O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi. (21-rasm)



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi. (21-rasm). 
Uzluksiz usul bilan 
gidrogenlash batareyalarida amalga oshiriladi. U uchta avtoklavdan iborat bo‘lib, ular gazlift yoki 
quyuvchi truba orqali birlashtirilgan. 
Rafinatsiyalangan va oqlangan yog‘, (1) yig‘uvchi bakdan (2) nasos dozator bilan uzluksiz 
ravishda (3) issiqlik almashgich orqali (u yerda tayyor salomasning issiqligi hisobiga isitiladi) (4
1

avtoklav ga keladi. Bu avtoklavda yog‘ yuqori bosimli bug‘ bilan 190-200
0
C gacha isitiladi. 
Avtoklav (4
1
) ga ketma-ket ishlovchi yig‘uvchi (15) baklardan (16) nasos dozator bilan 
uzluksiz ravishda katalizator berib turiladi. 
Katalizator, (13) aralashtirgich dagi yangi katalizator va ishlatilgan (14) katalizator 
aralashtirib 1:4 yoki 1:5 nisbatda tayyorlanadi. Katalizator avtoklavga konsentratsiyasi 5% bo‘lgan 
yog‘li suspenziya shaklida yuboriladi. Yog‘ ikkinchi (4
2
) avtoklavga harorat 200-210
0
C, keyin esa 
uchinchi (4
3
) avtoklavga quyiladi, harorat 210-220
0
C ga teng bo‘ladi. 
Tayyor salomas ishlatilgan katalizator bilan birga (12) gazajratgich, issiqlik almashinish 
(3) apparati orqali salomas yig‘uvchi – tindirish (5) apparatiga keladi, u yerda salomas qisman 
katalizatordan ajratiladi, keyin (6) sovitgich orqali (7) filtrpressga keladi va katalizatordan ajratiladi. 
Salomasning harorati oziqaviy salomas uchun 100
0
C dan, texnik salomas uchun 120-130
0
C dan 
oshmasligi kerak. 
Filtrlangan salomas (8) bakda yig‘iladi. Ajralgan vodorod gaz ajratgichdan gaz tozalash 
sistemasiga yuboriladi, u ikkita markazdan qochma tomchi (17,20) ajratgich suvli va ishqorli 
(18,19) skrubberlardan iborat. (19a) Apparat da ishqor tomchisini ajratish uchun. Rashig xalqasi 
tuzilishida nasadka bor. Tozalash sistemasidan ishlatilgan vodorod (21)aralashtirgichga keladi, u 
yerda yangi vodorod bilan aralashtiriladi. Bu aralashma (21) aralashtirgichdan (22) kompressor 
bilan yuqori bosimli (23) ressiverga yuboriladi, u yerdan (24) sovitgichdan rassol bilan 3-5
0
S gacha 
sovitiladi va suv (25) ajratgich orqali (4
1
;4
2
;4
3
) avtoklavlarga keladi. Siqish va sovitish orqali 
vodorod quritiladi. Suv miqdori 25-40 g/m
3
dan 3 g/m
3
gacha kamayadi. 


57
21 – rasm. Uzluksiz gidrogenlashning texnologik sxemasi 
Agar kerak bo‘lsa, gidrogenlanayotgan yog‘ni sovuq yog‘ bilan (9) bakdan (10) nasos
yordamida (11) sovitgich orqali sovitiladi. 
Avtoklavdan avtoklavga yog‘ gazlift yordamida o‘tadi. Gazliftda ishchi gaz vodorod 
hisoblanadi. Gazlift ikkita bir-birini ichiga qo‘yilgan truba bo‘lib, u avtoklav tagigacha tushgan 
bo‘ladi. Ichki truba orqali vodorod yuboriladi, bu trubaning pastki qismida mayda teshikchalar bor. 
Vodorod yog‘ bilan aralashib, kichik solishtirma og‘irlikdagi aralashmani hosil qiladi. Shuni 
hisobiga trubadagi yog‘ ko‘tariladi va biriktiruvchi truba orqali keyingi avtoklavga quyiladi. Yog‘ 
quyilishining tezligi vodorod uzatilishini o‘zgarishi bilan nazorat qilinadi. Gazliftda yog‘ katalizator 
bilan yanada yaxshiroq kontaktda bo‘ladi, bu esa yog‘ning to‘la to‘yinishiga olib keladi.

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin