O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Takrorlash uchun savollar. 
1.
Moylarni gidrogenlash uchun ishlatiladigan katalizatorlar. 
2.
Katalizator harakatining moxiyati. 
3.
Gidrogenizatsiya bosqichlari. 
4.
Aktiv markazlar to‘g‘risida tushuncha. 
5.
Sanoat katalizatorlari. 
6.
Geterogen kataliz nazariyasi. 
7. Katalizatorlarga qo‘yiladigan talablar 
8. Katalizatorlarni sinflanishi 
9. Katalizator yuzasidagi adsorbsion jarayonlar 
10. Katalizatorlarni tayyorlash. 
9– MA’RUZA
GIDROGENLASH TEXNOLOGIYASI 
 
Reja: 
Gidrogenlash usullari. Avtoklavning tuzulishi va ishlashi prinsipi. Uzluksiz 
gidrogenlashning texnologik sxemasi. Turg‘un katalizatorda gidrogenlash. Gidrogenlash 
jarayonining texnologik rejimlari. Katalizatorni katalizator regeniratsiyasi. Gidrogenlangan 
yog‘larning sifat ko‘rsatgichlari.
Tayanch so‘z va iboralar: 
gidrogenlash, uzluksiz usul, avtoklav, regeneratsiya
gidrogenlash rejimi, yog‘sizlantirish, salomas, qaynatish, texnik salomas, qattiqlik, davriy usul, yod 
soni 
 
Gidrogenlash usullari. 
Yog‘larni gidrogenlash – suyuq fazali geterogen – katalitik 
jarayondir. Vodorod va qattiq – suspenziyali yoki turg‘un katalizatorlar ishlatiladi. 
Gidrogenlash davriy va uzluksiz usullar bilan olib boriladi. Avtoklav orqali o‘tayotgan 
vodorod harakatining xarakteri jihatdan quyidagi usullarga bo‘linadi: 
1.
To‘yinish usuli - bunda vodorod
reaktor ichida bosim ostida sirkulyasiyalanadi va 
reaktorga vodorod, uning sarfiga qarab beriladi. Bu usul chet elda keng qo‘llaniladi. 
2.
Vodorodni tashqi sirkulyasiyalash usuli – bu usulda vodorod reaktorga ortiqcha 
miqdorda beriladi va avtoklavdan chiqarilib turiladi. Keyin, tozalangandan so‘ng jarayonga 
qaytariladi. Bu usul MDHda keng qo‘llaniladi. 
3.
Oquvchi (struevoy) usul – turg‘un katalizator reaktorga joylashtiriladi. Yog‘ning 
vodorod bilan aralashishi katalizator qatlami orqali o‘tadi. 
Gidrogenlash uchun reaktorlar (avtoklavlar) aralashtirgichli va aralashtirgichsiz, kolonna 
tipidagi reaktorlar ishlatiladi. 


56
Avtoklav
(20-rasm) Sig‘imi 12,5 m
3
bo‘lgan 
reaktor kislotaga chidamli po‘latdan yasalgan 
bo‘lib, sferik qopqoq va taglikdan iborat. 
Apparat o‘qi bo‘ylab trubinali aralashtirgich 
bo‘lgan val (1) o‘tgan bo‘lib, reduktor orqali 
elektromotor (2)ga
 
biriktirilgan. Apparat 
qopqog‘ida lyuk (3), vodorodni kirishi va 
chiqishi, katalizator suspenziyasi uchun 
patrubkalar mavjud. Reaktor ostida apparatni 
bo‘shatish uchun patrubka (7) joylashgan. 
Trubinali aralashtirgich ostida vodorod 
barbateri (6) bo‘lib, uning teshiklari diametri 
2mm bo‘lgan halqasimon ko‘rinishidagi ikki 
trubadan iborat. Trubinali meshalka ustida 
apparat peremetri bo‘yicha oltita zmeevikli 
issiqlik almashgich (4) o‘rnatilgan bo‘lib, 
ulardan uchtasi gidrogenlashdan oldin moyni 
qizdirish uchun ishlatilsa, qolgan uchtasi tayyor 
mahsulot – salomasni sovutish uchun 
ishlatiladi. Uzluksiz gidrogenlash uchun 
reaktorda quyish patrubkasi (5) mavjud. 
Reaktorni isituvchi bug‘ bosimi 2,5-3,5 MPa. 
Apparatda ruxsat etilgan ishchi bosim 0,5 MPa 
gacha va harorat 280
0
C gacha bo‘ladi
20 – rasm. Yog‘larni gidrogenlash uchun 
avtoklav 


Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin