O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Sanoat katalizatorlari. 
Nikel kizelgurli katalizator.
Bu katalizatorni ishlab chiqarish 
quyidagi bosqichlarga ega: 
5-8 % li NiSO
4
eritmasi tayyorlanadi, bu eritmada 8-12 % kizelgur suspenziyalanadi; 80-
90
0
C haroratda 10-20 % soda (Na
2
CO
3
) eritmasi bilan kizelgurda nikel karbonatni cho‘ktiriladi. 
NiSO
4
+ Na
2
CO
3
NiCO
3
+ Na
2
SO
4
Yuvish, quritish va cho‘kmani maydalash; 250-300 
0
C haroratda nikel karbonatni nikel 
oksidigacha parchalash. 
NiCO
3
----- NiO + CO
2
Ni oksidini qaytarilishi: NiO Ni + H
2
O
Nikel-mis katalizatorlari.
Bu katalizatorlar nikel va mis karbonatlarini birgalikda soda Bilan 
quyidagi reaksiya bo‘yicha cho‘ktirishga asoslangan.
NiSO
4
+ Na
2
CO
3
NiCO
3
+ Na
2
SO

CuSO
4
+ Na
2
CO
3
CuCO
3
+ Na
2
SO

Yog‘larni gidrogenlaydigan nikel-mis katalizatorlari ikki usulda olinadi: nikel mis 
karbonatlarini birgalikda cho‘ktirish yoki nikel va mis karbonatlarini mexanik aralashmasiga 
ammiakning suvli eritmasi bilan ishlov berish. 
Nikel va mis karbonatlarining birgalikdagi cho‘kmasini olish uchun ularning sulfatlarini 
nikel:mis 3:1 yoki 1:1 nisbatidagi konsentratsiyasi 35g/l bo‘lgan suvli eritmasi tayyorlanadi. 40-
45
o
S da eritmaga 20-30% ortiqcha miqdori bilan 10% li soda eritmasi qo‘shiladi. Kerak bo‘lganda 
dastlabki eritmaga asta-sekin eltuvchilar – kizelgur, perlit, aktivlangan ko‘mir qo‘shib boriladi. 
Cho‘ktirish so‘ngida cho‘kma filtrlanadi va filtrda ortiqcha soda va sulfatlar yuvib tashlanadi. 
Keyin cho‘kma 120
0
C dan yuqori bo‘lmagan haroratda quritiladi va maydalanadi. 
CHo‘ktirilgan karbonatlar tarkibi cho‘ktirish va quritish sharoitlariga bog‘liq. 
CHo‘ktirilgan tiklanmagan katalizatorning asosiy qismini metall karbonatlari aralashmasi 
tashkil etadi. Masalan, nikel va misning o‘zaro nisbati 2:1 bo‘lgan karbonatning struktura 
formulasini quyidagicha ifodalash mumkin. 


54
O – NiOH 
O = C 
O
Cu 
O
O = C
O – NiOH
Agar eltuvchida cho‘ktirish davom etsa, tiklanmagan katalizatorda eltuvchidan tashqari yana 
nikel va mis silikatlari ham bo‘ladi. Bundan tashqari unda doimo oz miqdorda mis va nikel 
sulfatlari ham bo‘ladi. Agar qoldiq sulfatlar miqdori 1% dan oshib ketsa katalizator aktivligi keskin 
pasayadi. 
Bizning mamlakatimizda ishlatilayotgan kimyoviy toza nikel va mis karbonatlari tarkibi 
quyidagicha: Ni
2
(OH)
2
SO
3
· 2H
2
O va Cu
2
(OH)
2
CO
3
. Ushbu karbonatlarni ishlatishda nikel-mis 
karbonatli katalizator olish usuli joriy qilinadi va ishlov beriladi. Bunga belgilangan nisbatdagi 
metall karbonatlari aralashmasiga 30-60
0
C da 30-80% namlikdagi pasta hosil bo‘lguncha 10-25% li 
ammiakli suv bilan ishlov berish kiradi. Eltuvchili katalizator olish uchun pastaga kizelgur, perlit 
va aktivlangan ko‘mir qo‘shiladi. Pastaga ishlov berilgandan so‘ng harorat 120-150
0
C ga ko‘tarilib 
quritiladi, keyin sovutiladi, olingan nikel mis karbonatlari kimyoviy tarkibi bo‘yicha cho‘ktirilgan 
karbonatlarga o‘xshash bo‘ladi. Hozirgi paytda bu usul nikel: mis nisbati 1:1 va 1:2 bo‘lgan 
tiklanmagan katalizatorlar olish uchun ishlatilmoqda. 
Usul nikel mis aminokarbonatli komplekslari hosil bo‘lishiga asoslanadi. Haroratni asta-
sekin oshirilganda bu komplekslar ammiak, SO
2
va suvga ajraladi va nikel-mis karbonatlariga 
aylanadi. Tayyorlangan katalizatorda ammiakning qoldiq miqdori 1% dan oshmaydi. 
Nikel-mis karbonatli katalizatorlarning xususiyati shundaki, bunda nikel metall xoligacha 
osn qaytariladi. Nikel oksidi faqatgina harorat 400-500
0
C bo‘lganda qaytariladi. Mis nikelni 
qaytarilish haroratini pasaytiradi ya’ni mis oksidi oson qaytarilgani uchun metall holidagi miss hosil 
bo‘ladi, ya’ni nikel-mis karbonatlari Cu-NiO sistemaga o‘tadi. Misga xemosorbsiyalangan vodorod 
mis-nikel oksidi ajratish chegarasiga ko‘chadi va oxirida qaytariladi. Nikel qaytarilishida ajratuvchi 
yuza o‘lcham bo‘yicha o‘sib boradi va nikel oksidi qaytarilishi birdaniga ko‘payadi. Shuning uchun 
misli katalizatorlarda nikelning qaytarilishi harorat 260
0
C ga yetganda tamom bo‘ladi.
Misda o‘zi gidrogenlash xususiyati kuchsiz, ammo mahsulotlar nikel mis karbonatlariga 
qaytarilganda metall holidagi mis va nikel oksidi asosiy rol o‘ynaydi. Bu o‘z navbatida nikel mis 
katalizatorini moydagi suspenziyasi holida qaytarishga, keyin tiklangan katalizatorni gidrogenlash 
jarayonida foydalanishga yoki gidrogenlashni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklanmagan katalizator ishtirokida 
olib borishga imkon beradi.
Tiklanmagan nikel-mis katalizatorlari gidrogenlashni 160-180
0
C da boshlaydi. Aktivligi 80-
100% (0,1% nikel), selektivligi 90-93% va izomerlash qobiliyati 0,6-0,8% ni tashkil qiladi. 
Tiklanmagan nikel-mis katalizatorlarida quyidagi kamchiliklar mavjud: filtrlanishi past 
darajada , qayta foydalanilganda aktivligini tez yo‘qotadi, yog‘ kislotalari bilan oson reaksiyaga 
kirishib salomasda nikelli va misli sovunlar hosil qiladi.
Qotishmali (turg‘un) katalizator.
Bu katalizatorlar kolonna tipidagi reaktorlarda nikel-mis-
alyumin yoki nikel-titan-alyumin va boshqa qotishmalardan olinadi. Bu qotishmalar 45-50% Al, 12-
23% Cu 25-45% Ni va turli promotorlar (qo‘shimchalar)dan iborat.Qotishma donador (granul) 5-15 
mm kattalikda ishlab chiqariladi. Keyin qotishma aktivlanadi buning uchun 3-10% alyumin 
konsentratsiyasi 3-10% bo‘lgan natriy gidroksid eritmasi bilan yuvib tashlanadi. 
2Al + 2NaOH + 2H
2
O 2NaAlO
2
+ 3H

Ishqor bilan yuvish darajasini ajralib chiqqan vodorod miqdoriga qarab baholanadi. 
Masalan: 1t qotishmadan 5 % alyuminiy ajratib olishda 30 m
3
vodorod ajrab chiqadi. 
Ishqor bilan ishlangandan so‘ng, alyuminiyni erishi natijasida, qotishma yuzasi aktiv 
bo‘lib, qoladi. Ishqor bilan yuvilgan qotishma kondensat bilan neytral reaksiyagacha yuviladi, 
quritiladi. 


55

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin