94
Belorusiyada metall yo’q. U
metalni Rossiyadan , ko’mirni Ukrainadan oladi.
Mashinasozlik sanoati traktorlar (Belorus, kranlar), ko’p tonnali og’darma
mashinalar (Samosval), MM 133 metal qirquvchi stanoklar, qishloq xo’jalik
mashinalari, asbobsozlik, radioapparaturalar, elektrotexnika va chorva fermalari
uchun turli jixozlar ishlab chiqarish rivojlangan edi, lekin hozir krizis.
Ximiya sanoatida kaliy tuzlari (Soligorsk
shahri mamlakatda ishlab
chiqariladigan kaliy o’g’itining 40% ini beradi), ximiyaviy tolalar, plastmassa,
avtomashinalar ishlab chiqariladi.
Neft-ximiya sanoati tarmoqlari “Do’stlik” atrofida joylashgan.
Yog’ochsozlik sanoati gugurt va faner ishlab chiqaradi. Mebel ishlab chiqarish
juda tez o’smoqda. Yog’ochsozlikning asosiy markazlari: Bobruysk va Mogilyov.
Go’sht-sut sanoati hamma joyda bor. Qishloq xo’jaligida chorvachilik etakchi.
Qishloq xo’jaligi erlarining 75 % i chorvachilik uchun xizmat qiladi. Sersut sigir
va zotdor cho’chqalar boqiladi.
Dehqonchiligida asosan tolasi uchun zig’ir va kartoshka yetishtiriladi.
Dolgunes zig’iri asosan mamlakat shimolida, kartoshka esa hamma joyda ekiladi.
Lekin kartoshka hosildorligi kamroq. Polese botqoqliklarini quritish hisobiga
pichanzor, ekinzor va yaylovlar salmog’i oshib bormoqda.
Transporti. Yuk va yo’lovchi tashishda temir yo’l transporti etakchi. Rossiyani
(Moskvani) Polsha, Germaniya, Fransiya bilan bog’lovchi yo’llar
Belorusiya
orqali o’tadi. Avtoyo’llar Belorusiyani har tomondan kesib o’tadi. Kema qatnovi
Dnepr va uning irmog’i Pripyatda, G’arbiy Dvina, Neman va Bug daryolarida
rivojlangan. Bu daryolarning yuqori oqimi bir-biriga yaqinligi sababli ular bir-
birlari bilan kanallar orqali tutashtirilgan.
Belorusiya tashqi savdo oborotida rossiya etakchi bo’lib,undan
tashqari
Ukraina va Polsha turadi.
Belorusiya chetga asosan traktorlar, avtomobillar, stanoklar, polimer
materiallar, o’g’itlar, zig’ir
gazlamalari, gugurt, faner, motosikllar, velosipedlar,
oyna, gilam, zig’ir,o’rmon mahsulotlari, yog’och-taxta, go’sht, sut, yog’ eksport
qiladi.
Asosiy importi: ko’mir, g’alla, tuz, metallar, neft, gaz, paxta tolasi.
Pul birlig – belorus rubli.
Dostları ilə paylaş: