18
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki kanaldan teshik orqali yog‘
rama ning ichki qismini
to‘ldiradi. Bosim ostida yog‘ mato orqali o‘tib filtrlanadi.
Yog‘ plitaning rifli yuzasidan oqib tushadi va teshik orqali yig‘ish tornoviga yig‘iladi. Filtr
mato yuzasida yig‘ilgan cho‘kma asta-sekin ramaning bo‘shliq qismini to‘ldiradi. Ramaning
bo‘shliq qismi cho‘kma bilan to‘lganda filtrlash jarayonining bosimi ko‘tariladi, filtrlash to‘xtatiladi
va filtrpress tozalanadi. Filtrlash jarayoni boshlanishida filtr mato yuzasida
filtrlash qatlami hosil
bo‘lganda, loyqa filtrat oqadi, u alohida yig‘iladi va qaytadan filtrlashga beriladi. Filtrpress
ishlaganda bosim 0,15-0,20kPa (1,5-2,5 kgc/sm
2
)dan oshmasligi kerak.
Cho‘kmalarni mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan holda bo‘shatishga
asoslangan
turli filtrlar ma’lum. Uzluksiz ravishda ishlash uchun odatda 2 ta filtr o‘rnatiladi. Hozirgi zamon
uzluksiz ishlaydigan filtrlar diskli, patronli, ko‘rinishda bo‘ladi. Filtrlashdan
oldin odatda filtrlovchi
elementda yupqa qatlam hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: