III. Xulosa.
Xulosa o’rnida O'zbekiston Respublikasining ”Ta'lim to'g'risida”gi
Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi РК-2707-son” 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929- son
«O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
to'g'risida”gi nizomi va «Maktabgacha ta'lim
tashkilotlari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Davlat talablari qabul
qilindi.
Davlat talablari O'zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik
shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim
tashkilotlarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan «Mehribonlik»
uylari.
- maktabgacha ta'lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta
maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta'lim
turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini
oshirish va qayta
tayyorlashni amalga oshirish tashkilotlarida xodim va rahbarlar Davlat
talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining asosiy vazifalari;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim- tarbiyasi
mazmuni vasifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar
asosida bo- lalarga
ta'lim-tarbiyaberish, rivojlantirishning samarali shakl- lari va usullarini
joriy etish;
- ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-
kommunikatsiyatexnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va
ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Davlat talablarining tamoyillari:
-
bolaning noyobligi;
- «Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol
roli;
- bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
- bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
- bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli,
har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual varia- tivlik asosida
yondashuv.
Maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi
«O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablari»ga muvofiq ishlab chiqilgan
me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining
maqsad va vazifalari, o'quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari,
maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning
keyingi bosqichiga
o'tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O'zbekiston
Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan barcha maktabgacha ta'lim
tashkilotlari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur
asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi hududida