89
Rossiyada 100 dan ortiq xalq va millatlar yashaydi. Shundan : ruslar – 81,5 %,
tatarlar – 3,8 %, ukrainlar – 3 %, chuvashlar – 1,2 % , boshqirdlar – 0,9 %, beloruslar
– 0,8 %, mordlar – 0,7 % chechenlar – 0,6 % , armanlar va evreylar – 0,4 % ni tashkil
etadi.
Rossiya xududi 10 ta iqtisodiy rayonga bo’linadi. Elektr energiyasining asosiy
qismini IES lar beradi.Tabiiy gaz Urengoy, Volgabo’yidan olinadi. Ko’mir Kuzbass,
Kansk – Achinsk va Uzoq sharqdan olinadi.
Qora
metallurgiya Ural, Volgabo’yi, KMA, Kuzbass da. Rangdor metallurgiya
Ural, Janubiy Sibir, Norilskda. Mashinasozlik - Markaz, Volgabo’yi, Ural, Janubiy
Sibir, Uzoq sharq.
Ximiya sanoati – Markaz, Volgabo’yi.
Sanoat mahsulotining 1/3 qismi yoqilg’i energetika majmuyi tarmoqlariga to’g’ri
keladi. Energetika tarmog’i ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining jamiyat moddiy
– texnika ba’zasini yaratishning asosi hisoblanadi. Rossiyaning yoqilg’i
energobloklari strukturasiga yoqilg’ini qazib chiqarish va ishlatishning taxminan 70%
i neft va gazga to’g’ri keladi.
Xalq xo’jaligi: Rossiyada xalq xo’jaligining hamma tarmoqlari mavjud. Sanoati –
mamlakat xo’jaligining etakchi tarmog’i. Mamlakatda barcha sanoat turlari mavjud.
Neft sanoati.
Neft asosan Volgabo’yi, G’arbiy Sibir, Shimoliy Saxalindan
olinadi. Konlardan qazib olingan neftning katta qismi mamlakat ichkarisidagi
uzunligi 70 ming km ga yaqin bo’lgan neft quvurlari orqali tashiladi. Neft MDH
davlatlariga, Sharqiy va G’arbiy Evropa davlatlariga eksport qilinadi. So’ngi yillarda
o’rta hisobda yiliga 90 mln tonnadan 120 mln tonnagacha neft eksport qilinmoqda.
Mashinasozlikning yirik markazlari: Moskva,
Leningrad, Uralda, Volgabo’yida,
G’arbiy Sibirda. Temir yo’l mashinasozligining yirik korxonalari Nijniy, Novgorod,
Sank-Peterburg, Ulan-Ude, Lyudinov, Murom shaharlarida joylashgan.
Dengiz va daryo kemasozligi, kema ta’mirlash Sankt- Peterburg, Astraxan, Nijniy,
Novgorod, Tyumen, Xabarovsk va boshqa shaharlarda amalga oshiriladi.
Samolyotsozlik Moskva, Qozon, Samara, Voronej, Saratov, Smolensk kabi yirik
sanoat markazlarida joylashgan.
O’rmon sanoati mamlakatning shimoliy va sharqiy rayonlarida rivojlangan.
Rossiyada o’rmonlar maydoni 766 mln ga. ni tashkil etadi. Sellyuloza qog’oz sanoati
korxonalarini joylashtirishda xom ashyo omilining axamiyati katta. Hozirgi vaqtda bu
tarmoqning asosiy markazlari shimoliy rayonda , Uralda, Volga – Vyatka rayonida
joylashgan.
Qishloq xo’jaligi. 1986 yili qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti 1980 yildagiga
nisbatan 18 % o’sdi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar 218,5 mln ga, shu jumladan
haydaladigan yerlar 134,0 mln. ga. (60% dan oshiq), pichanzorlar (23,7 mln ga.),
yaylovlar 59,4 mln ga. (1986 y.)
Rossiya federasiyasi qishloq xo’jaligi asosini don etishtirish tashkil qiladi.
Bug’doy ekiladigan joylardan shimolroqda, o’rmonlar zonasida javdar ekiladi. Zig’ir
Rossiyaning Yevropa qismining shimoli-g’arbida etishtiriladi.
Kungaboqar Rossiya
xududining Yevropa qismining ancha quruq va serquyosh janubi-sharqiy dasht
rayonlarida, Volgabo’yi dashtlarida etishtiriladi.
90
Haydaladigan erlarning 4/5 qismi markaziy qoratuproq rayonlariga, Volgabo’yi,
Shimoliy Kavkaz, Ural va G’arbiy Sibirga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligining yalpi
mahsulotini 39% dan ziyodini dehqonchilik, qariyb 61 % ini chorvachilik beradi.
Asosan qishloq ekinlari : g’alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, zig’ir.
Chorvachiligi go’sht-sut va go’sht-jun etishtirishga ixtisoslashgan. Mamlakat
Evropa qismida o’rmon va o’rmon – dasht zonalarida hamda Sibirda sersut qoramol
boqiladi.
Rossiyada transportning barcha turlari rivojlangan. Umumiy yuk tashish
aylanmasida dengiz (13,0 %), quvur (29,0 %) transportning xissasi hozirga kelib
ko’paydi, temir yo’l (52,7 %) va daryo (3,7 %) transportiki kamaydi.
Rossiyaning asosiy transporti temir yo’l transportidir. Temir yo’l tarmoqlari
Moskvadan chekka o’lkalarga ketgan. Temir yo’llar uzunligi bo’yicha Rossiya
dunyoda AQSH dan keyin 2-o’rinda turadi.
Temir yo’llarning umumiy uzunligi taxminan 90 ming km, ularning 3/1
qismi
elektrlashtirilgan.
Suv transporti dengiz va daryo transportiga bo’linadi. Dengiz transportining
geografiyasi va mamlakatni o’rab turadigan 14 dengiz bilan belgilanadi. Rossiya floti
yuk ko’tarish qobiliyati jihatidan faqat 6 ta davlatdan keyin turadi:
1.Liberiya
4. Norvegiya
2. Yaponiya
5. Gresiya
3. Buyuk Britaniya
6. Panama.
Suv yo’llari sistemalari: Oq dengiz, Boltiq kanali, Moskva kanali, Volga – Don
kanali, Volga – Boltiq suv yo’li, Kursk- Magnit – Anamaliyasi, G’arbiy Sibir, San,
Jan, Yoqutiston va boshqalar. Yuk yuborish jihatidan Qora dengiz, Azov dengizi
havza portlari 1-o’rinda turadi. Kema qatnovida 142 ming km daryo yo’llaridan
foydalaniladi.
Rossiyada tashiladigan jami yukning 11,3 % i dengiz
transportida, 4,7 % i avtomobil
transportida, 55 % i temir yo’l transportida, 27,5 % i quvur transportida, 1,5 % i
ichki suv transportida tashiladi.
Rossiyada tashiladigan jami yo’lovchining 33 % i avtomobil transportida, 33,2 % i
temir yo’l transportida, 18,6% i havo transportida, 15,2 % i boshqa transport
turlarida tashiladi.
Rossiya tashqi aloqalarida MDH davlatlari, Xitoy va rivojlangan davlatlar muhim
o’rin tutadi. Rossiya chetga yoqilg’i va elektr – energiyasi , ruda va konsenrtatlar,
metallar
va metal buyumlar, yog’och, taxta va sellyuloza qog’oz mahsulotlarini va
boshqa tovarlarni eksport qiladi.
Importida mashina va jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarni,
paxtani chetdan oladi. Germaniya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Polsha, Vengriya,
Chexiya, Bolgariya, Ruminiya va boshqa Evropa davlatlari Rossiya nefti va gazining
asosiy iste’molchilaridir.
Rossiya federasiyasi 10 ta iqtisodiy rayonga bo’linadi:
1.
Markaziy rayon
2.
Markaziy qoratuproq rayoni
3.
Volga – Vyatka rayoni
4.
Shimoli – G’arbiy rayon