 
Dindorlarning 48% i katoliklar, 44% i protestantlardir. 
Millioner shaharlari yo’q. Yirik shaharlari: Syurix, 341 ming, Bazel, Jeneva, 
Lozanna. 


83 
Mamlakat janub va janubi-sharqdan Alp, shimoli-g’arbdan esa Yura tog’lari bilan 
o’ralgan. Mamlakat hududida Jeneva, Nevshatel, Syurix va Boden (chegarada) kabi 
hushmanzara ko’llar joylashgan. Hududining asosiy qismini tog’lar egallagan. 
Shveysariya tabiiy resurslarga kambag’al bo’lib, na yonuvchi foydali qazilmalar 
na rudali foydali qazilmalar uchraydi. Lekin mamlakat gidroenergiya resurslariga 
boy. GES lar asosan Alp tog’ etaklariga, ya’ni janubga qurilgan. Shveysariya 1921 yil 
1-avgustda 3 kantonni konfederasiyaga birlashishidan tashkil topgan. 
Shveysariya 1818 yil konstitusiya qabul qilgan. 1874 yil konstitusiyaga 
o’zgarishlar kiritilgan bo’lib, shundan buyon o’sha konstitusiyaga amal qilib 
kelinmoqda. 
1815 yili Vena kongressida, 1919 yilgi Versal shartnomasida tasdiqlangan doimiy 
betaraflik statusi Shveysariyaning tashqi siyosatidir. 
Bu status 3 prinsepga: urushlarda qatnashmaslik, chet ellar bilan harbiy shartnoma 
tuzmaslik, o’z hududini uzil - kesil kengaytirmaslikka asoslanadi. Shunga ko’ra 
Shveysariya BMT ga, EIH ga, NATO ga a’zo emas. 
Shveysariya – federativ parlamentli respublika. 23 kantondan iborat. Har bir 
kantonni o’zining konstitusiyasi, parlamenti va hukumati bor. Biroq federal 
konstitusiya kantonlar huquqlarini cheklab qo’ygan. Konfederasiya prezidenti 
parlament tomonidan 1 yilga saylanadi. 
Asosiy siyosiy partiyalari: 
1.
Shveysariya radikal – demokratik partiyasi. 
2.
Shveysariya Demokratik – xristian partiyasi 
3.
Shveysariya Sosial – demokratik partiyasi 
4.
Shveysariya xalq partiyasi
5.
Shveysariya liberal partiyasi 
6.
Shveysariya mehnat partiyasi. 
Shveysariya – rivojlangan mamlakat. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy 
daromad jihatidan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Dunyoning asosiy moliyaviy va 
bank markazlaridan biri (chet el valyutalar zapasi jihatidan dunyoda 4-o’rinda turadi). 
Shveysariya sanoati chet el xom ashyolariga juda qaram. Toshko’mir va temir 
rudasini asosan Germaniya va Fransiyadan oladi. Italiyadan rangli metallar oladi. 
Lekin yuqori sifatli qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 
Asosiy sanoat tarmoqlari: metal ishlash, stanoksozlik (dunyoda eksport qilinadigan 
stanokning 10% ini Shveysariya beradi), to’qimachilik mashina-uskunalari (18% 
ini), elektr mashinasozligi, soatsozlik. 
Mamlakat yiliga 5 mlrd kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqaradi, uning 37 % ini 
AES lar, qolganini GES lar beradi. 
Shveysariya 
Horijiy 
Yevropadagi 
elektr-energiyasi 
eksport 
qiluvchi 
mamlakatlardan biri. Soatsozlik ayniqsa rivojlangan bo’lib, mashxur “Omega” 
firmasi ko’plab soat eksport qiladi. Qishloq xo’jaligi yalpi milliy mahsulotining 5 % 
ini beradi, Aholisining faqat 5% i qishloq xo’jaligida bant. Qishloq xo’jaligida 
yetakchi tarmoq chorvachilik bo’lib, asosan qoramol, ot, qo’y, cho’chqa va parranda 
boqiladi. Bulardan tashqari sabzavot, meva, uzum, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. 
Daromatning muhim sohasi chet el turizmidir. Yiliga mamlakat aholisidan ko’p 
turist (7,5-8 mln) kelib ketadi. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 5 ming km. 


84 
Avtoyo’llarning uzunligi 62 ming km. Avtotransport etakchi o’rin tutadi. Dunyodagi 
eng uzun (17 km) avtoyo’l tonneli Shveysariyaning Sen – Gotard dovonida ochilgan.
Tashqi savdo oboroti asosan: EIH mamlakatlari avvalo Germaniya, Italiya, 
shuningdek, AQSH ga to’g’ri keladi. Asosiy importi: neft va neft mahsulotlari, xom 
– ashyo, oziq – ovqat, mashina va uskunalar. Asosiy eksporti: kapital, (Shveysariya 
kapitali nazorat ostida bo’lgan korxonalarda 3,5 mln ishchi ishlaydi. Bu 
Shveysariyaning o’zidagidan ko’p, bu milliy daromatning asosiy manbaidir). 
Iqtisodiy faol aholining 22 % i chet elliklardir. Kapitaldan tashqari Shveysariya 
chetga to’qimachilik jihozlari, soatlar, elektr energiyasi metal kesuvchi stanoklar 
(metal kesuvchi stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha Shveysariya dunyoda birinchi 
o’nlik mamlakatlari qatoriga kiradi). 
Pul birligi – shveysar franki. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin