51
Katalizator reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan birikib,
yuqori reaksiya qobiliyatli
yuzani hosil qiladi, atomlararo bog‘lanishni parchalab, ularni tuzilishini o‘zgartiradi.
Katalizatorlar reaksiya tezligini 10
6
- 10
16
marta tezlashtiradi.
Gidrogenlash jarayonining
energiya aktivligi 700 kJ/mol dan 40-60 kJ/molgacha kamaytiradi.
Gidrogenizatsiya quyidagi bosqichlardan iborat:
1) reaksiyaga kirishuvchi moddalarni katalizator yuzasiga keltirish;
2) bu molekulalarni katalizator yuzasida adsorbsiyasi;
3) sorbsiyalangan molekulalarning kimyoviy almashinish va mahsulot hosil bo‘lishi;
4) mahsulot molekulalari bog‘larining
katalizator yuzasidagi sarfi;
5) katalizator yuzasidan ularni ajratish.
Katalizator yuzasida ikki xil adsorbsiya yuz beradi.
1)
fizikaviy 2) xemosorbsiya (aktivlashtirilgan adsorbsiya)
Fizikaviy adsorbsiyada adsorbsiyalangan molekulalar yuza atomlari bilan o‘zaro ta’sir
qilmaydi. Molekulalar xususiyati o‘zgarmaydi, biroq molekulalar yuzaga mustahkam bog‘langan
bo‘ladi.
Fizikaviy sorbsiyada molekulalarning desorbsiyasi oson va tez o‘tadi. Harorat ko‘tarilishi
bilan fizikaviy adsorbsiya kamayadi va tez yo‘qoladi, bu fizikaviy adsorbsiyalangan molekulalar
bilan qattiq jism sirtining o‘zaro ta’siri juda ham kuchsiz ekanligini bildiradi.
Fizikaviy adsorbsiyadan farqli o‘laroq, xemosorbsiya katalizatorning butun yuzasida ro‘y
bermay, balki ayrim qismlarida (aktiv markazlarda) yuz beradi.
Xemosorbsiyada molekulalar aktivlashadi. Harorat ko‘tarilishi bilan xemosorbsiya
tezlashadi. Xemosorbsiya natijasida adsorbent sirti bilan sorsiyalangan modda o‘rtasida
kimyoviy
ta’sir vujudga keladi, natijada xemosorbsion birikma hosil bo‘ladi. Xemosorbsiya tanlash
xususiyatiga ega, ya’ni modda va katalizator o‘rtasida kimyoviy muvofiqlik bo‘lishi kerak.
Masalan, platina, palladiy, nikel vodorod va to‘yinmagan birikmalarni xemosorbsiyalash
qobiliyatiga ega. Vodorodning yuqori kimyoviy aktivlikka ega bo‘lgan
erkin atomlari nikel bilan
birikib gidridlar hosil qiladi:
H : H H + H; H + Ni NiH
Dostları ilə paylaş: