O’zbek ozi bilim soh Ta’lim so Ta’lim y kiston tos iq-ovqa yo hasi ohasi yo’nalishi respub shkent at mah og’LA


Aktiv markazlar to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/157
tarix25.12.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#197115
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157
portal.guldu.uz-Yog`larni qayta ishlash texnologiyalari

Aktiv markazlar to‘g‘risida tushuncha: 
Katalizator yuzasida turli aktivlikka ega bo‘lgan 
adsorbsiya markazlari bor. Bunday adsorbsion markazlar katalizatorning aktiv markazlari deyiladi. 
Kristallchalarning qirralari yoki uchlariga joylashgan atomlar kristallarning tomonlari va hajmida 
joylashgan atomlarga qaraganda energetik jihatdan kam to‘yingan bo‘ladi va ular aktiv markazlarni 
hosil qiladi. Akademik A.A.Balandin tomonidan rivojlantirilgan katalizning multiplet nazariyasiga 
ko‘ra, katalizatorlarning aktiv markazlari kristall tomonlarida joylashgan va ma’lum ravishda 
joylashgan bir qancha atomlarining yig‘indisidan tuzilgan va adsorbsion markazlar hisoblangan 
kristall murtaklardan iborat. 
Ular bir nechta atomlardan tuzilgan, shuning uchun A.A.Balandin ularni multiplet deb 
ataydi. Aktiv markazlar tarkibidagi adsorbsion markaz soniga qarab: 
-
ikkita adsorbsion markazlarining dubletlar ;
-
uchta tripletlar, 
-
oltita sekstetlar va h.k.lar tushuniladi. 
Aktiv markazlarining yuzasi umumiy katalizator yuzasining 1-2 % ni tashkil qiladi. 
Yog‘larni gidrogenlash sanoat katalizatorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) faqatgina gidrogenlash jarayonini tezlatish qobiliyatiga ega bo‘lishi va noxush 
reaksiyalar yuz berishi kerak emas; 
2) yuqori aktivlik, unumdorlik va selektivlikga ega bo‘lishi; 
3) katalizator salomasdan oson ajralishi; 
4) katalizator bahosi arzon, xomashyo va materiallar serob bo‘lishi kerak. 


52
Kukunsimon nikelli katalizator aktivligini aniqlash uchun, 50g yaxshilab rafinatsiyalangan 
kungaboqar moyini tezligi 0,18 m
3
/soat bo‘lgan vodorod bilan 200
0
S haroratda 1 soat davomida 
gidrogenlanadi. Katalizator aktivligi erishilgan moyni to‘yinish darajasi bilan ifodalanadi: 
4470
,
1
100
)
(


=
M
C
M
n
n
n
А
Bu yerda: A – katalizator aktivligi, %; 
n
M
– moyni 60
0
S dagi nur sindirish ko‘rsatkichi; 1,4470 –
kungaboqar moyini y.s.=0 gacha gidrogenlangandagi nur sindirish ko‘rsatkichi 
(60
0
S).
Moyni nur sindirish ko‘rsatkichini 1·10
-4
ga pasayishi yod sonini bir birlikka kamayishiga 
mos keladi. 
Nikel asosli katalizatorlar aktivligi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi. 
Yuqori aktiv – A=80-100% (moydagi nikel miqdori 0,05%) 
Aktiv – A=70÷100% (moydagi nikel 0,1%) 
O‘rtacha aktiv – A=45-69% (moydagi nikel 0,1%) 
Past aktiv – A=25-44% (moydagi nikel 0,1%) 
Ba’zan katalizator aktivligi yuqoridagi gidrogenlash sharoitiga eritilgan salomasni erish 
harorati bilan ifodalanadi. 
Aktivlikka mos holda salomasni erish harorati va moyni to‘yinmaganlik darajasining 
o‘zgarishi quyida ko‘rsatilgan. 
A % 30 37 45 51 58 66 73 80 88 96 100 
t, 
0
C 20 25 30 35 40 45 50 55 60 65 69
Salomasning erish harorati nafaqat gidrogenlash (to‘yinish) chuqurligiga, balki jarayon 
selektivligi va monoto‘yinmagan kislotalar izomerlarining to‘planishiga ham bog‘liq. Shu sababli 
katalizator aktivligini erish harorati bilan baholash bir tomonlama natija beradi. 
Katalizator selektivligini baholash uchun 1kg puxta rafinatsiyalangan kungaboqar moyi 
turbina aralashtirgichli reaktorda, 200
0
C haroratda barbotajdagi tezligi 0,12 m
3
/soat bo‘lgan 
vodorod va tarkibidagi nikel konsentratsiyasi 0,05 yoki 0,1% bo‘lgan moy bilan nur sindirish 
ko‘rsatkichi 1,4540 – 1,4530ga yetguncha gidrogenlanadi. Jarayon berishi davomida 
gidrogenizatdan namuna olinadi, olein va linol kislotalar glitseridlari bo‘yicha reaksiya tartibi 
aniqlanadi, xomashyodagi bu kislotalarning gidrogenlanish tezlik konstantasi va gidrogenlash 
selektivlik koeffitsienti ushbu formula bo‘yicha hisoblanadi. 
S
l
= K
l
/K
ol 
Ko‘p hollarda linol kislotasi atsillarining gidrogenlanish reaksiyasi tartibi jarayon borishiga 
qarab nolinchidan birinchigacha o‘zgaradi. U holda selektivlikni quyidagi tenglama bilan qulay 
hisoblanadi. 
S
l
= (O
l
– O
lo
) / (L

– L), 
Bu yerda: S
l
– linol kislota glitseridlari bo‘yicha selektivlik
koeffitsienti; 
L
o
, L – linol kislotasining boshlang‘ich va oxirgi miqdori;
O
lo
, O
l
– olein kislotasining boshlang‘ich va oxirgi miqdori. 
Nikel asosli katalizatorlar selektivligi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi. 
S
l
S
l
Yuqori selektiv 
25-50 
0,96-0,99 
Selektiv
15-24 
0,90-0,95 
O‘rtacha selektiv 
10-14 
0,78-0,88 
Katalizatorni izomerlash qobiliyati uch usuldan biri bilan baholanadi. 


53
1. Linol kislotasining gidrogenlanishi va transizomerizatsiya tezlik konstantalari nisbati:
A
t
= K
t
/K
l
2. Yog‘dagi linol kislota miqdorining kamayishi bilan transizomerlar miqdorining oshish 
nisbati: A
t


T/


3. Yog‘ yod sonining pasayishi bilan transizomerlar miqdorining oshish nisbati: A
t


T/

y.s. 
Bu yerda: A
t
– katalizator izomerlash aktivligi, K

– transizomerizatsiya tezlik konstantasi; 

T – transizomerlar miqdorining oshishi, %; 

L – yog‘ glitseridlaridagi linol kislotasi miqdorining 
kamayishi, %; 

y.s. – yog‘ yod sonining pasayishi, % 
Yuqori izomerlash qobiliyatiga ega bo‘lgan katalizatorlar uchun Kt/Kl va 

T/

L nisbatlar 
0,9-1,2 g oraliqda bo‘ladi. 
Yog‘larni gidrogenlashda nikel asosidagi katalizatorlar ishlatiladi, shuningdek nikel va mis 
katalizatorlari ham ishlatiladi. Qo‘shimcha sifatida xrom, titan, palladiy, platina va boshqa metallar 
ishlatiladi. 
Katalizatorlar strukturasiga ko‘ra kukunsimon va granullangan, qotishma holida bo‘ladi. 
Kukunsimon katalizatorlar suspenziya (yog‘da) ko‘rinishida ishlatiladi, ularni dispersli yoki 
suspenziyalangan deyiladi. Qotishma bo‘laklarini kattaligi 10-15 mm bo‘lsa, ularni turg‘un 
katalizatorlar deyiladi. 
Katalizatorlarni yuzasini ko‘paytirish uchun metallarni yuzasi g‘ovakli bo‘lgan materialga 
cho‘ktiriladi. Bu usul bilan olingan katalizatorni eltuvchili katalizator deyiladi. 
Katalizatorlar olinish usuliga qarab ikkiga bo‘linadi. 
1) cho‘ktirilgan 
2) qotishmali. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin