Axborot uslubiy ta’minotini yaratish va ularni o’rganish Talaba mustaqil ishi mavzusini tanlab olgandan so’ng rahbar bilan
maslaxatlashib, adabiyotlar to’plashiga kirishishi kerak. Bunda faqat darslik,
balki boshqa fanlarni o’rganish davomida ko’rsatilgan adabiyotlar, statistik va
internet ma’lumotlari, qonunlar, me’yoriy xujjatlar va boshqalarni ham o’rganishi
lozim.
Undan so’ng ularning ichidan mustaqil ishi mavzusiga bevosita aloqador
bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi
kerak, chunki boshlang’ich tanishuv natijasida talaba mustaqil ishi rejasini
mustaqil ravishda tuzadi.
Adabiyotlar va internet ma’lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi ta’lim
qonunchiligiga ta’lluqli bo’lgan qonun va me’yoriy xujjatlarni o’rganishdan
boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Xar tomonlama mukammal yoritilgan va
ilmiy ijodiy yondoshilgan mustaqil ishini bayon etish uchun iqtisodiy va
tarbiyaviy, pedagogik qonuniyatlarni bilish va ularni qo’llash katta ahamiyatga
ega.
Mustaqil ishini bajarishda faqat uslubiy qo’llanmalarda va mustaqil ishi
topshirig’ida tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib
qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim,
xatto xorijiy adabiyotlardan ham foydalanish ishni mazmunini boyishiga va yanada
mukammal bajarilishiga yordam beradi.
Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani bo’yicha 5A230901 -
“Buxgalteriya hisobi” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) mutaxassisigida o’quv rejaga
muvofiq 42 soat mustaqil ta’lim soatlarida mustaqil ishlar rejalashtirilgan.
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, iqtisodiyot
sub’ektlarida soliq hisoboti ni yuritish fanning biror bir mavzusini to’laroq o’rganadi
va o’rganilgan mavzu belgilangan shaklda bayon etilib, ilmiy rahbardan maslahatlar
olib boriladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan
bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari
kelgusida bajariladigan dissertatsiya ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi.